2-mavzu. O’zbekiston respublikasida jismoniy madaniyat tizimini rivojlanishining umumiy tavsifi. Reja


Download 49.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana16.06.2023
Hajmi49.08 Kb.
#1495393
  1   2   3   4
Bog'liq
Ma\'ruza 2



2-MAVZU. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA JISMONIY MADANIYAT TIZIMINI 
RIVOJLANISHINING UMUMIY TAVSIFI. 
 
Reja: 
1. Jismoniy madaniyatning ta’lim va tarbiya hamda ijtimoiy tizim sifatida.  
2. Jismoniy madaniyatning kelib chiqishi va rivojlanish sabablari.  
3. Jismoniy madaniyat O’zbekiston tizimining tashkil topishi va rivojlanish bosqichlari.  
4. Jismoniy tarbiya tizimining maqsadi va vazifalari.  
5. Jismoniy tarbiya tizimining umumiy tamoyillari.  
6. Jismoniy tarbiya tizimining asoslari.  
7. Jismoniy tarbiya tizimining yo’nalishlari.  
 
Tayanch so’z va iboralar: ijtimoiy tizim, jismoniy barkamollik, ma’naviy barkamollik, 
jismoniy rivojlanish, iqtisodiy rivojlanish, miadaniy boyliklarni ishlab chiqaruvchi jismoniy 
tarbiya va ov faoliyati, ov qurollari, ov va jismoniy sifatlar, ijtimoiy ong, jismoniy tarbiya tizimi, 
g’oyaviy negiz, tashkiliy shakl, umumiy jismoniy tayyorgarlik, sport tayyorgarlik, kasbiy 
tayyorgarlik, harbiy tayyorgarlik, mehnat tayyorgarligi. 
Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kursida uchraydigan dastlabki asosiy 
tushunchalar. 
Har qanday fanni o’rganish, odatda, uning tushunchalar apparati, ya’ni, fanning o’ziga xos, 
kasbiy atamalar va tushunchalarini o’zlashtirishdan boshlanadi. 
Tushuncha 
– bu inson tafakko’rining asosiy shakli bo’lib, u yoki bu atamaning bir 
ma’noda izohlaydi va ta’riflanayotgan ob’ektning (hodisaning) eng 
muhim tomonlarini, xususiyatlarini yoki belgilarini ifodalaydi. 
Jismoniy 
madaniyat va 
sport 
nazariyasi 
– insonni tarbiyalashning umumiy tizimiga kiritilgan, pedagogik jarayon 
sifatida, jismoniy tarbiyaning shakli, mazmun-mohiyati, to’zilishining 
umumiy qonuniyatlarini o’rganuvchi fandir. Insonni har tomonlama, 
garmonik rivojlantirishga qaratilgan jismoniy madaniyat sohasidagi ilmiy 
bilimlar tizimidir. 
Jismoniy 
madaniyat 
– jamiyat a’zolari jismoniy kamolotga erishishini maqsadga muvofiq 
ravishda amalga oshirish uchun maxsus vositalar, metodlar va sharoitlarni 
yaratish va ulardan ratsional foydalanish bo’yicha erishilgan yutuqlarning 
majmuasidir;  
- shaxs va jamiyat madaniyatining bir qismi bo’lib, jamiyat a’zolarining 
jismoniy kamolotga erishishlari uchun yaratilgan va foydalaniladigan 
moddiy va ma’naviy boyliklar majmuidir. (B.A. Ashmarin, 1999). 
Sport 
– shaxs va jamiyat madaniyatining maxsus faoliyati hisoblanib, raqobat 
va bellashuv sharoitida insonning harakat imkoniyatlarini ochishga 
yo’naltirilgan  
jarayondir;  
– jismoniy madaniyatning tarkibiy qismi hisoblanib, musobaqa faoliyati, 
musobaqalarga maxsus tayyorlanish va shaxslararo o’ziga xos 
munosabatlardir. 
Jismoniy 
tarbiya 
– bu har tomonlama garmonik rivojlangan, jismonan sog’lom, jismoniy 
kamolotga erishgan, ijtimoiy faol shaxsni tarbiyalashga qaratilgan 


pedagogik jarayon bo’lib, o’zida harakatlarni (harakat amallarini) 
o’rgatish 
va 
jismoniyqobiliyatlarni 
(rivojlanishini 
boshqarish) 
tarbiyalashni mujassamlashtirgan;  
– bu tarbiya faoliyati turi hisoblanib, spesifik xususiyati bo’lib, insonning 
har tomonlama garmonik rivojlantirish maqsadida jismoniy madaniyat 
vositalaridan foydalanishni boshqarish jarayonidir. 
Jismoniy 
ta’lim 
- jismoniy mashqlarni bajarishga oid maxsus nazariy bilimlar va ularni 
lozim bo’lganda turmushda qo’llash mahorati va ko’nikmalarini o’z 
ichiga qamrab oladi. 
Jismoniy 
tayyorgarlik 
- aniq bir kasbiy yoki sport faoliyati uchun zarur bo’lgan harakat 
ko’nikmalarini shakllantirish va jismoniy qobiliyatlarini (sifatlarini) 
rivojlantirish jarayonidir. 
Jismoniy 
tayyorlanganlik 
- jismoniy tayyorgarlik natijasi bo’lib, erishilgan ishchanlik qobiliyati, 
jismoniy sifatlarning rivojlanganlik darajasi va hayotiy zarur, amaliy 
malaka va ko’nikmalarning shakllanganlik darajasida namoyon bo’ladi. 
Jismoniy 
rivojlanish 
- inson organizmining individual hayoti davomida morfofunksional 
holatining tabiiy holda o’zgarishi jarayonidir. 
Umumiy 
jismoniy 
tayyorgarlik 
- turli faoliyat turlarida muvaffaqiyatga erishishning dastlabki sharti 
bo’lib, jismoniy rivojlanish darajasini, keng qamrovli harakat 
tayyorgarligini oshirishga yo’naltirilgan tayyorgarlikdir 
Maxsus 
jismoniy 
tayyorgarlik 
- ixtisoslashtirilgan jarayon bo’lib, insonning harakat qobiliyatlariga 
maxsus talablar qo’yadigan, aniq bir faoliyat turida (kasb, sport turi va 
h.k.) muvaffaqiyatga erishishga ko’maqlashuvchi tayyorgarlik turidir. 
Jismoniy 
kamolot 
- tarixan belgilangan va hayotiy talablarga optimal tarzda muvofiq 
bo’lgan insonning ideal jismoniy rivojlanganlik va tayyorlanganligidir. 
Tizim 
- (“sistema” grekcha so’zdan olingan b-b, - “qismlardan iborat” ma’nosini 
beradi) – bu, aniq bir qonuniyatlar asosida joylashgan va o’zaro aloqada 
bo’lgan qismlarning umumiyligidir. 
Jismoniy 
tarbiya tizimi 
- bu insonlarni jismoniy kamolotini ta’minlash va sog’lom hayot tarzini 
shakllantirish uchun, o’zida ma’naviy, nazariy-uslubiy, dasturiy-me’yoriy 
va tashkiliy asoslarni mujassamlashtirgan jismoniy tarbiyaning tarixan 
shakllangan, ijtimoiy amaliyot turiga aytiladi;  
- deganda, jismoniy tarbiyaning tamoyillari, vositalari, metodlari va ularni 
tashkil etish shakllarining shunday umumiyligi tushuniladiki, u jamiyat 
a’zosini har tomonlama garmonik rivojlantirishning maqsad va 
vazifalariga mos bo’lsin;  
- shaxsning jismoniy madaniyatini shakllantirishga yo’naltirilgan, ijtimoiy 
tashkilotni ifodalaydi. 
Jismoniy 
tarbiya 
tizimining 
- shaxsning jismoniy madaniyatini shakllantirishdir. 


maqsadi 
Jismoniy 
rekreatsiya 
– jismoniy madaniyatning bir turi bo’lib, odamlarning faol dam olishlari, 
ushbu jarayondan qayfiyatlarini ko’tarishlari, bir faoliyat turidan 
boshqasiga o’tishlari, mehnat, turmush, sport va harbiy faoliyatlardan 
chalg’ish maqsadida jismoniy mashqlar va sport turlarining 
еngillashtirilgan shakllaridan foydalanish. 
Jismoniy 
reabilitatsiya 
 
– jismoniy madaniyatning bir turi bo’lib, qisman yoki vaqtinchalik 
yo’qotilgan harakat qobiliyatlarini qayta tiklash, jarohatlarni davolash 
yoki oldini olish uchun jismoniy mashqlardan maqsadli foydalanish 
jarayonidir. 

Download 49.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling