2-mavzu. O‘rta Osiyoning gidrologik xususiyatlari
Download 30.24 Kb.
|
2-мавзу
Mutlaq (absolyut) namlik deb 1 m3 havoda mavjud bo‘lgan gramm hisobidagi suv bug‘lariga aytiladi. Mutlaq namlikni suv bug‘larining elastikligi sifatida mb da ham ifodalash mumkin. Uning qiymati meteorologik stansiyalarda qurilma balandligi-2 metrda o‘lchanadi va shuning uchun ye200 ko‘rinishida belgilanadi.
To‘yingan suv bug‘larining elastikligi(ye0) meteorologik stansiyada qayd etilgan suv temperaturasi bo‘yicha maxsus jadvaldan aniqlanadi. Bug‘lanish bevosita suv yuzasidan va yer sirti-quruqlikdan bo‘lishi mumkin. Ular miqdori va jadalligi jihatidan keskin farq qiladi. Yer sirti – quruqlikdan bo‘ladigan yalpi bug‘lanish quyidagilardan tashkil topadi: 1) tuproqdan bug‘lanish;2) o‘simliklar orqali bug‘lanish-transpiratsiya;3) o‘simlik qoplami tanasida ushlab qolingan yog‘inlar hisobiga bug‘lanish. Bug‘lanish miqdori quyidagi usullar bilan aniqlanadi: 1) bug‘latgichlar usuli;2) suv balansi usuli;3) turbulent diffuziya usuli; 4) issiqlik balansi usuli. Bug‘lanishning har qanday turi kabi, suv yuzasidan bo‘ladigan bug‘lanish ham eng avvalo nam yetishmasligi- d va shamolning tezligi(ω)ga bog‘liqdir. Daryo oqimi yomg‘ir hamda tog‘lardagi qor va muzliklarning erishi hisobiga hosil bo‘ladi. Har ikki holda ham hosil bo‘lgan suvning bir qismi yer ostiga shimiladi, bir qismi bug‘lanadi, faqat qolgan qismigina oqim hosil bo‘lishida ishtirok etadi. Yomg‘irning yog‘ishi yoki qor va muzlikning erish jadalligi yer ostiga shimilish hamda bug‘lanishning birgalikdagi jadalligidan katta bo‘lgandagina oqim hosil bo‘ladi. Daryo oqimining hosil bo‘lishi juda murakkab tabiiy jarayon bo‘lib, unga quyidagi omillar bevosita yoki bilvosita ta’sir etadi: havzaning geografik o‘rni, iqlim sharoiti, geologik tuzilishi, relefi, tuproq sharoiti, o‘simlik qoplami, gidrografik sharoiti (muzlik, ko‘l, botqoqlik) va boshqalar. Daryo oqimining hosil bo‘lishiga yuqorida qayd etilgan tabiiygeografik omillar majmui bilan bir qatorda insonning daryo havzasidagi xo‘jalik faoliyati-antropogen omil ham jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. U yoki bu omilning daryo oqimiga bo‘lgan ta’sirini alohida ko‘rsatish va uni tekshirish juda murakkab vazifadir. Chunki bu omillarning hammasi birgalikda harakat qiladi, ko‘pchilik hollarda esa ular o‘zaro bog‘liqdir. 3.Gidrografiyasi. O‘rta Osiyo territoriyasida suv ob’ektlari, shu jumladan, daryo tarmoqlari g‘oyat darajada notekis taqsimlangan. N.L.Korjenevskiy hisobiga ko‘ra, O‘rta Osiyo tekisliklarining har 1 km2 maydoniga 0.002 km daryo tarmog‘i to‘g‘ri keladi, holbuki B.P.Panov hisobiga ko‘ra Rossiya Yevropa qismida daryo tarmoqlarining o‘rtacha zichligi 0.37 km/km2, butun sobiq ittifoq xududida esa 0,14 km/km2. O‘rta osiyo xududining 70% ni egallab yotgan bepoyon tekisliklarda oqar suvlar onda-sonda uchraydi, xolos. Tog‘lardan tekisliklarga oqib tushadigan daryolarga esa to quyilish joylariga qadar bironta ham irmoq kelib quyilmaydi. Aksincha,ular tekisliklarga kelishi bilan ekinlarni sug‘orishga sarf bo‘ladi, va yer ostiga sizib ketadi va shunday qilib, suvi asta-sekin kamayib boradi. O‘rta Osiyo tog‘larida esa buning aksicha, sertarmoq daryolar, katta-kichik soy va jilg‘alar juda serob. Biroq bu yerdagi gidrografik tarmoqlar o‘ziga xos xarakterga ega: ularning ko‘pchiligi bosh daryolar va ularning irmoqlaridan suv olib tevarak-atrofdagi yerlarga tarqatib ketuvchi irrigatsiya kanallaridan, ariqlardan va, shuningdek zovur va kollektorlardan iboratdir. O‘rta Osiyo territoriyasida ko‘llar va boqoqliklar ham g‘oyatda notekis taqsimlangan. Ko‘llarning 80% dan ko‘prog‘i tekisliklarda, asosan yirik daryolar vodiysi va deltalarida, vohalarning tevarak atroflaridadir. Juda katta maydondagi cho‘llarda esa ( ayrim joylarni hisobga olmaganda) ko‘l umumanyo‘q desa bo‘ladi. O‘rta Osiyoning tog‘lik qismida ko‘llar asosan tog‘ tizmalarining yuqori qismlarida, 2000-3000 m balandlikda, ayniqsa 3000 m dan yuqoridagi zonalarda eng ko‘p uchraydi. 1000-2000 m balandlikdagi quyi zonalarda esa ko‘llar eng kam. Nihoyat, O‘rta Osiyo tog‘laridagi muzliklar ham notekis taqsimlangan. Muzliklar Tyanshanda – Xontangri massivi, G‘alaba cho‘qqisi atrofida ao Pomirda Fanlar akademiyasi cho‘qqisi yaqinida eng ko‘p uchraydi. Download 30.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling