2-Mavzu. Ontogenezning ilk bosqichlarida insonning psixik rivojlanishiga xos xususiyatlar Reja
Download 49.36 Kb.
|
2-Ma\'ruza (2)
Go’daklik davri. 2-3 oydan 1 yoshgacha davrni o’z ichiga oladi. Bu yosh davrda yetakchi faoliyat kattalar bilan emosional muloqotdir. Bu muloqot sekin-asta birgalikda faoliyatga aylanib boradi. Muloqot davomida nutqning asoslari rivojlanib boradi. 2 oydanoq bolalarda g’o’ldirash belgilari paydo bo’ladi. S.Fayans tajribasida go’dakka chiroyli va jozibador o’yinchoqlar 9 sm masofadan ko’rsatilganda u butun vujudi bilan ularga intilgan, keyinchalik oraliq 60 sm bo’lganida bolaning intilishi, qo’l cho’zishi, sustlashgan, va nihoyat, ular 100 sm dan ko’rsatilganda bolada intilishi, cho’zilishi, ixtiyorsiz harakati mutlaqo so’ngan. U o’yinchoq bilan bir qatorda turgan katta kishiga ham ana shunday befarq qaragan. Masofa qanchalik qisqarsa, bolaning unga intilishi, qiziqishi shunchalik kuchayib borishini kuzatish mumkin. M.Yu.Kistyakovskayaning ma’lumotiga ko’ra, 3–4 oylik go’dak unga yuzlangan, erkalatgan, muloqotga kirishgan har qanday odamga tabassum qiladi yoki erkalanadi, 5–6 oylikda u muomala qilayotgan notanish shaxsga bir oz tikiladi, keyin yo kulimsiraydi yoki undan yuzini o’giradi, hatto, qo’rqib yig’lab yuboradi.
R.Ya.Abramovich – Lextman go’dakning bir yoshgacha davrida predmetlar bilan harakat qilishini o’rganib, ularning oltita rivojlanish bosqichidan iborat ekanligini aytadi. Bular: a) faol sergaklik (tetiklik) – 2 haftalikdan 4–5 haftalikkacha; b) sensor faollik – 1,5 oylikdan 2,5–3 oylikkacha; v) harakatoldi – 2,5–3 oylikdan 4–4,5 oylikkacha; g) sodda “sermahsul” harakat – 4 oylikdan 7 oylikkacha; d) o’zaro bog’langan (uyg’un) harakat – 7 oylikdan 10 oylikkacha; ye) funksional harakat – 10–11 oylikdan 12–13 oylikkacha davom etadi. Muallif har bir bosqichning o’ziga xos xususiyatlarini ham sxematik, ham tekstual tarzda ifodalagan. D.B.Elkoninning fikricha, bir yoshgacha bola psixikasi o’sishining o’ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat: 1) kattalar nutqini tushunish hamda dastlabki so’zlarni mustaqil talaffuz qilish; 2) predmetlar bilan xilma-xil harakatlarni uyg’unlashtirib, ish–harakatini bajarish; 3) yurishga urinishning ro’y berishi; 4) xatti-harakatni so’z bilan boshqara olish; 5) so’z bilan go’dakning idrok qilish faoliyatini boshqarish va hokazolar. Sekin-asta taqlid asosida bola ona tilining fonemasini o’zlashtira boshlaydi. 1 yoshda bola 30-40 ta so’zni o’zlashtirish kerak. Kattalar bilan muloqot davrida bolaga yurish, predmetlar bilan harakat qilish o’rgatilgandagina bola tarbiyalanadi va psixik taraqqiyot yuz beradi. O.Bryune ma’lumotlariga ko’ra bolalar hayot sharoiti va tarbiya uslubidan qat’iy nazar psixik rivojlanishda bir xil natija ko’rsatadilar. 1 yoshgacha bo’lgan davrda ota-onasidan ajralgan bolalar oiladagi sharoitidan qat’iy nazar psixik rivojlanishdan orqada qolar ekanlar. 1 yoshgacha bo’lgan davrda bola psixik jarayonlar va sifatlarning rivojlanishida katta natijalarga erishadi. Avval boshini tutishni, emaklashni, 6 oyga borib, o’tirishni o’rganadi. 3-4 oylikdayoq predmetlarni ushlay boshlaydi va harakatlarni namoyon qiladi. Bu harakatlar avvaliga tartibsiz bo`lib, bola ko’p xato qiladi, keyinchalik sekin-asta harakatlar aniqlasha boradi. Go’dak predmetlar bilan oddiy maniqulyasiya qilishni o’rganadi. So’ngra bu oddiy harakatlar ichki planga – ko’rish idroki planiga o’ta boshlaydi. Go’daklikning oxiriga kelib bolalarga taqlidchanlik kuchayadi. R.Ya.Abramovich – Lextman go’dakning bir yoshgacha davrida predmetlar bilan harakat qilishini o’rganib, ularning oltita rivojlanish bosqichidan iborat ekanligini aytadi. Bular: a) faol sergaklik (tetiklik) – 2 haftalikdan 4–5 haftalikkacha; b) sensor faollik – 1,5 oylikdan 2,5–3 oylikkacha; v) harakatoldi – 2,5–3 oylikdan 4–4,5 oylikkacha; g) sodda “sermahsul” harakat – 4 oylikdan 7 oylikkacha; d) o’zaro bog’langan (uyg’un) harakat – 7 oylikdan 10 oylikkacha; ye) funksional harakat – 10–11 oylikdan 12–13 oylikkacha davom etadi. Muallif har bir bosqichning o’ziga xos xususiyatlarini ham sxematik, ham tekstual tarzda ifodalagan. Go’daklik davrida kattalar bilan faol aloqaga kirishish ehtiyoji tug’iladi va bu aloqa nutq davrigacha muloqotning o’ziga xos yangi shakli sifatida bolaning o’sishida muhim rol o’ynaydi. Bir yoshgacha davrda paydo bo’lgan ehtiyojning tobora chuqurlashuvi bilan nutq davrigacha muloqot cheklanganligining nomutanosibligi bir yoshdagi inqirozni keltirib chiqaradi. Vujudga kelgan qarama-qarshilik o’z yechimini nutq orqali muloqot davrida topadi va bola o’sishning bir bosqichidan ikkinchi bosqichiga o’tayotganini ifodalaydi. Go’dakning nutq faoliyati takomillashgan sayin muloqotning mazmuni boyib, ko’lami kengayib boradi. Natijada haqiqiy ma’nodagi shaxslararo munosabat vujudga keladi, go’dakning shaxsga aylanishi va ijtimoiylashuviga keng imkoniyatlar yaratadi. Mazkur davrda go’dakning o’sishini ta’minlovchi ob’yektiv va sub’yektiv sharoitlar yaratilishi – bolaning faolligi ortishi uchun psixologik negiz bo’ladi. Download 49.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling