2-mavzu. O‘zbek milliy xalq xunarmandchiligi turlari
Download 302.32 Kb.
|
2-mavzu. O‘zbek milliy xalq xunarmandchiligi turlari-fayllar.org
Masjidlarning mexrobi qiblani Makka tarafiga qurilgan. Musulmonlarning asosiy ilohiy maskani – Ka‘ba joylashgani bois Makka barcha musulmonlar uchun muqaddas shaxar xisoblangan. Musulmon madaniyatiga birmuncha ramziy ma‘nodagi eshikni iloxiy darvoza deb qarashgan. Undan,yerdagi mavjud hayotdan, muqaddas va ilohiy hayotga o‘tiladi deb tushunilgan. Joynamozdagi peshtoqlaraynan shunday vazifani o‘tagan. Gilamchalarning pastgi qismi budunyoni bildirsa, yuqori peshtoq osti qismi u dunyoni bildirgan.Masjidlarning mexrobi qiblani Makka tarafiga qurilgan. Musulmonlarning asosiy ilohiy maskani – Ka‘ba joylashgani bois Makka barcha musulmonlar uchun muqaddas shaxar xisoblangan. Musulmon madaniyatiga birmuncha ramziy ma‘nodagi eshikni iloxiy darvoza deb qarashgan. Undan,yerdagi mavjud hayotdan, muqaddas va ilohiy hayotga o‘tiladi deb tushunilgan. Joynamozdagi peshtoqlaraynan shunday vazifani o‘tagan. Gilamchalarning pastgi qismi budunyoni bildirsa, yuqori peshtoq osti qismi u dunyoni bildirgan. Safoyi nomini olgan joynamozlar o‘zining ajoyib ko‘rinishi va bajarilishi uslubi, material va bezaklarga boyligi b-n ajralib turadi.Ular amir amaldorlarga mo‘ljallangan bo‘lib, junli ziynatai rassomlar ko‘rsatmalari asosida bajarilgan bo‘lib ular ollohga iltijo qilishni ifoda etgan. Bunda asosan qurondagi olloh va payg‘ambarlar madx etilgan oyatlar yozilgan. Albatta bu Quron oyatlari gilamchaning yuqori qismida, peshtoqning ostida ―Yuqori dunyoda joylashtirilgan. Chunki so‘z va uning tasviri musulmonlar uchun muqaddas sanalgan. Kishilar arab yozuvlari go‘zalligidan bexudaga xayratlanishmagan. Ular (arabcha yozuvdagi harflar) o‘zlarida Ollox go‘zalligini timsollashtirgan. ―Saroy‖ joynamozlari bezaklarida asosiy o‘rin tutuvchi nafis-jozibador o‘simliksimon naqshlarning ramziy vazifasini ta‘kidlaydi.Oddiy kishilar foydalangan xomaki movut joynamoz amaldorlar foydalangan joynamozlardan keskin ajralib turgan. Gilamchalarning bu guruhi XIX asr oxiri XX asr boshlariga taalluqlidir. Joynamozlarni tayyorlashda yaxshi ma‘lum bo‘lgan an‘anaviy gilamlar tasvirlaridan foydalanilgan. Chorvachilik bilan shug‘ullanuvchi qabilalar orasida ilohiy kuchlar an‘anaviy tarzda totem (qabila sig‘inadigan mavjudot yoki buyum) jonivor va qush deb tushunilgan. Shuning uchun ularning joynamozi mexrobli peshtoq ostida qo‘chqor shoxi yoki qushlar tirnog‘i tasvirini tez-tez uchratish mumkin. Xomaki movutdan tayyorlangan joynamozlarning o‘ziga xos yana bir xususiyati ularda sajda qilish xolati aniqlashtirilganidadir. Ularda ibodat qiluvchilarning qo‘li va boshi tushiriladigan joy ko‘rsatilgan. Gilamlar bezaklarida ibodat xarakatini ifodalovchi turlicha ramzlar paydo bo‘la boshladi. Saroy ibodat gilamchalarida zikrning mavxumiy xolatlarini aks ettiruvchi naqsh unsurlari yetakchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, oddiy kishilar ibodat gilamchalari anchagina soddaligi b-n ajralib turgan. Xomaki movutdan tayyorlangan joynamozlarda erkaklar va ayollar qiyofalarini xam uchratishimiz mumkin. Bu jonli mavjudot tasvirini taqiqlovchi diniy qoidaga ba‘zan amal qilinmaganligini bildiradi. ―Saroy joynamozlarida xam jonivorlarning nafis tasvirlariga duch kelamiz. O‘rta osiyoda joynamoz ishlab chiqarish shaxar axolisi va o‘troq hayot kechiruvchi yoki endigina o‘troqlasha boshlagan katta qabilalar orasida keng tarqalgan. Bu o‘troq qabilalar tashqi ta‘sirni ko‘proq qabul qilishini, ko‘chmanchi qabilalar esa diniy ta‘sirni o‘z an‘analari doirasida qabul qilishini bildiradi. Turkman joynamozi asosan Amudaryoning o‘rta oqishi xududida yashovchi, chorvachilik va dexqonchilikni xamisha birga olib boruvchi ―Ersari qabilasi kishilari tomonidan tayyorlangan. Turkman ibodat gilamchalarida mexrob taxmoni doimo xayvon shoxi tasviri bilan bezatilgan. Ularda o‘simliksimon va gulli bezaklar ko‘p bo‘lishiga qaramay, uslubi jixatidan Saroy gilamchalariga xos xandasaviy uslubidan keskin farq qiladi. Download 302.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling