2-mavzu: O’zbekistonda davlatning din va diniy tashkilotlar bilan munosabatlari. Reja


Download 17.84 Kb.
bet3/3
Sana09.06.2023
Hajmi17.84 Kb.
#1474458
1   2   3
Bog'liq
2-mavzu D

Yo’l xaritasi” doirasida “Ekstremizmga qarshi kurashish to’g’risida”gi Qonun qabul qilindi. Qonun bilan Adliya vazirligi va Oliy sudi o’zining rasmiy veb-saytlari va boshqa ommaviy axborot vositalari orqali sud tomonidan ekstremistik yoki terroristik deb topilgan hamda O’zbekiston hududida faoliyati taqiqlangan tashkilotlar, veb-saytlar, ijtimoiy tarmoqlar va mobilь messenjerlar ro’yxatini e’lon qilib, uning doimiy ravishda yangilab borilishini ta’minlashi belgilandi.
Yo’l xaritasi”ga asosan “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida”gi Qonunning yangi tahrirdagi loyihasi ishlab chiqildi.
Loyihani ishlab chiqishda eng avvalo xalqaro norma va standartlar talablari, xususan, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasiFuqarolik va siyosiy huquqlar to’g’risidagi xalqaro paktBMT inson huquqlari bo’yicha qo’mitasining umumiy tartibdagi tavsiyalari inobatga olindi.
Ushbu Qonun loyihasining asosiy maqsadi hamma uchun vijdon erkinligini kafolatlash, har bir inson xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqini ta’minlash, diniy qarashlarni majburan singdirishga yo’l qo’ymaslik, har bir shaxsning diniy e’tiqodi erkinligini to’liq ta’minlash, shuningdek, dinlararo va millatlararo totuvlikni saqlash maqsadida vakolatli davlat organlari va diniy tashkilotlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Qonun loyihasi keng jamoatchilik va xalqaro hamkorlar bilan muhokama qilindi. Jumladan, AQSHning xalqaro diniy erkinlik masalalari bo’yicha elchisi S.Braunbek ofisi bilan kelishuvga asosan 2020 yil mobaynida qonun loyihasi muhokamasiga bag’ishlangan videokonferentsaloqa shaklida maslahatlashuvlar va mamlakat tarixida diniy sohada ilk bor Parlament eshituvi o’tkazildi. Tadbirlarda BMTning Din va e’tiqod erkinligi masalasi bo’yicha maxsus ma’ruzachisi, AQSH Davlat departamenti va boshqa xorijiy hamkorlar vakillari, milliy va xorijiy ekspertlar, diniy tashkilotlar vakillari ishtirok etdilar.
Mazkur tadbirlarda xorijiy hamkorlarga O’zbekistonda din va e’tiqod erkinligi sohasida amalga oshirilgan ishlar, qonun loyihasining mazmun-mohiyati yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.
EXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari bo’yicha byurosi (DIIHB), Venetsiya komissiyasi hamda AQSH Xalqaro diniy erkinlik bo’yicha komissiyasi, Brigam Yang universiteti mutaxassislarining tavsiyalari asosida, qolaversa, butun dunyoda sodir bo’layotgan haqiqiy holat hamda ko’p asrlik tarixiy va diniy qadriyatlar asosida loyiha qayta ko’rib chiqildi.
Download 17.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling