2-Mavzu: Organik bog‘lovchi materiallar haqida umumiy tushunchalar. Organik bog‘lovchi materiallarni tarkibi va tuzilishi


bitumlarga, qatron esa: toshko‘mir, torf va yog‘ochdan olinadigan qatronlarga


Download 145 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana17.02.2023
Hajmi145 Kb.
#1204574
1   2   3
Bog'liq
2-Mavzu. Organik bog‘lovchi materiallar haqida umumiy tushunchalar. Organik bog‘lovchi materiallarni tarkibi va tuzilishi.

bitumlarga, qatron esa: toshko‘mir, torf va yog‘ochdan olinadigan qatronlarga 
bo‘linadi. 
Asosiy qurilish xossasi va holatiga ko‘ra, yo‘l bitumlari va qatronlari shartli 
ravishda quyidagi guruhlarga bo‘linadi. 
Qattiq bitumlar va qatronlar 20—25 °S da qayishqoq va mo‘rt xossaga, 
180—200 °S da esa oquvchanlik qobiliyatiga ega bo‘ladi. 
Yopishqoq bitumlar va qatronlar 20—25 °S da yarim qattiq materiallar 
holida bo‘lib, yuqori plastik va kam egiluvchanlikka ega bo‘ladi. Suyuq bitumlar va 
qatronlar 20-25 °S da yarim suyuq materiallar holida bo‘ladi hamda uning tarkibida 
uchuvchi yengil uglevodorodlar uchraydi. Yengil uglevodorodlarning uchib chiqishi 
hisobiga, suyuq bitum va qatronlar qotish imkoniyatiga ega bo‘lib,xossasiga ko‘ra 
yopishqoq bitum va qatronlarga yaqin. 
Bitum va qatron suyuqliklari mayda zarralar tuzilmasidan iborat bo‘lib, suvli 
muhitda qo‘shimcha emulgator va parchalangan bog‘lovchi materiallardan tashkil 
topib, tuzilmaga barqarorlik beradi. O‘rtacha haroratda mazkur suyuqlik 
oquvchanlik xossasiga ega bo‘lib, sovuq va iliq holatda ishlatiladi. 
Ishlab chiqarish texnologiyasiga ko‘ra bitumlar oksidlangan, qoldiq va kreking, 
qatronlar esa, haydalgan va tayyorlangan bo‘ladi. Organik bog‘lovchilarning asosiy 
xususiyatlari xomashyolarning turiga bog‘liq. Shuning 


uchun bitum va qatronlar uchun ishlatiladigan xomashyolar to‘g‘risida qisqacha izoh 
byerishimizga to‘g‘ri keladi. 
Tabiiy bitumlar qattiq, suyuq yoki yopishqoq, qora yoki to‘q jigarrang 
ko‘rinishda bo‘lib, tabiatda sof holda deyarli uchramaydi, asosan cho‘kindi 
tog‘ jinslari, ohaktosh va qumga shimilgan holatda uchraydi. Tarkibida 5 foizdan 
20 foizgacha tabiiy bitum bo‘lgan tog‘ jinslari asfaltit deb ataladi. 
Asfaltit o‘rta hisobda 25 foiz moy, 20 foiz smola va 55 foiz asfaltendan 

Download 145 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling