2-mavzu. O‘zbekistonda demokratik islohotlar va davlat boshqaruv hokimyati Reja: 1


Download 300.81 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana10.04.2023
Hajmi300.81 Kb.
#1349024
  1   2   3   4


2-mavzu. O‘zbekistonda demokratik islohotlar va davlat boshqaruv 
hokimyati 
Reja:
 
1. O’zbekistonda siyosiy islohotlar. Milliy davlat boshqaruv tizimining yaratilishi. 
2. Sud hokimiyati islohotlari. 
3. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining tashkil etilishi. 
4. Ko’ppartiyaviylik tizimi. Jamiyatning demokratlashuvida siyosiy partiyalar, nodavlat va 
jamoat tashkilotlarining roli. 
5. Ommaviy axborot vositalari faoliyatining erkinlashtirilishi va rivojlantirish istiqbollari. 
6. Inson huquqlari, erkinliklari kafolatlarining va demokratik saylov tizimining yaratilishi. 
Tayanch iboralar.
 
Prezident, Vazirlar Mahkamasi, Parlament, Oliy Majlis, Senat, Siyosiy plyuralizm, Ombudsman, 
Demokratiya, Senzura, Huquqiy davlat, Fuqarolik jamiyati, Siyosiy partiyalar, Jamoat 
birlashmalari, Nodavlat tashkilotlari. 
 
O’zbekistonda siyosiy islohotlar. Milliy davlat boshqaruv tizimining yaratilishi.
 
O’zbekistonda Prezidentlik institutining joriy qilinishi va takomillashuvi. XX asrning 80-
yillari ikkinchi yarmida sobiq Ittifoqda ro’y bergan tanazzul O’zbekistonda Prezident lavozimini 
ta‘sis etish zaruriyatini keltirib chiqardi.
 
Prezident lavozimining joriy etilishi respublika mustaqilligi uchun kurash kuchaygan va 
milliy davlatchilik rivojida prinsip jihatdan yangi bosqichga o’tilayotganligini anglatar edi.
 
Shu bilan birga, respublikada prezidentlik instituti hokimiyat mexanizmining 
samaradorligini, mamlakatdagi barqarorlik, qonuniylik va huquq-tartibotning samaradorligini 
qat‘iyan oshirish vositasi bo’lib xizmat qilishi lozim edi. Ayniqsa, O’zbekiston kabi ko’p millatli 
mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy holat og’irlashib borayotgan bir davrda jamiyatni jipslashtirish 
yanada muhim edi. Bunday sharoitda siyosiy tizimning yangilanayotgan mexanizmi, avvalo, 
shunga ko’maklashmog’i, bu tizimning ishlarida ichki va tashqi siyosat, strategik yo’nalishlar va 
ularni amalga oshirish sohasidagi amaliy ishlar mujassamlashib, yaxlit harakatga aylanishi lozim 
edi.
 
Prezident o’zining amaliy ishi bilan turli ijtimoiy-siyosiy harakatlar o’rtasida ijtimoiy 
muloqotni rivojlantirish uchun sharoit yaratishi, mamlakatda tinchlik va millatlararo totuvlikni 
ta‘minlashi, shuningdek, favqulodda vaziyatlarda – tabiiy ofatlarda, jamoat tartibi jiddiy buzilgan 
hollarda oliy vakolatlar sohibi bo’lgan tashkilotchi va muvofiqlashtiruvchi arbob sifatida ish 
kurishi kerak edi. Ayni vaqtda Prezident lavozimi ta‘sis etilgan taqdirda ham Oliy Sovet davlat 
hokimiyatining oliy organi bo’lib, u qonun chiqaruvchi, hukumat-ijrochi-boshqaruvchi organ 
bo’lib qolaveradi. Prezident esa mazkur tizimda qonun chiqaruvchilik bilan ijrochilik faoliyatini 
o’zaro bog’laydigan mustahkam bo’g’in vazifasini bajaradi.
 
1990 yilda mazkur lavozim ta‘sis etilayotgan vaqtda bu lavozimning joriy etilishi 
Ministrlar Sovetining vakolatini cheklashi mumkin, degan xavotir ham bo’ldi. Biroq, 
hukumatning vakolatlari amalda o’zgarmay qoldi. Shu munosabat bilan Ministrlar Soveti o’z ishi 
to’g’risida har yili Oliy Kengashga hisob beribgina qolmay, bu haqda Prezidentni muntazam 
xabardor qilib turishi belgilab qo’yildi. Ayni paytda hukumat, vazirliklar va davlat qo’mitalari 
qonunlar bilan bir qatorda o’z faoliyatida Prezident farmonlariga amal qilishlari shart ekanligi 
mustahkamlandi. Prezident huzurida tashkil egilgan organ Prezident Kengashi davlat vakolatlari 
bilan ta‘minlandi.
 
Davlat boshqaruvining mazkur zamonaviy va samarali shaklini yuzaga keltirishda 
xalqimizning davlatchilik sohasidagi ko’p ming yillik tarixiy tajribalari, diyorimizning muayyan 
shart-sharoitlari, xalqning an‘analari va mentaliteti, o’ziga xos xususiyatlari, shuningdek, hozirgi 
zamon ilg’or davlatlarining tajriba va yutuqlari nazarda tutildi. Qayd etish joizki, bugungi kunda 
BMTga a‘zo bo’lgan 193 ta davlatdan 143 tasida, ya‘ni qariyb 75 foizida Prezident lavozimi 
ta‘sis etilgan.Respublikamizda prezidentlik lavozimi murakkab vaziyatda ta‘sis etildi. Qayta 


qurish, oshkoralik vaziyatida xalq xo’jaligini rivojlantirish, aholiga zarur turmush sharoitlarini 
yaratib berishda ko’plab murakkab, hal qilinmagan muammolar borligi aniqlandi. Ayrim 
viloyatlarda ijtimoiy-siyosiy vaziyat izdan chiqqan, qonunni buzish hollari ko’paygan edi. Xalq 
bunday noqonuniy xatti-harakatlarning zudlik bilan payini qirqishni talab qilayotgan edi. 
Bularning barchasi prezident lavozimini kechiktirmasdan joriy etishni talab qildi. O’zbekiston 
SSRning bi-rinchi Prezidenti istisno tariqasida respublika Oliy Kengashining 1990 yil 24 
martdagi sessiyasida saylandi. Islom Abdug’aniyevich Karimov yashirin ovoz berish yo’li bilan 
O’zbekiston SSRning Prezidenti etib saylandi.
 
L.Levitin va D.S.Karlaylning Islom Karimov – yangi O’zbekiston Prezidenti nomli 
kitobida shunday deyiladi: “1990 yilning mart oyida Islom Karimov o’sha paytdagi ittifoqdosh 

Download 300.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling