2-mavzu. O‘zbekistonda demokratik islohotlar va davlat boshqaruv hokimyati Reja: 1


Download 300.81 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana10.04.2023
Hajmi300.81 Kb.
#1349024
1   2   3   4
 
partiyasi 
 
2000-yil 9-yanvar 
Islom Karimov 
Fidokorlar 
91,9 % 
Abdulhafiz Jalolov 
XDP 
 
2007-yil 23-dekabr 
I.Karimov 
O’z LiDep 
81,9 % 
D.Toshmuhammedova 
Adolat SDP 
 
A.Rustamov 
XDP 
 
A.Saidov 
Tashabbuskor guruh 
 
2015-yil 29-mart 
I.Karimov 
O’zLiDep 
90,39 % 
A.Saidov 
Milliy tiklanish 
 
Xotamjon Ketmonov 
XDP 
 
Narimon Umarov 
Adolat 
 
2016-yil 4-dekabr 
Shavkat Mirziyoyev 
O’zLiDep 
88,61 % 
Xotamjon Ketmonov 
XDP 
3,73 % 
Narimon Umarov 
Adolat 
3,46 % 
Sarvar Otamurodov 
Milliy tiklanish 
2,35 % 
2021-yil 24-oktyabr 
Alisher Qodirov 
“Milliy tiklanish” 
 
Maqsuda Vorisova 
XDP 
6.63 
Bahrom Abduhalimov 
Adolat 
 
Shavkat Mirziyoyev 
O’zLiDep 
80,12% 
Narzullo Oblomurodov 
Ekologiya 
 
 
 
 
 
 
 
Sud hokimiyati islohotlari.
 
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 11-moddasida "O’zbekiston Respublikasi 
davlat hokimiyatining tizimi hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga 
bo’linishi" belgilab berilgan. Sudlarning alohida hokimiyat sifatida belgilanishidan maqsad 
O’zbekiston Respublikasida shaxs huquqi va erkinliklarining xolis organ sifatida faqat sud orqali 
ta‘minlanishiga erishish va sudni avvalgi jazolovchi organdan shaxs huquq va erkinliklarini 
to’laqonli himoya qila oladigan organga aylantirishdir. Sud hokimiyatiga nisbatan ishonch bilan 
qarash, buzilgan huquq va qonuniy manfaatlarni himoya qilishda sud organlaridan tegishli 
yordamga erisha olishni, sodir etilgan huquqbuzarlik yoki jinoyatlarga nisbatan qonun doirasida 
davlat choralarini sud orqali ta‘min-lash sud hokimiyatining mohiyatini belgilab beradi. 
O’zbekiston Respublikasida sud hokimiyati sud tizimi orqali amalga oshiriladi. Sud tizimi sud 
hokimiyatining alohida hokimiyat tarmog’i sifatida mavjud.
 
Mustaqillik tufayli O’zbekiston Respublikasida sud hokimiyati mustaqil, turli mafkuralardan 
holi bo’lgan, faqat qonunga bo’ysunadigan tizim sifatida shakllandi. O’zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasining 106-moddasiga muvofiq, "O’zbekiston Respublikasida sud hokimiyati qonun 


chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlardan, siyosiy partiyalardan, boshqa jamoat birlashmalaridan 
mustaqil holda ish yuritadi".
 
O’zbekiston Respublikasining mustaqillik yillarida qabul qilingan bir qator qonunlari va 
Prezident farmonlari sud hokimiyatini shakllantirishga qaratildi. Jumladan, O’zbekiston 
Respublikasining "Sudlar to’g’risida"gi Qonuni, Jinoyat-protsessual, Fuqarolik protsessual, 
Xo’jalik protsessual, Jinoyat, Fuqarolik, Mehnat, Oila, Uy-joy kodekslari, O’zbekiston 
Respublikasi Prezidentining "O’zbekiston Respublikasi xo’jalik sudlarining tarkibini 
takomillashtirish to’g’risida"gi, "O’zbekiston Respublikasi Harbiy sudini tashkil qilish 
to’g’risida"gi Farmonlari ana shu maqsadga xizmat qilmoqda. Shuningdek, O’zbekiston 
Respublikasi Prezidentining "O’zbekiston Respublikasining sud tizimini takomillashtirish 
to’g’risida"gi, "Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish bo’yicha Oliy malaka 
komissiyasini tuzish to’g’risida"gi, O’zbekiston Respublikasi VMning "O’zbekiston 
Respublikasi sudlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida"gi qarori, 
"Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamg’armasini tashkil etish to’g’risida"gi qarori bilan 
tasdiqdangan "Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamg’armasi to’g’risidagi nizom"larda 
ham sud hokimiyatini takomillashtirish maqsadlari qo’yilgan.

Download 300.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling