Muzliklar va qor chizig’i. Reja
Muzliklarning gidrologik ahamiyati
Download 30.84 Kb.
|
Muzliklarning gidrologik ahamyati
Muzliklarning gidrologik ahamiyati
Tog‘ muzliklarining erishidan hosil bo‘lgan suv daryolar to‘yinishining asosiy manbalaridan biri hisoblanadi. Muzlik hisobiga to‘yinish undan uzoqlashgan sari kamayib boradi. Daryo havzasida muzlikning bo‘lishi oqim rejimining o‘ziga xos xususiyatlarini vujudga keltiradi. Jumladan, yillik oqimning o‘zgaruvchanligi kamayadi. V.L.SHuls ma’lumotlariga ko‘ra, O‘rta Osiyoning muzlikqor suvlari hisobiga to‘yinadigan daryolarida yillik oqimning o‘zgaruvchanlik koeffitsienti(Sv) 0,100,15 dan ortmaydi. Faqat qor suvlari hisobiga to‘yinadigan tekislik daryolarida esa Sv ning qiymati 0,800,90 ga teng. Muzlik suvlaridan to‘yinadigan daryolar yozgi to‘linsuv davrining davomliligi va suv sathi hamda sarfining nisbatan katta bo‘lmagan tebranishi bilan ajralib turadi. To‘linsuv davri boshida daryolar to‘yinishida mavsumiy qorlar qatnashadi. Muzlikning yuza qismidagi qorlar eriy boshlashi bilan daryodagi suv miqdori ham orta boradi. Ba’zan haroratning keskin ko‘tarilishi natijasida toshqinlar ham kuzatiladi. Bunga, boshqa omillar bilan bir qatorda, muzlik tanasida yoki muzlikdan quyida hosil bo‘lgan ko‘llarda to‘plangan suvning daryo oqimiga qo‘shilishi sabab bo‘ladi. Ana shunday ko‘llarda to‘plangan suvning to‘g‘onni yorib o‘tishi (to‘g‘onning buzilishi) hollari Himolay, Tyanshan, PomirOloy tog‘larida teztez kuzatiladi. Ayrim hollarda ular falokatli sel toshqinlariga sabab bo‘ladi. Masalan, 1973 yil iyul oyida Almati shahri yaqinida, 1998 yil 8 iyunda SHohirmardonda kuzatilgan sel toshqinlari muzliklar faoliyati bilan bog‘liq. Yirik muzliklardan to‘yinadigan daryolar suv rejimini o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, yozning birinchi yarmida muzlik tanasida va uning yuzasidagi botiqliklarda va ko‘llarda suvning to‘planishi (akkumulyasiya) ro‘y beradi. YOzning ikkinchi yarmida esa bu suvlar daryo o‘zaniga oqib tushadi. SHu sababli bir xil haroratda, yozning birinchi yarmida ikkinchi yarmiga nisbatan kam suv hosil bo‘ladi. L.K.Davidovning Seldara daryosi misolida olgan natijalari buning isbotidir (47rasm). Daryo havzasidagi muzliklar egallagan maydonning o‘lchami oqimning yil ichida taqsimlanishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Havzada muzlik maydonining ortishi bilan yozning ikkinchi yarmi (iyulsentyabr) dagi oqim hajmi martiyun davri oqimiga nisbatan katta bo‘ladi. Buning asosiy sababi daryoning to‘yinishida muzlik suvi hissasining ortishidir. Bu qonuniyat V.L.SHuls parametri bilan havzadagi muzlik egallagan maydonni taqqoslaganda aniq namoyon bo‘ladi. YOz faslida, muzlikdan oqib chiqadigan daryolarda suv sathi va sarfining kunlik tebranishi kuzatiladi, ya’ni ular havo haroratiga bog‘liq holda ortadi yoki kamayadi (48rasm). Tog‘ muzliklarining rejimini va ulardan oqib chiqadigan daryolarni har tomonlama o‘rganish qishloq xo‘jaligi sug‘orma dehqonchilikka asoslangan O‘rta Osiyo sharoitida katta amaliy ahamiyatga ega. Download 30.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling