Mavzu: tarixiy antropologiyaning vujudga kelishi va rivojlanish bosqichlari
Download 162.97 Kb. Pdf ko'rish
|
2-mavzu yuzasidan maruza matni
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so`z va iboralar
2-MAVZU: TARIXIY ANTROPOLOGIYANING VUJUDGA KELISHI VA RIVOJLANISH BOSQICHLARI. Reja: 1. Tarixni o„rganishda tarixiy-antropologik yondashuvning vujudga kelishi. 2. Tarixiy antropologiyada tarixiylik prinsiplari va O„zbekistonda tarixni tizimli o„rganishning yo„lga qo„yilganligi. 3. Tarixni o„rganishda anaxronizm va modernizatsiya.
Ladyuri, “Umumiy tarix”, anaxronizm, modernizatsiya. Asosiy qism: Tarixni o‘rganishda tarixiy-antropologik yondashuvning vujudga kelishi. Mavzuda tadqiqot predmeti va tarixiy antropologik yondashuv, tarixiy antropologik yondashuvning o„ziga xos jihatlari, siyosiy va ijtimoiy – iqtisodiy tarixni inson tarixi “antropologizatsiya” ga aylanishi zamonaviy jahon tarix fani yetakchi yo„nalishining vujudga kelishi jarayoni bilan tanishib chiqishimiz kerak bo„ladi. Ayniqsa tarixni o„rganishda tizimli, tarixiy antropologik yondashuvning ahamiyati o„tgan asrning 70–80-yillarida Yevropada, ayniqsa Germaniya, Fransiya va Angliyada o„zining yuqori cho„qqisiga chiqdi. Shuning uchun bu davr tarixiy antropologiyasini rivojida “klassik davr” deb aytish mutaxassislar orasida keng rasm bo„lgan. Bu davr mualliflari orasida to„rtta muallifni ishlarini alohida ta‟kidlagan bo„lar edik. Ayniqsa K.Ginzburg, N.Z.Devis, E.Lerua Ladyuri kabi mualliflarning asarlari aynan o„tgan asrning 70– 80-yillariga to„g„ri keladi. Bu mualliflarni kitoblari aynan hozirgi zamon antropologiya fani, ayniqsa bu tarixning yana bir bo„lagi hisoblangan “mikrotarix”ni vujudga kelishiga olib kelgan va aynan shu mualliflarning ishlari tarixni o„rganishni eng yangi yondashuv sifatida qabul qilingan. Yuqorida nomlari tilga olingan mualliflar o„zlarining ishlarida avvaldan tayyorlab qo„yilgan tayyor programmalardan foydalanishmagan, balki ular yozgan turli ishlardan keyingi mualliflar tarixiy antropologiyaning nazariy-metodologik asoslarini yaratishda foydalanganlar. Bundan tashqari yuqorida nomlari ko„rsatilgan olimlar to„rtta (fransuz, italyan, amerika va britaniya) maktablarini vakillari bo„lganliklari uchun ham bu maktabning vakillari 70–80- yillarda yaratgan tarixiy antropologiya xalqaro maktabga aylanganligini ko„rsatadi. Bu mualliflar orasida Emmanyuel Lerua Ladyurining 1294-yildan 1324-yillarga tegishli bo„lgan “oksitan qishlog„i” nomli kitobi ayniqsa mashhur bo„ldi. Bu kitob o„z davrining tarixchilari orasida “etnografik maktabning oliy namunasi” degan bahoga sazovor bo„lgan. Muallif o„zining bu kitobida Akvitaniyadagi qishloqlardan birining bitta avlod yashagan davrdagi, ya‟ni XIII asrning oxiri XIV asrning boshlariga oid hayot dunyosini “tiriltirishni” maqsad qilib oladi. Bunday faqat bitta qishloqning juda qisqa muddatiga doir tarixini tiklash uchun Pame shahrining episkopi Jak Furnening 1318–1325-yillarda 475 ta qishloq odamlarini inkivizitsiya sudi so`roqlarini protokollari saqlanganligi tufayli tarixchiga dehqonlar hayotining hamma qirralari va ikir- chikirlarigacha ko„rishga muvaffaq bo„lgan. Shuning uchun ham muallif o„zining kitobini “Inkivizitsiyadan etnografiyaga” deb nomladi. Muallif bu ishda dastlab Pireney yarim orolidagi holat, tabiiy iqlimiy sharoitning dehqonchilik va chorvachilikka moslashganligi, uning ijtimoiy strukturalari, hokimiyatni taqsimlanishini tasvirlagan. Kitobda yozilishicha, feodal yer egasi, shuningdek episkopning qishloq hayotiga ta‟siri deyarli sezilmagan. Qishloq hayotida sinfiy bir- biriga qarama-qarshi turish umuman aniqlanmagan. Shu bilan birga, muallif oilaviy guruhlar, uylar o„rtasida kim o„zarga musobaqa, qarama-qarshi turish juda keskin bo„lganligi to„g„risida fikr bildiradi 1 . Yuqoridagilardan ko„rinib turibdiki, o„rta asrlar tarixini o„rganishda ham aynan tarixni o„rganishni uslublarini ozgina o„zgartirilganligi sababli ham olingan xulosalarning salmog„i va mazmuni mutlaqo boshqa tomonga burilgan. Muallif o„z ishida dastlab hamma tarixchilar qo„llaganday Pireney yarim orolining tabiiy-geografik jihatdan dehqonchilik va chorvachilikka juda mos kelganligi, bu qishloqning ijtimoiy strukturalari o„rta asrlardagi Yevropa davlatlaridan
1 Jean-Claude Schmitt. "Anthropologie historique". Cem.revues.org. Retrieved 2015-08-17. unchalik farq qilmaganligini yozgan bo„lsa ham, ammo tadqiqot usullarida mikrotarixni o„rganish turganligi sababli jamiyatda bir-biriga qarama-qarshi turgan kuchlar ijtimoiy sinflar emas, balki oilaviy guruhlar, alohida uylarni boshqa uylarga qarama-qarshi turish hollari ustivorlik qilgan degan xulosalarga kelishga muvaffaq bo„lgan. Xuddi shunday holatda bizning hududlarimizda mutlaqo teskari xulosa chiqarishimizga to„g„ri kelgan bo„lar edi. Ya‟ni biz, “... XIII asrda Pireney yarim orolining aholisi ikki, bir-biriga qarshi bo„lgan sinflar – feodal hukmronlari bilan dehqon jamoalari o„rtasida doimiy ravishda bir- biriga qarama-qarshi turish hollari yuqori darajada bo„lgan” degan xulosani bergan bo„lar edik. O„tgan asrning 60-yillari va 80-yillarning boshlarida Germaniyalik tarixchilar tarixiy antropologiya to„g„risida gapira boshladilar. Unda asosan ijtimoiy tarixni o„rganishni yangi uslublar bilan o„rganishni o„z oldilariga vazifa qilib qo„ydilar. Bunda ular asosiy e‟tiborni fransuzlarning tarixiy antropologik yondashuviga asoslangan “Annallar maktabi” g„oyalari bo„yicha ishlarini juda diqqat bilan o„rgandilar va natijada anchayin muvaffaqiyatlarga erishdilar. Ayniqsa 1967-yilda Tomas Nipperdey Germaniyaning Frayburg shahri tarixchilarining kongressida so„zga chiqib, ijtimoiy tarixni tarixiy antropologiya faniga aylantirish taklifini ilgari surdi. Tomas Nipperdey o„zining yangi g„oyalarini, ya‟ni predmetini shaxs va vaqt; shaxslar va jamiyatlarni tarixiy dinamikada o„rganish kerakligini, aniq vaqtda, aniq zamonda o„sishini jamlab o„rganadigan antropologik strukturalardan iborat ekanligini aytdi. U tomonidan taklif qilingan programma oila, bola tarbiyasi, ma‟naviy hayot va boshqa tomonlarni har tomonlama qamrab oladigan fan bo„lishi kerak edi degan xulosaga keldi. Tarixiy antropologiyaning vazifalarini Tomas Niperdey kabi tushunish kerakligini nemis tarixchi olimi V.Lepenies ham tushundi va uning nuqtai nazari bo„yicha “o„zini tutishni elementar shakllari” degan tushuncha uning tarixiy antropologik yondashuvining asosiy mavzusi bo„ldi. Shunday qilib, Germaniyada tarixiy antropologiyaga nisbatan yuqoridagiday yondashuv tarafdorlari “Umumiy tarix” jurnali Saeculum atrofida to„planishdi. Dastlab tarixiy antropologiya bo„yicha turli maqolalar chiqarishdi, tarixiy antropologiyaning yangi yo„nalishlarini muhokama qilishdi. 1975-yildan boshlab Frayburgda Yu.Martin boshchiligidagi Tarixiy antropologiya instituti ochildi. Bu institutning asosiy maqsadi fransuzlarning “Annallar maktabi” tajribalaridan foydalanib “inson tarixini butunicha” o„rganishni maqsad qilib qo„ydi. Ammo nemislarning tarixiy antropologiyani o„rganish bo„yicha o„zlarining oldilariga qo„ygan maqsadlari oxiriga etmadi, ya‟ni bu institut ham yangi g„oya va yangi yo„nalishlarni oxiriga etkaza olmadi. Ular e‟lon qilgan maqolalarda, kitoblarda asosan tarixiy antropologiyani nazariy-uslubiy jihatlari muhokama qilindi, nemis filosofiyasi bilan bog„liq holdagi tarixiy tafakkur hukmronlik qildi. Ular shu doiradan tashqariga chiqa olmadilar. Natijada tarixiy antropologik tadqiqot ishlarining o„zi umuman nazardan chetda qoldi. Faqat 80-yillarga kelibgina tarixiy nazariyotchilarning yo„nalishida asosan mikrotarixga yo„naltirilgan antropologik tarixning “nemischa” original yo„nalishi vujudga keldi va bu Germaniyada “kundalik tarix” degan nomni oldi. Aynan yuqoridagi olib borilgan ishlar tufayli hozirgi zamon tarixiy antropologiya fani va uning bir yo„nalishi bo„lgan mikrotarixni o„rganishni usullari vujudga keldi. Lerua Ladyuri “Montayyu arxeologiyasi: ishoradan afsonagacha” degan kitobida dehqon jamoalarining o„zlarini tutishlari, urfu-odatlari va jahonni tushunishlarigacha, hatto sevgi va nikoh, intim masalalari, ish va dam olish, sog„likni saqlash masalalari, cherkov bilan muloqot va kechki “o„tirish”largacha bo„lgan masalalarning barchasi muallif tomonidan barcha ikir- chikirlarigacha yoritilgan. Lerua Ladyuri bitta qishloqni tarixi asosida turli yoshdagi odamlarning hayot to„g„risidagi tushunchalarini, ularning diniy dunyoqarashlari, folklor, vaqt va masofa, tabiat va taqdir, uyat to„g„risidagi tushuncha, o„zini jamiyatda tutish va uni buzish kabi kundalik hayotdan boshlangan tarix ikir-chikiridan global tarixga qadar bo„lgan jarayon bir qishloqdagi mikrotarix asosida tiklanadi. Shu narsani alohida ta‟kidlash kerakki, tarixiy antropologiyaning imkoniyatlari cheksiz deydiganlar biroz adashadilar. Shunga qaramay, lekin yuqoridagi tarixiy antropologiya fanini
boshlab bergan olimlarning ishlarini ko„rsatishicha, tarixga hozirgi zamon tarixiy antropologiya fanini turli usul va uslublarini qo„llagan holda qaralsa, mikrotarix orqali global tarix o„rganilsa, o„shanda tarix fanini antropologizatsiyalash jarayoni g„arb mamlakatlaridagiday keng miqyosda amalga oshirila boshlanganligidan dalolat bera boshlaganligini ko„rishimiz mumkin. Download 162.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling