2-mavzu. O‘zbek milliy xalq xunarmandchiligi turlari


Naqqoshlik san‟atining turlari


Download 302.32 Kb.
bet15/16
Sana04.11.2023
Hajmi302.32 Kb.
#1745258
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
2-mavzu. O‘zbek milliy xalq xunarmandchiligi turlari-fayllar.org

Naqqoshlik san‟atining turlari

  • San‘at tarixida Kamoliddin Behzod davri nafaqat miniatyura rangtasvirning balki naqqoshlik san‘atining ham mislsiz rivojlangan davri bo‘lib keldi. Behzod singari boshqa miniatyurachi-rassomlar ham kompozitsion miniatyuralar yaratish sir asrorlarini mukammal egallab olgan edilar. Shuningdek, bu davrda faqat naqqoshlik bilan shug‘ullanuvchi rassomlar bo‘lib, ular qo‘lyozmalarning sarvaraqlari, unvonlari va sahifa matnidan tashqari bo‘sh joylarni naqshlar bilan bezatishgan. Eng mohir naqqoshlar mahobatli binolar, gilamlar, matolar, kandakorlik buyumlarni bezab turuvch naqshu nigorlarning andozasini chizib berishgan. Natijada, bezak ishlarining umumiy uslubi Sharq musulmon san‘atining barcha turlarini birlashtiruvchi yagona bezak uslubi vujudga kelgan. Naqsh ma‘lum hudud badiiy madaniyatning o‘ziga xos xususiyatlarini namoyon etuvchi muhim manba bo‘lib kelgan. Uning umumiy tarzda tarqalishi ilohiyatni sheriyatda ifodalangan singari qiyofalashtirish bilan bog‘liq bo‘lib, bu islom dinining muhum xususiyatidir: Olloh inson singari aniq bir qiyofaga emas ekan rassomlar tasavvuridagi olam ham mavhum shakllar orqali timsollashtirilgan. Islomda borliqni tasirlash man etilgan. Aksicha islom madaniyatida naqshlarda ideallarni mujassamlashtirilgan shaklda timsollashtirilishi talab etilgan.

  • Islom san‘ati uchun xos naqshlar uslubi X-XII asrlarda yuzaga kelgan. Dastlabki naqsh andozalari qo‘lyozmalarni bezash uchun mo‘ljallangan. Bir vaqtning o‘zida naqsh me‘moriy binolar tekisliklarini ham zabt etdi. Nihoyat XIV-XVI asrda yangi texnalogiya qo‘llanilishi tufayli san‘atning barcha turlarida naqsh ifodalana boshlandi. Shunday qilib XIV asrdan e‘tiboran me‘moriy inshootlarda sirlangan g‘isht va kamsonli o‘yma qismlar bilan bir qatorda, devor sathini to‘la egallaydigan murakkab shaklli o‘simlik shoxlari va gullarini tasvirlashga imkon beradigan yangi turdagi sirli spool mozaika va guldor sirli sopollar qo‘llanila boshlangan. Gilamchilikda esa XV asrda girihiy naqshlar o‘rniga egiluvchan, nafis chiziqlardan iborat o‘simliksimon naqshlar ishlatilgan.

    Download 302.32 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling