2-Mavzu: O`zbekiston respublikasi ta`lim tizimida modernizatsiya jarayonlari. Pedagogik jarayonda tarbiyaning mazmuni. Reja


Download 46.8 Kb.
bet1/12
Sana14.09.2023
Hajmi46.8 Kb.
#1677841
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
2-Ma`ruza




2-Mavzu: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI TA`LIM TIZIMIDA MODERNIZATSIYA JARAYONLARI. PEDAGOGIK JARAYONDA TARBIYANING MAZMUNI.

Reja:

1. O`zbekiston Respublakasida ta`lim tizimida islohotlar. O`zbekiston Respublikasining ta`lim sohasidagi davlat siyosati mazmuni va uni aks ettiruvchi hujjatlar.


2. O`zbekiston Respublikasining “Ta`lim to`g`risida”gi Qonuni
3. O`zbekiston Respublakasida uzluksiz ta`lim tizimi. Ta`lim turlari.
4. Pedagogik jarayonda tarbiyaning mohiyati. Tarbiyaning maqsadi va vazifalari.
5. Tarbiya jarayoni va uning o‘ziga xosligi. Tarbiya jarayonining asosiy tushunchalari
6. Tarbiya jarayoni qonuniyatlari va tamoyillari. Tarbiya prinsplari.


Mustaqil ta’lim: O‘qitishda interfaol metodlar. O`zbekiston Respublikasining “Ta`lim to`g`risida”gi Qonuni. O`zbekiston Respublakasida uzluksiz ta`lim tizimi.



  1. O`zbekiston Respublakasida ta`lim tizimida islohotlar. O`zbekiston Respublikasining ta`lim sohasidagi davlat siyosati mazmuni va uni aks ettiruvchi hujjatlar.

O'zbekiston Respublikasi siyosiy mustaqillikni qo'lga kiritgach, ijtimoiy hayotimizning barcha sohalarida tub islohotlar amalga oshirila boshlandi. Totalitar boshqaruv usuli asosida, ish yuritilayotgan xalq ta'limi tizimida ham so'nggi o'n yilliklar davomida yuzaga kelgan muammolarni hal etish vazifasi Respublika hukumati hamda mutasaddi tashkilotlarni ta'lim tizimida ham jiddiy o'zgarishlarni amalga oshirishga undadi.
Bu boradagi say – harakatlarning samarasi sifatida 1992-yil iyul oyida mustaqil O'zbekistonning ilk «Ta'lim to'g'risida»gi Qonuni qabul qilindi. Mazkur Qonun mazmunida Respublika ta'limi tizimi, uning asosiy yo'nalishlari, maqsad, vazifalari, ta'lim bosqichlari va ularning mohiyati kabi masalalar o'z ifodasini topdi.
1997-yilga kelib, O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risida»gi Qonuni va uning mazmunida ilgari surilgan g'oyalarning amaliyotga tatbiqi tahlil etilganda, bu borada muayyan kamchiliklarga yo'l qo'yilganligi aniqlandi. O'tkazilgan tahlil natijalariga ko'ra, ta'lim tizimida olib borilayotgan islohot aksariyat o'rinlarda chuqur ilmiy asoslarga ega bo'lmaganligi ma'lum bo'ldi hamda kadrlar tayyorlash tizimini isloh qilish zarurligi belgilandi. Shu bois O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida yangi tahrirdagi O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risida»gi Qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» qabul qilindi.
So’ngi yillarda hurmatli Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tamonidan olib borilayotgan oqilona islohatlarda davlatimizning turmush hayotida yanada farovonlashmoqda, inson huquqlari va manfaatlari oliy qadriyat ekamnligi va bu boradagi ulkan ishlar olib borilmoqda. Davlatimiz shiddat bilan taraqqiyot sari odimlar ekan uning er osti va er usti boyliklari kamarbasta bo’ladi. Ammo shuni hech qachon unitmaslik kerakki har qanday mamlakatning kuchi uning, fuqarolarining ma'naviy yetukligi, intellektual salohiyatga egaligi bilan belgilanadi. Fuqarolarning ma'naviy yetukligi, intellektual salohiyati esa ta'lim tizimining mazmuni, shaxsning har tomonlama shakllanishi uchun xizmat qiluvchi moddiy va ma'naviy shart – sharoitlarning mavjudligi, jamiyatda qaror topgan ijtimoiy sog'lom muhit darajasi, ijtimoiy munosabatlar mazmuni, shuningdek, aholining etnopsixologik xususiyatlari, axloqiy qarashlari va hayotiy e'tiqodlari asosida shakllantiriladi. Eng asosiysi esa davlatning intelektual salohiyati bilan belgilanadi.
Shu munosabat bilan O'zbekistonning taraqqiyotini ta'minlay oladigan, uni jahonning ilg'or mamlakatlari darajasiga ko'tarilishiga hissa qo'shuvchi dadil, mustaqil fikrlovchi, bilimli, malakali mutaxassis, shuningdek, ijobiy sifatlarga ega bo'lgan kadrlarni tayyorlab voyaga yetkazish maqsadida 2020 yilning 23-sentyabr kuni O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi yangi qonuni qabul qilindi.
Yangi qonunning asosiy farqlari haqida qisqacha:
birinchidan, ta’lim olish shakllarining tasnifi kengaytirildi:
ishlab chiqarishdan ajralgan (kunduzgi) va ajralmagan holda (sirtqi, kechki, masofaviy);
nazariy - ta’lim tashkiloti negizida, amaliy - ta’lim oluvchining ish joyida birga olib boriladigan dual ta’lim;
oilada ta’lim olish va mustaqil ta’lim olish;
katta yoshdagilarni oʻqitish va ularga ta’lim berish;
jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari boʻlgan bolalar (shaхslar) uchun inklyuziv ta’lim;
eksternat tartibidagi ta’lim - oʻquv dasturlarini mustaqil ravishda oʻzlashtirishni oʻz ichiga olib, uning yakunlari boʻyicha ta’lim oluvchilardan davlat ta’lim muassasalarida yakuniy va davlat attestatsiyalaridan oʻtish;
mudofaa, хavfsizlik va huquqni muhofaza qilish faoliyati sohasida kadrlar tayyorlash.
ikkinchidan, Vazirlar Mahkamasi, Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (Ta’lim inspeksiyasi), Prezident, ijod va iхtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi, shuningdek soha vazirliklari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakolatlari tafsilotlari bilan aniqlashtirildi.
uchinchidan, ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilarining huquqiy maqomiga koʻproq etibor qaratilgan:
• ta’lim tashkilotlari – ularni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish, ustavga talablar;
• pedagogik хodimlar, ta’lim oluvchilar, ularning ota-onalari va boshqa qonuniy vakillari – huquqlar, majburiyatlar va kafolatlar boʻyicha. Ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarini ijtimoiy himoya qilish chora-tadbirlari belgilangan.
toʻrtinchidan, davlat ta’lim standartlari va talablari, oʻquv jarayoniga oʻquv rejalari va dasturlarini, ta’lim sohasiga eksperimental va innovatsion faoliyat ta’limni joriy etish bilan bogʻliq masalalar tartibga solingan. Oʻqishga qabul qilish, jumladan maqsadli qabul qilish meхanizmi bayon etilgan;
beshinchidan, davlat tomonidan tartibga solish va nazorat qilish dastaklari reglamentlangan:
a) birinchilarga quyidagilar kiradi:
• nodavlat ta’lim tashkilotlarining faoliyatini litsenziyalash – litsenziyalar Ta’lim inspeksiyasi tomonidan cheklanmagan muddatga, har bir ta’lim turi uchun alohida beriladi;
• ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish – Ta’lim inspeksiyasi tomonidan 5 yil muddatga amalga oshiriladi. Bunda nodavlat ta’lim tashkilotlari litsenziya olingan kundan e’tiboran 5 yil davomida akkreditatsiyadan oʻtgan deb hisoblanadi, bu muddat tugagach, ushbu attestatsiya va akkreditatsiyadan oʻtkaziladi. Davlat akkreditatsiyasidan oʻtgan tashkilotlar maхsus reyestrga kiritiladi, bu haqdagi ma’lumotlar Ta’lim inspeksiyasining saytiga joylashtiriladi;
• хorijiy davlatda 1992 yil 1 yanvardan keyin olingan ta’lim toʻgʻrisidagi hujjat tan olish, shuningdek ta’lim sohasidagi rasmiy hujjatlarga apostil qoʻyish. Tan olish va apostil qoʻyish ham Ta’lim inspeksiyasi vakolatiga kiradi;
b) Ta’lim inspeksiyasi quyidagilarga haqli:
• nodavlat ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya jarayonining sifatini nazorat qilish va monitoringini amalga oshirish – biznes-ombudsmanni хabardor qilgan holda;
• ta’lim tashkilotlari tomonidan berilayotgan ta’limning mazmuni va sifati ta’lim toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga nomuvofiqligini aniqlagan hollarda – ularni bartaraf etish yuzasidan ularga taqdimnomalar kiritish.
• Taqdimnoma bajarilmagan taqdirda - ta’lim tashkilotining davlat akkreditatsiyasi toʻgʻrisidagi sertifikatini bekor qilish.
Bugungi kunda taʼlim sohasini tubdan takomillashtirish davr talabiga aylangan. Ushbu talabdan kelib chiqqan holda, taʼlim sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi qonunlar qabul qilinmoqda. Jumladan, Oʼzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʼgʼrisida”gi qonuni 2020 yil 23 sentabr kuni qabul qilingan boʼlib, uning maqsadi taʼlim sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Mazkur Qonunga asosan taʼlim sohasidagi asosiy printsiplar, taʼlim tizimi, turlari va shakllari aniq belgilab qoʼyildi, unda belgilangan masofaviy taʼlim haqidagi qoidalar oʼquv rejalari va oʼquv dasturlariga muvofiq taʼlim oluvchilar tomonidan zarur bilim, malaka va koʼnikmalarni axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan hamda Internet jahon axborot tarmogʼidan foydalangan holda masofadan turib olishga qaratilgan.
Shuningdek, Qonunga koʼra, davlat oliy taʼlim, oʼrta maxsus, professional taʼlim muassasalari va ularning filiallari, shuningdek davlat ishtirokidagi oliy, oʼrta maxsus, professional taʼlim tashkilotlari va ularning filiallari Prezident yoki Hukumat qarorlari bilan tashkil etiladigan boʼldi. Nodavlat taʼlim muassasalarini tashkil etish ularning taʼsischilari tomonidan amalga oshirilishi belgilandi. Nodavlat taʼlim tashkilotlariga litsenziya Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi tomonidan beriladigan boʼldi.
Qonunda dual taʼlimga oid qoidalar belgilanib, u taʼlim oluvchilar tomonidan zarur bilim, malaka va koʼnikmalarni olishga qaratilgan boʼlib, ularning nazariy qismi taʼlim tashkiloti negizida, amaliy qismi esa taʼlim oluvchining ish joyida amalga oshiriladi. Bundan tashqari, qonunga inklyuziv taʼlim toʼgʼrisidagi qoidalar kiritilib, unga binoan, inklyuziv taʼlim alohida taʼlim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarning xilma-xilligini hisobga olgan holda barcha taʼlim oluvchilar uchun taʼlim tashkilotlarida taʼlim olishga boʼlgan teng imkoniyatlarni taʼminlashga qaratilgan. Jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari boʼlgan bolalar (shaxslar) uchun taʼlim tashkilotlarida inklyuziv taʼlimni tashkil etadi.
Mazkur qonun jahon standartlari talablaridan kelib chiqqan holda taʼlim sohasidagi munosabatlarni tartibga solishning qamrovi kengligi va oʼziga xos xususiyatga ega ekanligi bilan 1997 yil 29 avgust kuni qabul qilingan “Taʼlim toʼgʼrisida”gi qonundan tubdan farq qiladi.
Taʼlim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning maʼlum qismini, albatta, oliy taʼlim tizimidagi islohotlar tashkil etadi. Hususan, Oʼzbekiston Respublikasida oliy taʼlimni tizimli isloh qilishning ustuvor yoʼnalishlarini belgilash, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga koʼtarish, oliy taʼlimni modernizatsiya qilish, ilgʼor taʼlim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi PF–5847-son Farmoni bilan tasdiqlangan Oʼzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Kontseptsiyasi mazkur sohadagi yangi islohotlar uchun debocha vazifasini bajarib bermoqda.
Xulosa oʼrnida, taʼlim sohasidagi islohotlar ham bugungi kunda oʼzining dolzarbligi hamda amaliy ahamiyati bilan boshqa sohalardagi islohotlardan aslo qolishmaydi. Chunki ushbu sohadagi islohotlarni yanada keng koʼlamda davom ettirish davr talabidir.


  1. Download 46.8 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling