2-Mavzu: O’zbekiston hududida davlatchilikka o’tishning tarixiy, iqtisodiy shart-sharoitlari. Reja


Download 126 Kb.
Sana24.12.2022
Hajmi126 Kb.
#1057313
Bog'liq
2 mavzu




2-Mavzu: O’zbekiston hududida davlatchilikka o’tishning tarixiy, iqtisodiy shart-sharoitlari.
Reja:

  1. O’zbekiston hududida davlatchilikka o’tishni yuzaga keltirgan omillar klassifikasiyasi.

  2. Davlatchilikka o’tishni vujudga keltirgan tarixiy, iqtisodiy, siyosiy shart-sharoitlari.

  3. O’zbekiston Prezidenti I.Karimov asarlarida milliy davlatchilik masalasining ilmiy tahlili.

  4. O’zbek davlatchiligi tarixining istoriografiyasi, manbashunosligi.

  5. O’zbek davlatchiligi tarixining mustaqillik yillarda o’rganilishining yangi bosqichi.

Tayanch tushunchalar:
Tosh davrining eng qadimgi bosqichhlaridayok O’zbekiston tuprogida odamlarning urnasha boshlashi. Bronza davrida ishlab chikarish munosabatlarining tez rivojlanishi va ijtimoiy iqtisodiy jarayonlarning yangicha taraqqiy etishi. Bronza davrida O’rta Osiyo jumladan O’zbekiston hududlarida turli kiyofali joylashishi va O’rta Osiyo hududlarida turli elatlarning shakllanishi.O’zbekiston hududlarida ilk davlatchilikka o’tish jarayonlarining boshlanishi.

Moziyga nazar tashlab, xalqimizning butun borlig’ini jamlab, ilmiy tahlil qilar ekanmiz, millatimiz o’zining voqealarga boy ko’p mingyillik tarixi davomida bisyor ijtimoiy holatlarni boshidan kechirganligini-madaniyat, ilm-fan, o’z davlatchiligi yutuqlari nashidasini surganligining guvohi bo’lamiz. O’zaro nizolar, begonalar asorati, alamini tortdi, eng yaxshi o’g’il-qizlaridan judo bo’ldi. Lekin tarixning o’yini ham, omonsiz jangu-jadallar ham tabiiy ofatlar ham, ochlik ham xalqimizning insoniylik tabiatiga dog’ tushira olmadi. Bu millatimizning ulug’ quvvai hofizaga, aql-zakovatga, intelektga ega bo’lganligining, mentalitetining hosilasidir. Mustaqillik sharoitida shakllanayotgan yangi jamiyatimizning ma’naviy qiyofasidir. SHarqning ulug’ faylasuflari ta’kidlaganlaridek, har bir davlat qurilishi ma’lum xalqning milliy-ma’naviy mahsuli, o’zligini namoyon etish va ma’naviy-onglilik taraqqiyotining pillapoyasidir. Bu taraqqiyot zinasini qadamba-qadam bosib, bir me’yordagi harakatni, vaqtdan o’zib ketmaslikni taqozo etadi. Vaqt hamma narsaga qodir. Unda tafakkur, falsafa, ...hamma narsa mujassam. Demak, davlat, davlatchilik-nihoyatda sekin shakllanuvchi jonli ijtimoiy voqea. Binobarin u doimo harakatda. Uni hamma vaqt bir andozada saqlanib bo’lmaydi. Aks holda u o’zining davlatchilik imkoniyatlaridan chekina boshlaydi.


SHuni hech qachon unitmaslik kerakki, muhtaram talabalar, millat farzandlari, milliy manfaatlar, qadriyatlarga, ehtiyojlarga asoslanmagan har qanday davlat tizimi uzoq yashay olmaydi. Unda milliy qadriyatlar cheklangan bo’ladi. Siyosati, mafkurasi totalitarizmga, unitarizmga, milliy shovinizmga, ulug’-davlatchilikka asoslangan sobiq sovet davlati fikrimizning dalilidir.
O’zbek milliy davlatchiligi, uning shakllanish jarayoni xususida Prezident Islom Karimovning nazariy, metodologik fikrlari o’ta ahamiyatlidir. U kishining milliy davltchilikka bag’ishlangan asarlarining markazida “davlat borligi uchungina inson mavjud emas, balki inson borligi tufayli davlat ham mavjuddir”,-degan g’oya turadi. Zero, davlat har bir millatning, xalqning ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy, ma’naviy rivojlanish mahsulidir.
Oqsoch tarix guvohlik berishicha, Markaziy Osiyo xalqlari o’zlarining ming yilliklar mobaynida shakllangan olamshumul siyosatlari, ma’naviy barkamol davlatchilik an’analari bilan jahon davlatchiligi va siyosati taraqqiyotiga katta ta’sir ko’rsatgan. Ulug’ bobolarimiz Alp Er Tonga, Qoraxoniylar, G’aznaviylar, Xorazmshohlarning adolat va insonparvarlikka tayangan saltanatlari, Amir Temo’rning turkiy ulusni birlashtirib, markazlashgan davlat tuzishi, millat iftixori uchun kurashishi va buyuk temuriylar saltanatiga asos solishi, Mirzo Ulug’bekning fan va madaniyat ravnaqiga, Xusayn Boyqaroning adabiyot va san’at, madaniyat, ilm va hunar ahliga rahnamoligi, Zahiriddin Muhammad Bobur, Xumoyun, Akbarshoh, SHoh Jahonlarning turli din va mazhabdagi xalqlarni birlashtirib, eng insonparvar hind davlatini barpo etish yo’lidagi tajribalari va yutuqlari jahon siyosatdonlari tomonidan yuqori baholangan.
Buyuk ajdodlarimiz hukronlik qilgan bu ko’hna zaminda qadim-qadimdan bo’yon hur, erkin fikr qadrlanganini o’zbek fani va madaniyati, adabiyoti va san’atining naqadar ravnaq topganligida ko’rish mumkin.
Fikr erkin bo’lmaganida Muhammad al-Xorazmiy, Ahmad al-Farg’oniy, Abu Ali Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Alisher Navoiy, Nizomiddin SHomiy, SHarafiddin Ali YAzdiy, Turkistonning buyuk muhaddis va mutasavvuflari Xoja Ahmad YAssaviy, Xoja Buhouddin Naqshband, Xoja Ubaydullo Ahror kabi yuzlab daholar dunyoga kelmagan bo’lur edi.
Prezident I.Karimovning siyosati ana shunday qadimiy tajribaga tayanadi. U milliy davlatchili an’analariga asoslanib fikr yuritadi. Milliy davlatchilik masalalari I.Karimovning “O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li”, “O’zbekiston: bozor munosabatlariga o’tishning o’ziga xom yo’li”, “O’zbekiston iqtisodiy istilohotlarni chuqurlashtirish yo’lida”, “O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida...”, “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q”, “O’zbekiston XXI asrga intilmoqda”, “Bizning bosh maqsadimiz-jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir” kabi o’nlab asarlarida chuqur ilmiy tahlil qilib berildi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov millatimiz va milliy davlatchiligimiz ildizlarini mamlakatimizning har bir fuqarosi, yoshlari bilishlari. Bu to’g’rida haqqoniy, holis ilmiy ma’lumotga ega bo’lishlari zarurligi haqida gapirib, “O’zbek davlatchiligi qaysi asrda paydo bo’ldi? Qanday tarixiy bosqichlarni bosib o’tdi. Davlatchilik tariximiz tub burilish pallasiga kirgan bir paytda o’zimizning zamon va makondagi o’rnimizni aniq belgilab olishimiz, nasl-nasabimiz, kimligimizni bilishimiz kerakmi-yo’qmi?1-deb, masalani istiqlolchasiga dolzarblashtirib qo’ygan edi. Bu g’oya milliy davlatchiligimiz to’g’risidagi har qanday g’arazli qarashlar va mafkuralarga chek ko’ydi. U kishi milliy davlatchilik masalasi siyosiy ahamiyatga molik ekanligini ham ilmiy tahlil qilib, milliy “Davlatchilik bugungi kunda o’ta siyosiy masala bo’lib turibdi. Nega deganda, O’zbekistonda davlatchilik bo’lmagan deb, orqavorotdan tashviqot yuritayotgan, shu fikrni ongimizga singdirmoqchi bo’layotgan, kerak bo’lsa, xalqaro jamoatchilikni shunga ishontirishga urinayotgan kuchlar hali bor”,2-degan hayotiy haqiqatni ham jamoatchilikka, katta qamrovli olim, siyosatchi sifatida, oshkor qildi.
Milliy davlatchilikning siyosiy qirralari to’g’risidagi fikrlarini yanada rivojlantirib, “Xorazm davlati tarixini biz 2700 yillik tarix deb bilamiz. Lekin Rossiyaning xoh o’tmishdagi, xoh bugungi ko’zga ko’ringan biron bir tarixchisidan so’rab ko’ringchi, shuni tan olarmikan? Tan olmaydi, bilmaydi, bilishni xohlamaydi ham. O’jarlikning sababi esa bitta. Basharti tan olgudek bo’lishsa, tarixiy xulosalari chippakka chiqadi, ilmda soxta yo’l bilan borganlari fosh bo’ladi3-degan ilmiy aksiomani aytdilar. CHunki mustabid sovet hukmronligi yillarida O’zbekiston tarixi soxtalashtirilganligi, kamsitilganligi endi hammaga ma’lum. CHunki u mafkura bizni tariximizdan, ko’p ming yillik davlatchilik qadriyatlarimizdan judo qilishga, bizdan qandaydir yangi, yevropa tipidagi millat tayyorlashga qaratilgan edi. Zero sovet davlati milliylikdan tamoman yiroq, yevropalashgan, totalitar, unitar imperiya edi. Mustakamlakachi o’ziga qaram bo’lgan xalq haqida hech qachon xolis, adolatli fikr aytmaydi, millatning iqtisodiy, siyosiy, madaniy yuksalishini xohlamaydi.
Hozirgi vaqtda dunyoda 3000dan ortiq millat, xalq, urug’lar mavjud. O’zbek millati ana shu shajaraning ilg’or, faol birinchi ellikligida turadi. Demoqchimizki, jahon sivilizatsiyasiga faqat moddiy, madaniy jihatdan taraqqiy etgan xalqlargina salmoqli hissa qo’shishga qodir bo’ladilar. Bu xususda jahon ilmiy jamoatchiligi alaqachon tan olgan ma’lumotlar yetarli. Har bir zamonda, har bir makonda ijtimoiy, moddiy, madaniy taraqqiyot faqat davlat rejasi nazorati, homiyligi ostida amalga oshgan. Zero, Movarounnahr moziyda dunyoning erta va tez taraqqiy etgan mintaqalaridan bo’lgan ekan, bu yerda milliy davlatchilik tizimi, siyosati ham mustahkam bo’lgan.
O’zbekiston Prezidenti I.A.Karimov milliy davlatchiligimizning ildizlari, manbalari haqida gapirib, “Eng mo’’tabar, qadimgi qo’lyozmamiz “Avesto”ning yaratilganiga 3000 yil bo’layapti. Bu nodir kitob bundan XXX asr muqaddam ikki daryo oralig’ida, mana shu zaminda umrguzaronlik qilgan ajdodlarimizning biz avlodlarga qoldirgan ma’naviy, tarixiy merosidir. “Avesto” ayni zamonda bu qadim o’lkada buyuk davlat, buyuk ma’naviyat, buyuk madaniyat bo’lganidan guvohlik beruvchi tarixiy hujjatdirki, uni hech kim inkor eta olmaydi”,4-deb faxr bilan ta’kidladi va masalaga nuqta qo’ydi.
Jamiyatda shunday voqealar bo’ladiki, u mavjud tizimning siyosiy asoslarini ham, kishilarning ijtimoiy taqdirlarini ham o’zgartirib yuboradi. O’zbekiston mustaqilligi ana shunday voqealar sirasiga kiradi. U millatning XX asr so’ngida erishgan ulug’ tarixiy g’alabasi. O’zbekiston mustaqilligi-milliy davlatchiligimizda ham tamoman yangi davrni boshlab berdi. Prezident I.A.Karimov mustaqil O’zbekiston davlatining maqsadi, mohiyatiga to’xtalib “O’zbekiston kelajagi buyuk davlat. Bu-mustaqil, demokratik, huquqiy davlatdir. Bu-insonparvarlik qoidalariga asoslangan, millati, dini, ijtimoiy ahvoli, siyosiy e’tiqodlaridan qat’iy nazar. Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini ta’minlab beradigan davlatdir5-deb ta’kidlashi milliy davlatchiligimizning tarixiyligini, vorisiyligini, istiqbolini anglatib turibdi.
O’zbekiston tarixining juda katta davri yozma manbalarsiz, arxeologiya va antropologiyaga oid manbalarga tayangan holda o’rganiladi. Insoniyaning eng qadimgi davri tosh davri deb atalgan davr eng qadimgi davrlardan mil. avv. III ming yilliklargacha davom etgan.
O’zbekston hududida eng qadimgi odamlar tosh davrning ilk davrlaridayek joylasha boshlangan. Ilk paleolit davriga oid makonlar Farg’ona vodiysiga Selungur va Toshkent viloyatida joylashgan Ko’lbuloq makonlaridan topib o’rganilgan. Ularning makonlari asosan buloq va dare buylarida joylashgan, asosan ovchilik va termachilik bilan shug’ullanganlar.
O’zbekiston hududida qadimgi odamlarning dastlabki vakillaridan biri neandertal odamlari hisoblangan. Bu odam qodiqlari. Boysun tog’idagi Teshiktosh g’oridan topilgan bo’lib, miloddan avvalgi 100-40 ming yilliklarda Osiyo va yevropada keng tarqalgan edi. Bu davrda odamlar qo’lidagi qurollar turlari ko’paydi va nayzasimon, qirg’ichsimon, pichoqsimon va boshqa qurollar paydo bo’ldi. Bu davrda iqlim ancha sovuq bo’lib, odamlar g’orlarda yashaganlar va olovdan foydalanganlar.
Neolit-yangi tosh davrida (mill. avv. 6-4 ming y.y) Janubiy Turkmanstan hududlarida dexqonchilikka o’tish davri boshlandi. Xo’jalikning ishlab chiqarish shakliga o’tilishi insoniyat tarixida, kishilik jamiyatida inqilob yuz berishiga olib keldi.
Ming yillar davomida O’zbekiston hududlarida yashab o’tgan qabilalar va elatlarning tarixi va madaniyati izsiz yo’qolib ketmagan. Ushbu elatlarning ayrimlari ajdodolarimizning yirik guruxlarini tashkil etib, eng qadimgi yezma manbalarda tilga olingan. Arxeologik ma’lumotlar O’zbekiston hududlarida dexqonchilik miloddan avvalgi VI ming yillikda keng tarqalganligini tasdiqlaydi.
Bronza davriga oid makonlar O’zbekistonning Surxondaryo, Buxoro, Xorazm hududlaridan topib, o’rganilgan. Sopollitepa, Jarqo’ton manzilgoxlarida mudofaa devorlari bilan o’rab olingan ko’p xonali turur-joylar, xunarmandchilik ustaxonalari, qurollar topib o’rganilgan. Dexqonchilik va chorvachilik madaniyati yedgorliklari orasida Xorazmdagi Tozabog’yob madaniyati ancha mashqur. Bundagi turar joylar va mexnat qurollari ko’plab topilgan.
Buxoro voxasidan topilgan Zamonbobo ko’li yaqinidagi manzilgox dexqonchilik va chorvachilik bilan shug’ullangan odamlar makoni xisoblanadi. Bu davrda Zamonbobo odamlari qoramol, ot, tuya, qo’y, echkilarni qo’lga o’rgatganlar.
O’zbekiston hududlaridan topib o’rganilgan, turli davrlarga oid Xorazm, Kaltaminor, Mo’minobod, Gujayli, CHust, Burgulik kabi dexkonchilar va chorvachilik madaniyatlari usha davr taraqqiyetidagi muxim xususiyatlarini o’zida mujassam etgan. SHu davrdagi o’zbekston tub axolisi xayetidagi katta ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy o’zgarishlar sodir bo’lgan.


1 Karimov I.A. Biz kelajagimizni o’z qo’limiz bilan quramiz. 7-jild, T.: “O’zbekiston”, 1999, 133-bet

2 Karimov I.A. Biz kelajagimizni o’z qo’limiz bilan quramiz. 7-jild, T.: “O’zbekiston”, 1999, 139-bet

3 Karimov I.A. Biz kelajagimizni o’z qo’limiz bilan quramiz. 7-jild, T.: “O’zbekiston”, 1999, 137-bet

4 Karimov I.A. Biz kelajagimizni o’z qo’limiz bilan quramiz. 7-jild, T.: “O’zbekiston”, 1999, 137-138-betlar

5 Karimov I.A. O’zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. 1-jild,-T.: “O’zbekiston”, 1996, 44-bet



Download 126 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling