Muzliklar va qor chizig’i. Reja


Download 30.84 Kb.
bet2/7
Sana30.04.2023
Hajmi30.84 Kb.
#1416485
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Muzliklarning gidrologik ahamyati

Qor ko‘chkilari


Qor ko‘chkilari (lavinalar) deb, tog‘ yonbag‘irlarining qiya yuzalari bo‘ylab surilib tushadigan qor uyumlariga aytiladi. Ko‘chkilar qiyaligi 150 dan katta va qor qalinligi 0,5 m dan ko‘p bo‘lgan tog‘li va qutb oldi hududlari uchun xarakterlidir. Ko‘chkilarning paydo bo‘lishi sabablari turlichadir. Masalan, quruq ko‘chkilar yangi yoqqan qor bilan eski qor orasida ishqalanish kuchi kichikligi va shu tufayli yaxshi jipslashmaganligi sababli vujudga keladi. SHamol­ning kuchli esishi ham ma’lum sharoitlarda ko‘chkilarga sabab bo‘lishi mumkin. Ba’zan havo haroratining ko‘ta­rilishi er sirti bilan qor qatlami o‘rtasida erigan suv hosil bo‘lishiga olib keladi. Suv esa tungi soatlarda yoki haroratning keskin pasayishi natijasida muzlaydi. Bu bilan qorning surilishiga va "xo‘l ko‘chkilar" hosil bo‘­lishiga sharoit yaratiladi. Ko‘chkilar hosil bo‘lishining bosh­­­­­qa juda ko‘p sabablari mavjud.
Qor uyumlarining yonbag‘irlarda surilish holatiga ko‘ra G.K.Tushinskiy ko‘chkilarni uch turga bo‘ladi: qor suril­malari, novsimon yonbag‘irlar ko‘chkilari va sakrovchi ko‘chkilar.
Qor surilmalari qor juda ko‘p miqdorda yoqqan yillari kuzatilib, bunda qor qoplami yonbag‘irda keng front bo‘ylab suriladi. Ikkinchi holda esa qor ma’lum novsimon yonbag‘rda suriladi va uning tubida konussimon uyilma hosil qiladi. Sakrovchi ko‘chkilar esa juda katta tezlikka ega bo‘ladi, chun­ki ular nishabligi keskin ortgan yonbag‘irlarda kuza­tiladi.
YUqorida aytilganlardan ko‘rinib turibdiki, ko‘chkilar juda havfli hodisa bo‘lib, katta ziyon keltirishi va ba’zi hollarda inson hayotiga ham havf solishi mumkin. SHuning uchun ko‘chkilarni o‘rganishga katta ahamiyat berilmoqda. Butun o‘lkalar bo‘ylab ko‘chkilar tushishi mumkin bo‘lgan joylar xaritalarga tushiriladi. Ularni o‘rganish, kuzatish uchun maxsus kuzatish joylari­stansiyalar tashkil etilgan. Masalan, Ohangaron daryosi havzasida tashkil qilingan Qizilcha qor ko‘chki stansiyasining faoliyati diqqatga sazovordir. Ko‘chkilarni oldini olish uchun tog‘ yonbag‘ir­lariga daraxtlar ekiladi, ularda zinasimon maydonchalar (terrasalar) hosil qilinadi. Ayrim hollarda esa inson hamda xalq xo‘jaligi inshootlarining xavfsizligini ta’­minlash maqsadida sun’iy ravishda ham qor ko‘chkilarini hosil qilish mumkin. Bunday tadbirlarni amalga oshirish mamalakatimizdagi ayrim tog‘ qishloqlari hamda Kamchiq do­voni kabi tog‘li hududlardan o‘tadigan avtomobil yo‘lla­rida xavfsizlikni ta’minlashga imkon beradi.



Download 30.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling