2-mavzu. O‘rta Osiyoning gidrologik xususiyatlari


Download 30.24 Kb.
bet1/4
Sana30.04.2023
Hajmi30.24 Kb.
#1413350
  1   2   3   4
Bog'liq
2-мавзу


2-mavzu. O‘rta Osiyoning gidrologik xususiyatlari.


Reja:
1. O‘rta Osiyoning tabiiy geografik o‘rni, relefi
2. Iqlim sharoiti
3 Gidrografiyasi.
4. O‘rta Osiyoning suv balansi tenglamasi.
5. Hududning oqim hosil bo‘lish sharoitiga ko‘ra bo‘linishi.


1. O‘rta Osiyoning tabiiy geografik o‘rni, relefi.
O‘rta Osiyo hududi Yevrosiyo materigining ichkarisida, Atlantika va Tinch okeanlaridan deyarli bir hil 4000 km ga yaqin uzoqlikda joylashgan. O‘rta Osiyo territoriyasi shimolda 470 shimoliy kenglik, janubda esa 340 shimoliy kenglikgacha cho‘zilib borgan. O‘rta Osiyo hududining 70% tekisliklardan tuzilgan, qolgan 30% baland tog‘lar egallaydi. O‘rta Osiyo ham tuzulishi, ham relefi jihatidan bir biriga teng bo‘lmagan ikki qismga: kattaroq- asosan tekisliklardan tuzilgan shimoli-g‘arbiy qismdan, va kichikroq – qudratli va baland, o‘rtacha balandligi 5000 – 5500 m ga yetadigan tog‘lardan iborat bo‘lgan janubi-sharqiy qismlarga bo‘linadi. Ular orasidagi chegara asosan 700 metrli izogips bo‘yicha o‘tgan bo‘lib, ayrim rayonlarda 500 m gacha tushsa, boshqa bir rayonlarda 1000 m gacha ko‘tariladi.. Uning balandligi ko‘pincha 300 m dan oshmaydi. Kaspiy dengiziga yaqin joylarda u hatto dengiz sathidan ham pastroq. Bu tekisliklarda unda-bunda pastak tog‘lar va tog‘ tizmalari yoki platolar uchraydi, xolos.
O‘rta Osiyo relefi hilma-hil bo‘lganligi tufayli tabiiy sharoit ham turlicha bo‘ladi. Sernam bahavo va ko‘rkam vodiylar bilan bir qatorda jazirama oftobda qahrab yotgan cho‘llarni uchratasiz. Shunisi qiziqqi, tabiati ana shunday katta farq qiladigan joylar hayron qolarli darajada birbiriga yaqin joylashgan, deyarli tutashib ketgan. Haqiqatdan ham 100 km, hatto undan ancha kam masofani bosib o‘tish bilan suvsiz jazirama cho‘llardan qori sira arimaydigan salqin joylarga borish mumkin.
Baland-baland tog‘ tizmalari tufayligina bepoyon cho‘llardan bir necha ming km oqib bora oladigan azim daryolar hosil bo‘lishiga imkon tug‘iladi. Biroq bu daryolar O‘rta Osiyo chegarasidan chetga chiqib keta olmaydi.
2.Iqlim sharoiti. O‘rta Osiyoning materik ichida va birmuncha janubga joylashganligi, shuningdek, uning shimol tomoni ochiq bo‘lganligi va o‘lkada iqlimning juda quruq va keskin kontinental bo‘lishiga sabab bo‘ladi: yoz quruq, ochiq va jazirama issiq keladi, qish esa nisbatan sernam va ba’zida , ayniqsa o‘lkaning shimolida, qahraton sovuq bo‘ladi. Buning oqibatida O‘rta Osiyo hududining katta qismi chala cho‘l va cho‘llar bilan band. Tog‘larda tabiiy sharoit balandlik zonalari bo‘yicha o‘zgaradi hamda yog‘in ko‘proq yog‘adi va qor-muz yig‘ilib qoladi.
Atmosfera yog‘inlari. Yog‘in miqdori joyning geografik o‘rni, atmosfera sirkulyatsiyasi, yer sirti relefi kabi omillar bilan aniqlanadi. O‘rta Osiyo sharoitida joyning absolyut balandligi va relefi yog‘in miqdoriga har tomonlama ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, absolyut balandlikning ortishi bilan yog‘in miqdori ham ortadi. Lekin har doim ham shunday bo‘lavermaydi. Masalan, Sharqiy Pomir va Sharqiy Tyanshanda absolyut balandlik katta bo‘lsa-da, yog‘in miqdori ularning g‘arbiy qismlariga nisbatan kamdir.
Yog‘in gradienti-DX yog‘in miqdorining balandlikka bog‘liq holda o‘zgarishini ifodalaydi. Uning qiymatini yog‘in miqdorining balandlikka bog‘liq holda o‘zgarish grafigidan yoki oddiy hisoblashlar yo‘li bilan aniqlash mumkin.
Havo harorati 0-5 °S dan boshlab yog‘inlar qor ko‘rinishida yog‘adi va yer sirtida to‘planib, qor qoplamini hosil qiladi. Barqaror qor qoplami, barqaror bo‘lmagan qor qoplami, mavsumiy qor qoplami, ko‘p yillik qor qoplami, doimiy qor qoplami tushunchalari mavjud.
Barqaror qor qoplami - kuz va qishda yog‘ib bahorgacha saqlanadi.
Barqaror bo‘lmagan qor qoplami – kuz va qishning boshlarida yog‘ib erib ketadi. Mavsumiy qor qoplami – kuz, qish va erta bahorda yog‘ib, shu yilning issiq mavsumida erib ketadi. Ko‘p yillik va doimiy qor qoplamlari – qutbiy o‘lkalarda va baland tog‘larda uchraydi.
Yomg‘irlar asosan musbat haroratli kunlarda yog‘adi. Ular daryolarning to‘yinishida asosiy manbalardan biri bo‘lib, miqdori, davom etish vaqti, yog‘ish jadalligi va yog‘ish maydoni bilan xarakterlanadi. Yomg‘ir miqdori(X)ning uning davom etish vaqti(T)ga nisbati yog‘ish jadalligi(i) ni belgilaydi:

Download 30.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling