2-mavzu. O’zbekiston respublikasida jismoniy madaniyat tizimini rivojlanishining umumiy tavsifi. Reja
Jismoniy tarbiya ijtimoiy tizim sifatida
Download 49.08 Kb. Pdf ko'rish
|
Ma\'ruza 2
Jismoniy tarbiya ijtimoiy tizim sifatida - Jamiyatdan tashqarida madaniyat yo’q. Ijtimoiy munosabatlardagi har qanday o’zgarish madaniyatga ta’sir etadi va u bu munosabatlarining qanday natijalarga olib kelishidan xabar beradi. Shu boisdan madaniyat nafaqat utmishga yokibugungi, shu bilan birga, insonning o’zi pirovard natijada madaniyat maxsulidir. Xatto, aytish mumkinki, madaniy muxit qanday bo’lsa, inson ham shunday shakllanadi. 1 Al-Farobiyning «Fozil odamlar shaxri» asaridagi g’oyani olib ko’ring. Unga ko’ra jamiyatning har bir fuqarosi – mansabi, tutgan urni, ya’ni kim bo’lishidan qat’iy nazar fozil kishi. Fozil inson o’z davlatining barcha qonun qoidalarini yaxshi biladi, unga amal qiladi, o’z kasbining ustasi, lozim bo’lganda, vatani uchun jonini fido qiladi. Jismoniy madaniyat tushunchasi murakkab xodisa hisoblanib, o’z nazariyasi va tarixi o’zining kadrlari va muassalari, adabiyotlari va moddiy yuazasi kabilarga egadir (umumiy ataamalarga karang). Madaniyatning rivojlanishi, jamiyatning moddiy va ma’naviy hayotini murakkab jarayonlarida aks etadi. Madaniyat kishilarga tabiat tomonidan berilmagan. U kishilarning ijtimoiy va shaxsiy ijodining natijasidir. Madaniyatning negizi jamiyatning moddiy hayot sharoitidir. Moddiy madaniyatni (narsalar, mehnat qurollari, malakalar moddiy ishlab chiqarishning maxsuloti yoki moddiy hayotga xizmat qiluvchilar va ma’naviy ijodning maxsuloti) farqlash qabul qilingan. Kishi madaniyat soxasida uch soxa bo’yicha ta’sir qiladi: -kishilar tomonidan yaratilgan tajribani, (asosiy san’at, texnika, adabiyotlar) qayt qilingan ma’naviy va moddiy boyliklar madaniyatini egallaydi; -jamoat o’rtasida ma’lum madaniyat boyliklarini tashuvchi bo’lib xizmat qiladi; -o’zi ijod qiladi, yangi yaratilgan madaniy boyliklar madaniyatning keyingi rivojlanishi uchun asosiy omil bo’ladi yoki boshqacha aytganda barkamol insonni shakllantirish vositasi hamdir. Har bir jamiyatda shaxsning shakllanishi, kamol topishi muhim muammolardan biri hisoblanad. Shu sababli shaxsning shakllanish masalalariga to’g’ri yondoshish uchun shaxsning tabiatini, to’zilishini, uning xulk-atvorini va unga ta’sir ko’rsatuvchi sabab va vositalarini bilish zarur. Download 49.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling