Tarbiyaning umumiy vazifalari:
jamiyat a'zolarining maqsadga yo‘naltirilgan rivojlanishi hamda ularning qator ehtiyojlarini qondirish uchun shart-sharoit yaratish;
jamiyat rivoji uchun zarur bo‘lgan ijtimoiy madaniyatga mos yetarlicha hajmdagi «inson kapitali»ni tayyorlash;
madaniyatlarni uzatib turish orqali ijtimoiy hayotning barqarorligini ta'minlash;
ma'lum jins yoshi va ijtimoiy-kasbiy guruhlarning qiziqishlarini hisobga olgan holda ijtimoiy munosabatlar doirasida jamiyat a'zolarining harakatini tartibga solish.
Tarbiya jarayoni o‘ziga xos xususiyatlarga ega:
maqsadga yo‘naltirilganligi;
ko‘p qirrali j arayon;
uzoq muddat davom etishi;
uzluksizligi;
yaxlitligi;
variativligi;
natijalarning oldindan aniqlanmasligi; biroq kafolatlanishi zarurligi;
ikki tomonlamalilik;
6. Tarbiya jarayoni qonuniyatlari va tamoyillari. Tarbiya prinsplari.
Tarbiya qonuniyatlari - bu bir tomondan, ijtimoiy hodisa sifatida tarbiyaning xususiyatlari, ikkinchi tomondan, shaxsning rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan barqaror aloqalar yig‘indisi
Tarbiya jarayonining quyidagi qonuniyatlari mavjud:
ijtimoiy muhitning obyektiv va subyektiv omillariga bog‘liqligi;
tarbiyaning shaxsning rivojlanishi bilan birligi va o‘zaro bog‘liqligi;
faoliyat va munosabatni e'tirof etish shaxsning ijtimoiy ahamiyatga ga fazilatlarini shakllantirishning negizi va asosiy manbai;
tarbiyalanuvchilarning o‘zaro tarbiyaviy ta'siri, o‘zaro munosabatlari hamda faol faoliyati o‘rtasidagi bog‘lanish;
tarbiya va o‘zini-o‘zi tarbiyalashning intensivligi;
tarbiyalanuvchining «ichki olami»ga ta'sir etishning intensivligi;
tarbiyalanuvchilarda verbal va sensomotor jarayonlarning rivojlanish darajasi va pedagogik ta'sirni hisobga olish.
Do'stlaringiz bilan baham: |