2-mavzu. O‘zbekistonda demokratik islohotlar va davlat boshqaruv hokimyati Reja: 1


Download 300.81 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana10.04.2023
Hajmi300.81 Kb.
#1349024
1   2   3   4
respublikalar rahbarlari orasida birinchi bo’lib Prezidentlikka saylandi. Moskva buni juda 
salbiy qabul qildi. Gorbachyov ochiqdan-ochiq g’azablandi. Boshqa respublikalar rahbarlari 
esa, Karimovning Prezidentlikka saylanganini qalban qo’llab-quvvatlasa-da, unga havas qilsa-
da, televideniye va minbarlarda Gorbachyovning “16 prezidenti bor davlat qanday davlat 
bo’ladi”, degan so’zlarini qaytarish bilan band bo’ldilar. (Bu Gorbachyovning navbatdagi 
mantiqiy fikri edi yangidan paydo bo’layotgan davlatlar ittifoqida 16 ta parlament raislari 
bo’lishi mumkin emishu, 16 ta Prezident bo’lishi mumkin emas emish). Karimovdan qutulish 
uchun tazyiqning barcha yo’llaridan foydalanib ko’rishdi. Gorbachyov uni o’taketgan 
amalparast deb aybladi. Bu vaqtda, men ishonamanki, Karimov haqoratlangan va xo’rlangan 
O’zbekistonning obro’sini ko’tarish haqida o’ylardi. 1990 yilning 26 martida O’zbekiston Oliy 
Kengashi Prezidentlikni joriy etdi va meni shu lavozimga sayladi. Shundan so’ng men Moskvaga 
– SSSR Davlat Kengashi yig’ilishiga keldim. Gorbachyov meni O’zbekiston Prezidenti deya 
piching, haqoratomuz so’zlar bilan kengash a‟zolariga tanishtirdi va tartibga solib qo’yishga 
va‟da berdi. Bu yerda u prezidentlikni bekor qilishni nazarda tutdi. Men unga shunday javob 
berdim: “Agar suhbat shunday davom etadigan bo’lsa, men Kengashni tashlab ketaman”. So’ng 
Moskva har qanday yo’l bilan bo’lsa ham meni olib tashlashga urindi, ammo hech narsaga 
erisha olmadi. Kuchlar endi boshqacha edi. Meni qo’llab-quvvatlagan xalq ham boshqacha 
fikrlay boshlagandi”. Bu kurashda Karimov o’zi va xalqi uchun hamma narsaga tayyor 
yo’lboshchi sifatida g’olib chiqdi” (Leonid Levitin., Donald S. Karlayl. Islom Karimov  yangi 
O’zbekiston Prezidenti. – T.: O’zbekiston, 1996. 11 bet.). 
Mamlakatimizda prezidentlik institutining huquqiy asoslari shakllanishi va rivojlanishini 
ikki davrga ajratib o’rganish maqsadga muvofiq.
 
Davlat hokimiyatining muhim subyekti sifatida Prezident lavozimining joriy etilishi, uning 
davlat funksiyalaridan kelib chiqib o’z vazifalariga ega bo’lishi, davlat mexanizmida, xususan, 
hokimiyat tarmoqlari tizimida o’z o’rni va rolini topishi hamda faoliyat yuritishining huquqiy 
asoslarini shakllantirish bilan bog’liq birinchi galdagi islohotlar va o’zgarishlarni o’z ichiga 
olgan dastlabki bosqich – 1990-2000 yillar mamlakatimiz, xalqimiz hayotida ulkan iz qoldirgan 
o’tish davri, tom ma‘noda, tarixiy ahamiyatga ega bo’lgan davr bo’ldi.
 
O’zbekiston Respublikasining (keyingi o’rinlarda O’zbekiston Respublikasi) O’zbekiston 
Respublikasi Prezidenti lavozimini ta‘sis etish hamda O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 
(Asosiy Qonuni)ga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risidagi Qonuniga ko’ra, 
O’zbekiston Respublikasining Prezidenti lavozimi demokratiya jarayonlarini yanada 
rivojlantirish, siyosiy o’zgarishlarni chuqurlashtirish, konstitutsion tuzumni, fuqarolarning 
huquqlari, erkinliklari va xavfsizligini mustahkamlash, O’zbekiston Respublikasi davlat 
hokimiyati va boshqaruvi oliy organlarining o’zaro aloqasini takomillashtirish maqsadida ta‘sis 
etildi. Qonunda fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, Konstitutsiya va qonunlarga rioya 
etilishiga kafil bo’lish, respublikaning suvereniteti, xavfsizligi va hududiy yaxlitligini muhofaza 
etish, milliy davlat tuzilish masalalariga doir qarorlarni amalga oshirish yuzasidan zarur chora-
tadbirlar ko’rish, mamlakat ichkarisida va xalqaro tashkilotlarda respublika nomidan ish ko’rish, 
Oliy Kengashga har yili respublikadagi holat hamda ichki va xalqaro hayotning eng muhim 


masalalari yuzasidan ma‘ruzalar gaqdim etish, ayrim shaxslarni lavozimga tayinlash va ozod 
qilish bo’yicha vakolatlar, respublika oliy hokimiyat va boshqaruv organlarining bahamjihat 
ishlashini ta‘minlash, hukumatning qarorlari va farmoyishlari ijrosini to’xtatib qo’yish, 
qonunlarni imzolash, faxriy unvonlar berish, faxriy yorliqlar bilan mukofotlash, respublika 
fuqaroligiga va siyosiy boshpana berishga oid masalalarni hal etish, sudlar tomonidan hukm 
qilingan shaxslarni afv etish va boshqalar Prezident vakolatlari sifatida qayd etildi. 
O’zbekiston Respublikasida o’tkazilgan Prezidyentlik saylovlari 
Saylov o’tkazilgan 
sana 
Nomzodlar 
Nomzod ko’rsatgan 
siyosiy partiya 
I.Karimovga berilgan 
ovozlar foizi 
1991 yil 29-dekabr 
Islom Karimov 
XDP  
Kasaba yushmalari 
Federatsiyasi 
86 % 
Salay Madaminov 
Erk demokratik 
13 % 

Download 300.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling