Mavzu: tarixiy antropologiyaning vujudga kelishi va rivojlanish bosqichlari


Tarixni  o‘rganishda  anaxronizm  va  modernizatsiya


Download 162.97 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana11.11.2021
Hajmi162.97 Kb.
#173651
1   2   3
Bog'liq
2-mavzu yuzasidan maruza matni

Tarixni  o‘rganishda  anaxronizm  va  modernizatsiya.  Tarixni  o„rganishda  tarixiy 

antropologik  yondashuv  hozirgi  zamon  tarixchilarining  eng  dolzarb  masalasiga  aylangan. 

Haqiqatdan  ham  tariximizni  o„rganishga  eng  qadimgi  davrlardan  boshlab  antropologik 

yondashuv, ya‟ni har bir mavzuga chuqur, har bir tarixdagi kichik bir ma‟lumotga ham kengroq 

va  chuqurroq  yondashish,  dastlab  voqea  va  hodisalarni  kichik  bir  hududda,  keyinroq  uning 

doirasini  kengaytirilsa  o„sha  hudud  doirasidagi  tarixiy  haqiqat  kengroq,  aniqroq  va  chuqurroq 

o„rganilgan  bo„ladi.  Aynan  shunday  o„rganish  tarixiy  antropologiyaning  o„ziga  xos  jihatlariga 

kiradi.  Shu  bilan  birga  hozirgi  butun  jahonda  davom  etayotgan  ijtimoiy-iqtisodiy  tarixni  ham 




aniq  inson  tarixiga  aylanish,  ya‟ni  “antropologizatsiyalash”ga  o„tish  jarayoni  ketayotganligini 

unutmasligimiz  kerak.  Haqiqatdan  ham  har  qanday  voqea  va  hodisani,  ayniqsa  arxeologiyada 

biron-bir  buyumni  shu  bizni  hududimizga  kelib  xalqning  madaniyatiga  aylanib  ketish  tarixini 

ko„radigan  bo„lsak,  uni  o„rganishdagi  usul  an‟anaviy  usulni  emas,  balki  boshqa  yangi  usul 

qo„llansa, albatta yangi natija olinadi. 

Misol  tariqasida  miloddan  ilgarigi  ming  yillikning  o„rtalariga  oid  chorvador  qabilalarga 

xos  bo„lgan  qabrlarga  qo„yilgan  buyumlarga  qarab  turib  o„sha  qabrda  yotgan  odamni  buyumi 

ko„p bo„lsa boy odamlardan bo„lgan ekan, yoki aksincha, qabrda hech qanday buyum qo„yilgan 

bo„lmasa  uni  kambag„al  odam  bo„lgan  ekan,  degan  xulosa  chiqarib  kelganmiz.  Agarda,  shu 

mozorni  tashkil  bo„lishidagi  urf-odatlardan  kelib  chiqib  qaraydigan  bo„lsak,  o„sha  “boy  odam” 

deb  aytganimiz  mutlaqo  kambag„al,  lekin  o„sha  hududda  yaxshi  inson  sifatida,  aqlli  inson 

sifatida  obro„  ortirgan  va  natijada  qabrga  qo„yilgan  buyumlarning  ko„pi  uning  do„stlari,  yaqin 

birodarlari  tomonidan  qo„yilgan  buyumlar  degan  tushuncha  kelib  chiqishi  mumkin.  Xuddi 

shunday har tomonlama o„rganish ham tarixni antropologizatsiyalash jarayoniga kiradi va aynan 

antropogolizatsiyalash  jarayoni  dunyoning  barcha  ilg„or  mamlakatlari  qatori  hozirda  MDH 

davlatlarida va shuningdek O„zbekistonda ham davom etib kelmoqda.  

Sobiq totalitar tuzum mamlakatlarining ichida birinchilardan bo„lib mamlakatimizda tarix 

faniga  alohida  e‟tibor  berilib,  Vazirlar  Mahkamasining  “O„zbekiston  Fanlar  akademiyasining 

Tarix institutini faoliyatini takomillashtirish” bo„yicha qarori chiqib, xalqimizning boy o„tmishi 

va  yuksak  madaniyatini,  ko„hna  shaharlarimiz  tarixini  o„rganishni  alohida  vazifa  qilib  qo„ydi. 

Tarixchilardan  tarixiy  tadqiqotlarda  tarixiylik  prinsiplariga  amal  qilishlari  kerakligini,  tarixda 

anaxronizm

2

  -  orqaga  qaytish  bo„lmasligi  kerakligini  aytib  o„tdilar.  Ammo  tarixiy 



antropologiyaning  talabi,  imkon  qadar  yangi  g„oyalar,  yangi  tadqiqot  uslublari  ayniqsa  tarixda 

modernizatsiya

3

ga keng yo„l ochiqligini doimo targ„ib qilib keladilar.  



 

                                      

2

  Anaxronizm  so„zi  yunon  tilidan  olingan  bo„lib,  ana  –  orqaga,  qarshi  va  chronos  –  vaqt.  Ikkita  ma‟noda 



qo„llaniladi.  1)  Voqea  va  hodisalarni  aks  ettirishda  xatoliklarga  yo„l  qo„yish.  2)  Ataylab  biron-bir  badiiy  san‟at 

asariga o„sha davrga xos bo„lmagan chiziq, tasvir tushirishni ham anaxronizm deb aytiladi. 



3

 Modernizmdagi “modern” so„zi fransuz tilidan olingan bo„lib, eng yangi, zamonaviy ma‟nolarini bildiradi. 



Download 162.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling