2-mavzu: O’zbekistonda davlatning din va diniy tashkilotlar bilan munosabatlari. Reja


Download 17.84 Kb.
bet2/3
Sana09.06.2023
Hajmi17.84 Kb.
#1474458
1   2   3
Bog'liq
2-mavzu D

 2017—2020 yillar mobaynida din sohasida o’zining yangicha munosabatini shakllantirdi. Bu sohada uzoq muddatga mo’ljallangan aniq strategiyasini belgilab oldi. 
Mazkur davrda diniy sohani tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda liberallashuv jarayoni boshlandi. Xususan, davlat tomonidan ma’rifiy islomni targ’ib qilish, diniy tashkilotlar faoliyat olib borishini yengillashtirish, diniy bag’rikenglikni qo’llab-quvvatlash kabi masalalarga chuqur ahamiyat qaratildi.
Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi Farmoni bilan tasdiqlangan 2017—2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasida xavfsizlik, diniy bag’rikenglik va millatlararo totuvlikni ta’minlash sohasi alohida ustuvor yo’nalish etib belgilandi.
SHuningdek, yurtimizda din sohasida tub o’zgarishlarga 2017 yil oktyabrь oyida mustaqil O’zbekiston tarixida ilk marta BMTning Din yoki e’tiqod erkinligi masalasi bo’yicha maxsus ma’ruzachisi Ahmad SHahid O’zbekistonga tashrifi sabab bo’ldi. Maxsus ma’ruzachi sohada amalga oshirilayotgan islohotlarga ijobiy baho va tavsiyalar berdi. A.SHahidning tavsiyalarini amalga oshirishga qaratilgan O’zbekiston Parlamenti tomonidan 52 ta tadbirni o’z ichiga olgan “Yo’l xaritasi” tasdiqlandi.
Bu borada O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 16 apreldagi Farmoni qabul qilinib, unda Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish bo’yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi. Mazkur farmon bilan Din ishlari bo’yicha qo’mita tuzilmasida Diniy-ijtimoiy jarayonlarni o’rganish axborot-tahlil markazi tashkil etildi. Markazga Din ishlari bo’yicha qo’mitaning diniy mavzularga oid adabiyotlar, Internet va ommaviy axborot vositalari materiallarini chuqur tahlil qilish, diniy-ijtimoiy muhitning barqarorligiga salbiy ta’sir ko’rsatuvchi omillarni barvaqt aniqlash va bartaraf etish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish faoliyatini amalga oshirish vazifasi yuklatildi.
Mazkur Farmon bilan diniy-ma’rifiy sohaga oid qonun hujjatlarini xatlovdan o’tkazish, tahlil qilish, ularni takomillashtirish, diniy tashkilotlarni davlat ro’yxatidan o’tkazish tartibini yanada takomillashtirish va boshqa bir qancha chora-tadbirlar belgilab berildi.
Xususan, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 31 maydagi 409-son qarori bilan O’zbekiston Respublikasida diniy tashkilotlarni davlat ro’yxatidan o’tkazish, qayta ro’yxatdan o’tkazish va tugatish tartibi to’g’risida nizom tasdiqlandi.
Nizomga asosan diniy tashkilotlarni ro’yxatdan o’tkazish uchun undiriladigan davlat bojlari va taqdim qilinadigan hujjatlar soni kamaytirildi. SHu bilan birga, diniy tashkilotlarga ro’yxatdan o’tkazuvchi organga hisobotlar taqdim qilish yiliga bir marta amalga oshirilishi o’rnatildi. Bundan tashqari, agarda diniy tashkilot qonun hujjatlari talablariga rioya qilmagan taqdirda uning faoliyati faqatgina sud tartibida tugatilishi belgilandi.

Download 17.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling