Muzliklar va qor chizig’i. Reja
Download 30.84 Kb.
|
Muzliklarning gidrologik ahamyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qor qoplami va qor chizig‘i
- qor chegarasi yoki qor chizig‘i
Muzliklar va qor chizig’i. Reja: 1. Qor qoplami va uning xususiyatlari; 2. Qorning gletcher muziga va muzlikka aylanishi; 3. Muzliklar, ularning hosil bo‘lishi, turlari, rejimi; 4. Muzliklarning gidrologik ahamiyati; 5. O‘zbekiston muzliklari. Muzliklar yer sirtining qor chizig‘i chegarasidan yuqori qismida, relef hamda iqlim sharoiti qulay kelgan joylarida qorning to‘planishi va zichlashishidan hosil bo‘ladi. Ular o‘zi joylashgan hududning iqlimiga, daryolarining suv rejimiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi, ayniqsa tog‘ muzliklari daryolarni to‘yintiruvchi asosiy manbalardan biri hisoblanadi. Quyida muzliklarning paydo bo‘lishini belgilovchi omillarqor qoplami, qor chizig‘i, qor ko‘chkilari haqida ma’lumotlar keltirilib, so‘ng muzliklarning turlari, tarqalishi, rejimi va gidrologik ahamiyati kabi masalalar yoritiladi. Qor qoplami va qor chizig‘i Qor qoplami qorning er sirtida to‘planishidan hosil bo‘ladi. SHamol ta’sirida u er sirtida notekis taqsimlanadi. Natijada qor qoplamining asosiy ko‘rsatkichlari-qalinligi, strukturasi (tuzilishi), zichligi, suv miqdori turli hududlarda turlicha bo‘ladi. Daryolarning suvliligi ko‘p jihatdan ularning havzalarida yilning sovuq davrlarida to‘plangan qor qoplami miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. Tabiatda quruq va xo‘l qor qoplamlari birbiridan farq qiladi. Quruq qor qoplamining zichligi o‘rtacha 0,06 g/sm3 ga teng bo‘lsa, xo‘l qor qoplaminiki esa 0,20 g/sm3 atrofida bo‘ladi. Yer sirtida shunday yuza (sath)lar mavjudki, u joylarda qor ko‘rinishida yoqqan atmosfera yog‘inlarining o‘rtacha yillik miqdori uning erishiga va bug‘lanishiga sarf bo‘lgan qiymatiga teng bo‘ladi. Aniqrog‘i ma’lum balandlikda qor to‘planishi va uning sarflanishi muvozanatda bo‘ladi. Relef va iqlim sharoitlarining o‘zaro munosabati tufayli vujudga kelgan bunday sath qor chegarasi yoki qor chizig‘i deb ataladi. Demak, qor chizig‘ining hosil bo‘lishida relef juda katta ahamiyat kasb etadi. Qor chizig‘idan pastda qor shaklida yoqqan yog‘inlarning miqdori ularning erishga va bug‘lanishga sarflanishidan kam, qor chizig‘idan yuqorida esa buning aksi bo‘ladi. Qor chizig‘idan yuqorida, xionosfera deb ataladigan qatlam doirasida, muntazam ravishda qorning to‘planishi kuzatiladi. Xuddi shu xionosfera chegarasida doimiy qorliklar va muzliklar hosil bo‘ladi. Xionosfera qatlamidan yuqoriga ko‘tarilgan sari esa yog‘adigan qor miqdori sarf bo‘ladiganidan kamaya boradi. Qor chizig‘i qutb doirasida, havo haroratining pastligi tufayli, okean sathigacha tushadi. Jumladan, janubiy yarim sharda qor chizig‘i 620 janubiy kenglikdan boshlab okean sathiga to‘g‘ri keladi. Sababi, janubiy yarim shar iqlimiga asosiy ta’sirini okean ko‘rsatadi. Qor chizig‘ining eng baland nuqtasi subtropiklarda joylashgan (6400 m gacha). Ekvator havosi nam bo‘lib, u erda yog‘in miqdori bir muncha ortadi va qor chizig‘i balandligi 44004900 m gacha tushib qoladi. Tog‘li hudududlarda qor chegarasi balandligi yil fasllari bo‘yicha o‘zgarib turadi. Yer sirtining qor to‘planadigan qismida qor qoplami va muzliklar zahirasi doimiy ravishda kamayib turadi. Bu kamayish ikki xil yo‘l bilan-qor ko‘chkilari va muzliklarning qor chizig‘idan pastga siljishi ko‘rinishida kuzatiladi. Download 30.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling