Mavzu: tarixiy antropologiyaning vujudga kelishi va rivojlanish bosqichlari


Tarixiy  antropologiyada  tarixiylik  prinsiplari  va  O‘zbekistonda  tarixni  tizimli


Download 162.97 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana11.11.2021
Hajmi162.97 Kb.
#173651
1   2   3
Bog'liq
2-mavzu yuzasidan maruza matni

Tarixiy  antropologiyada  tarixiylik  prinsiplari  va  O‘zbekistonda  tarixni  tizimli 

o‘rganishning  yo‘lga  qo‘yilganligi.  Umuman  tarix  fanining  asosiy  o„zagi  va  umuman  “qon 

tomiri”  tarixiylik  prinsipidir.  Shuning  uchun  ham  Respublikamizning  birinchi  Prezidenti  Islom 

Karimov  o„zining  O„z.FA  Tarix  institutining  ilmiy  xodimlari  bilan  bo„lgan  uchrashuvidagi 

nutqida  tarixchilarimizdan  xalqimiz  tarixini  haqqoniy,  tarixiylik  prinsiplari  asosida  o„rganishni 

tavsiya qilgan edi. 

O„zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin o„z xalqi tarixini, ilgari tahqirlangan tarixni 

yana  qayta  ko„rib  chiqishni  yo„lga  qo„yish,  uni  yangilangan  “turli  bo„yoqlarga  bo„yalmagan” 

holda haqqoniy o„rganishni va uni qaytarib berishni tarixchilar oldiga vazifa qilib qo„ygan  edi. 

Aytish mumkinki, bu vazifa tarixchilar tomonidan muvaffaqiyatli bajarilmoqda. 

Tarixiy antropologiya fani aslida insoniyatni paydo bo„lishi va uni jismoniy, ijtimoiy ham 

madaniy rivojlanishini o„rganadigan fan hisoblanadi. Bizning hududimizda bu davrni oliy o„quv 

yurti  talabalariga  o„rgatadigan  fan  “ibtidoiy  jamiyat  tarixi”  deb  atalar  edi.  Hozirgi  paytda 

O„zbekiston  oliy  ta‟limini  jahon  standartlariga  yaqinlashtirilayotganligi  sababli  Yevropa  va 

AQSh da keng tarqalgan tarixiy antropologiya fani ham bizning oliy ta‟lim tizimiga kiritildi. 

Bu  fanni  ham  bizda  keng  qo„llanilgan  arxeologiya,  etnografiya  va  antropologiya  fanlari 

singari  va  o„sha  fanlar  yordamida  keng  miqyosda  o„rganish  yo„lga  qo„yildi.  Ibtidoiy  davrning 

eng qadimgi davrlarini, ya‟ni quyi, o„rta va so„nggi paleolit davrlarini o„rganish uchun, insoniyat 

tarixining  primatlar  davri,  odamsimon  maymunlar  va  homo  erektuslar  davrlarini  o„rganish 

birinchi navbatda arxeologiya fani yordamida amalga oshiriladi. Albatta, bu davrlarni o„rganish 

uchun  bir  qator  fanlarga,  jumladan,  paleogeologiya,  paleobotanika,  paleozoologiya, 

antropologiya kabi fanlarning yordamiga suyaniladi. 

Tosh  davrining  ikkinchi  yarmi  bo„lmish  mezolit  va  neolit  davrlaridan  boshlab 

insoniyatning  jismoniy  rivojlanishi  asosan  arxeologiya  va  antropologiya  fanlari  yordamida 

o„rganilsa,  bu  davrning  ijtimoiy  va  madaniy  tarixini  o„rganish  uchun  etnografiya 

ma‟lumotlaridan  keng  foydalaniladi.  Bu  jamiyatlarni  qaysi  davrda  qanday  bo„lganligini 

to„g„risida  faqat  etnologiya  fanining  yakuniy  xulosalariga  tayaniladi.  Chunki,  etnologiya  fani 

bilan  tarixiy  antropologiya  fanining  o„rtasida  deyarli  chegara  yo„q.  Hatto  Yevropaning  ayrim 

davlatlarida hozirgacha tarixiy antropologiyani o„rniga etnologiya deb aytiladi. 

Albatta  ibtidoiy  davr  tarixini  so„nggi  davri,  ilk  dehqon  jamoalari,  ilk  chorvadorlar  davri, 

eng qadimgi shaharlar, eng dastlabki davlatlar tashkil topgan davrlarni o„rganish bo„yicha ham 

asosan  arxeologiya  fani  muhim  o„rin  tutadi.  O„zbekistonda  bu  davr  uchun  Surxondaryo 

viloyatida  ochilgan  Sopolli  manzilgohi  va  eng  qadimgi  shahar-davlat  xarobasi  Jarqo„ton 

yodgorligi  juda  ham  qo„l  kelgan.  Bu  davrdagi  aholining  jismoniy  tiplarini  albatta  Jarqo„ton 

yodgorligi  qabristonidan  olingan  minglab  antropologik  ma‟lumotlar  asosida  o„rganilgan  va  bu 

ish muvaffaqiyatli davom ettirilmoqda. 

Shunday  qilib,  O„zbekiston  hududidan  hamda  jahonning  turli  qismlaridan  topilgan 

paleoantropologik  materiallar  ko„proq  ibtidoiy  davr  tarixining  paleoantropologiyasini  va 

paleodemografiyasini o„rganishda keng qo„llaniladi va bir qator boshqa fanlar ko„makchi fanlar 

sifatida ishlatiladi. 


Download 162.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling