Muzliklar va qor chizig’i. Reja
Muzliklarning turlari va tarqalishi
Download 30.84 Kb.
|
Muzliklarning gidrologik ahamyati
Muzliklarning turlari va tarqalishi
Yer kurrasida asosan ikki turdagi muzliklarmaterik muzliklari va tog‘ muzliklari bo‘ladi. Erning landshaft qobig‘ida asosiy o‘rinni materik muzliklariAntarktida va Grenlandiya muzliklari egallaydi. Ularning o‘lchamlari juda katta bo‘lib, yassiqabariq bo‘ladi va muzlik osti relefiga bog‘liq emas. Qorning to‘planishi ularning markaziy qismlarida, sarf bo‘lishi esa chekka qismlarida boradi. Muzlik massasi ham markazdan chekka taraflarga qarab harakatlanadi. Ularda sarf bo‘lish, asosan, chekka qismlarda, ya’ni sinib, aysberglar hosil bo‘lishi ko‘rinishida kechadi. Tog‘ muzliklari nisbatan kichik o‘lchamli bo‘ladi. Ularning shakli muzlik joylashgan yuzaning relefi bilan aniqlanadi, harakati ham er sirtining muzlik osti nishabligiga bog‘liq bo‘ladi. Materik muzliklaridan farqli o‘laroq, ularda nishablik faqat bir tomonga, ya’ni manbadan muzlik tiliga qarab boradi. Tog‘ muzliklarining ko‘pgina turlari mavjud. Ularning eng soddalari tog‘ yonbag‘irlari muzliklari va tog‘ cho‘qqilari muzliklaridir. Ular quyidagi turlarga bo‘linadi: kaldera muzliklario‘chgan vulqonlar kraterlarida joylashadi; yulduzsimon muzliklar-uning umumiy firn qismidan chiqadigan bir nechta tili bo‘ladi (masalan, Fedchenko muzligi); kara muzliklarikara (baland tog‘lardagi tavoqsimon tabiiy botiqlik) larda joylashadi va, nihoyat, osilma holda uchraydigan muzliklar. Vodiy muzliklari bir muncha murakkab tuzilgan. Ular ichida oddiybir oqimli, murakkab (bir necha tartibdagi irmoqli) va daraxtsimon muzliklar bor. Bulardan tashqari bir necha mustaqil muzliklarning qo‘shilishidan hosil bo‘lgan murakkab muzliklar ham mavjud. Bularga skandinaviya, alyaska va boshqa turdagi muzliklarni kiritish mumkin. Muzliklar yer sirtining quruqliq qismida notekis taqsimlangan. Yer yuzidagi muzliklarning umumiy maydoni 15,5 mln.km2 ga teng bo‘lib, quruqlikning 10 foizdan ko‘proq qismini egallagan. Barcha muzliklarning umumiy hajmi 24 mln.km3 ga teng. Hisoblashlarning ko‘rsatishicha, shu hajmdagi muzlikning erishi Dunyo okeani sathining 60 metrga ko‘tarilishiga olib kelar ekan. Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, Er yuzasidagi muzliklar umumiy maydonining 98,6 foizi qutb o‘lkalariga to‘g‘ri keladi. Download 30.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling