Muzliklar va qor chizig’i. Reja


Download 30.84 Kb.
bet7/7
Sana30.04.2023
Hajmi30.84 Kb.
#1416485
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Muzliklarning gidrologik ahamyati

O‘zbekiston muzliklari

O‘zbekistondagi ayrim tog‘ yonbag‘irlarida muzliklar saqlanib qolishining asosiy sabablarini bu erlarning orografik jihatdan qulayligi, yog‘in miqdorining boshqa hududlarga nisbatan ko‘p yog‘ishi, havo haroratining past bo‘lishi va boshqa qator omillar ta’sirlari bilan tushun­tirish mumkin. Muzliklarning soni va ularning massasi miqdori asosan iqlimiy omillarga bog‘liq bo‘lib, uzoq yillar davomida o‘zgarib turadi.


O‘zbekiston tog‘larida muzliklar CHirchiq, Qashqadaryo va Surxondaryo havzalarining yuqori­suvayirg‘ichlarga yaqin qismlarida joylashgan. Ularning "Muzliklar katalogi" bo‘yicha aniqlangan soni 550 ga yaqin bo‘lib, umumiy maydoni 232,2 km2 ni tashkil etadi.
Respublikamizdagi tog‘ muzliklari soning 50 foizga yaqini Piskom daryosi hav­zasida joylashgan. Bu havzada 250 ta muzlik borligi aniq­landi. Ularning umumiy maydoni 127,8 km2 ga teng. Mam­lakatimizdagi eng katta muzlik­Ayutor­3 muzligi ham Pis­kom havzasida joylashgan bo‘lib, uning umumiy maydoni 3,8 km2 ga teng.
Surxondaryo havzasida esa jami 239 ta muzlik mavjud bo‘lib, ularning umumiy maydoni 83,6 km2 ga teng. Bu havzadagi eng katta muzlikni nomi CHap Qaznoq deb ataladi, uning maydoni 1,9 km2 ga teng.
Respublikamizdagi muzliklarning eng kam soni Qash­qadaryo havzasida joylashgan. Bu havzada jami 58 ta muzlik bo‘lib, ularning umumiy maydoni 20,8 km2 ga teng. Havzadagi eng katta muzlik Seversov muzligi bo‘lib, maydoni 2,6 km2 ga teng.
Muzliklarning Respublikamizdagi daryolarning to‘yi­nishidagi ahamiyati juda katta. Bu muzliklar hozirgi davr­­dagi iqlim sharoitida bitmas­tuganmas suv manbaidir.
Respublikamiz tog‘larida mavjud bo‘lgan aksariyat muz­liklar shimoli­g‘arbiy ekspozitsiyalarda joylashgan bo‘lib, morfologik turi bo‘yicha kara, ya’ni yonbag‘irlardagi qo­zonsimon kichik botiqlarda hosil bo‘lgan muzliklar tipiga mansubdir. Ular orasida uzunligi 0,5­1,0 km dan iborat osilma muzliklar ham mavjud. Lekin ularning soni juda oz miqdorni tashkil etadi. O‘zbekiston tog‘larida botiqlik (kotlovina) muzliklari ham bor. Ayrim muzliklar palaxsa qoyalar ko‘rinishida, ba’zan esa morenalar bilan ko‘milgan holda uchraydi.
Muzliklarning gidrologik rejimini o‘rganish, ularda gidrologik tadqiqotlar olib borish va shu maqsadda maxsus ilmiy ekspeditsiyalar tashkil etish lozim. Bu esa kelajakda mamlakatimiz xalq xo‘jaligi tegishli tarmoqlarining barqaror rivojlanishida katta amaliy foyda keltiradi.
O‘zbekiston muzliklarini o‘rganishda Birinchi (1882­ 1883 y.y.), Ikkinchi (1932­1933 y.y.), Uchinchi (1957­1958 y.y.). Xalqaro geofizika yillari, Xalqaro geofizik hamkorlik (1959 y.) va Xalqaro gidrologik o‘n yillik (1966­1975 yil­lar)ning ahamiyati katta bo‘ldi. Bu yillarda mamlakati­mizdagi ko‘pchilik muzliklar holati maxsus dasturlar aso­sida kuzatilib turildi.
O‘zbekistonda muzliklarni o‘rganish bo‘yicha ilmiy­ tadqiqot ishlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mah­kamasi huzuridagi Boshgidrometga qarashli O‘rta Osiyo gid­rometeorologiya ilmiy tadqiqot instituti (O‘OGMITI)ning Glyasiologiya bo‘limida, O‘zbekiston FA Geologiya va geo­fizika institutining Glyasiologiya laboratoriyasida amalga oshirilmoqda. 1967 yilda mamlakatimiz hududidan tashqa­rida (Tojikiston Respublikasida) joylashgan Abramov muz­ligida O‘OGMITI ning glyasiologik tadqiqotlar o‘tka­zuvchi maxsus stansiyasi tashkil etilgan edi. Unda 1999 yil avgust oyigacha uzluksiz kuzatishlar va tadqiqotlar o‘tka­zildi. Lekin, shu muddatdan boshlab bir to‘da qurollangan jangarilar stansiyani zo‘rovonlik bilan egallab oldi. Na­tijada u erda amalga oshirilayotgan barcha ishlar butun­lay to‘xtib qo‘yildi.
Hozirgi kunda O‘OGMITIda "O‘rta Osiyoda glyasiologik tadqiqotlar" mavzuida doimiy ravishda ilmiy to‘plamlar chop etiladi. O‘zbekistonning tog‘ daryolari havzalaridagi barcha muzliklarning katalogi tuzilgan. Bu ishlarda va umu­­man muzliklarni o‘rganishda N.L.Korjenevskiy, O.P.SHcheg­lova, V.F.Sus­lov, A.S.SHetinnikov, A.A.Akbarov, G.E.Glazirin, B.A.Ka­­molov, L.A.Kanaev, V.G.Konovalov, M.A.Nosirov kabi olimlarning hissalari katta.
Download 30.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling