2-mavzu. O‘zbekistonda demokratik islohotlar va davlat boshqaruv hokimyati Reja: 1
Download 300.81 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’zbekistonda siyosiy islohotlar. Milliy davlat boshqaruv tizimining yaratilishi.
2-mavzu. O‘zbekistonda demokratik islohotlar va davlat boshqaruv hokimyati Reja: 1. O’zbekistonda siyosiy islohotlar. Milliy davlat boshqaruv tizimining yaratilishi. 2. Sud hokimiyati islohotlari. 3. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining tashkil etilishi. 4. Ko’ppartiyaviylik tizimi. Jamiyatning demokratlashuvida siyosiy partiyalar, nodavlat va jamoat tashkilotlarining roli. 5. Ommaviy axborot vositalari faoliyatining erkinlashtirilishi va rivojlantirish istiqbollari. 6. Inson huquqlari, erkinliklari kafolatlarining va demokratik saylov tizimining yaratilishi. Tayanch iboralar. Prezident, Vazirlar Mahkamasi, Parlament, Oliy Majlis, Senat, Siyosiy plyuralizm, Ombudsman, Demokratiya, Senzura, Huquqiy davlat, Fuqarolik jamiyati, Siyosiy partiyalar, Jamoat birlashmalari, Nodavlat tashkilotlari. O’zbekistonda siyosiy islohotlar. Milliy davlat boshqaruv tizimining yaratilishi. O’zbekistonda Prezidentlik institutining joriy qilinishi va takomillashuvi. XX asrning 80- yillari ikkinchi yarmida sobiq Ittifoqda ro’y bergan tanazzul O’zbekistonda Prezident lavozimini ta‘sis etish zaruriyatini keltirib chiqardi. Prezident lavozimining joriy etilishi respublika mustaqilligi uchun kurash kuchaygan va milliy davlatchilik rivojida prinsip jihatdan yangi bosqichga o’tilayotganligini anglatar edi. Shu bilan birga, respublikada prezidentlik instituti hokimiyat mexanizmining samaradorligini, mamlakatdagi barqarorlik, qonuniylik va huquq-tartibotning samaradorligini qat‘iyan oshirish vositasi bo’lib xizmat qilishi lozim edi. Ayniqsa, O’zbekiston kabi ko’p millatli mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy holat og’irlashib borayotgan bir davrda jamiyatni jipslashtirish yanada muhim edi. Bunday sharoitda siyosiy tizimning yangilanayotgan mexanizmi, avvalo, shunga ko’maklashmog’i, bu tizimning ishlarida ichki va tashqi siyosat, strategik yo’nalishlar va ularni amalga oshirish sohasidagi amaliy ishlar mujassamlashib, yaxlit harakatga aylanishi lozim edi. Prezident o’zining amaliy ishi bilan turli ijtimoiy-siyosiy harakatlar o’rtasida ijtimoiy muloqotni rivojlantirish uchun sharoit yaratishi, mamlakatda tinchlik va millatlararo totuvlikni ta‘minlashi, shuningdek, favqulodda vaziyatlarda – tabiiy ofatlarda, jamoat tartibi jiddiy buzilgan hollarda oliy vakolatlar sohibi bo’lgan tashkilotchi va muvofiqlashtiruvchi arbob sifatida ish kurishi kerak edi. Ayni vaqtda Prezident lavozimi ta‘sis etilgan taqdirda ham Oliy Sovet davlat hokimiyatining oliy organi bo’lib, u qonun chiqaruvchi, hukumat-ijrochi-boshqaruvchi organ bo’lib qolaveradi. Prezident esa mazkur tizimda qonun chiqaruvchilik bilan ijrochilik faoliyatini o’zaro bog’laydigan mustahkam bo’g’in vazifasini bajaradi. 1990 yilda mazkur lavozim ta‘sis etilayotgan vaqtda bu lavozimning joriy etilishi Ministrlar Sovetining vakolatini cheklashi mumkin, degan xavotir ham bo’ldi. Biroq, hukumatning vakolatlari amalda o’zgarmay qoldi. Shu munosabat bilan Ministrlar Soveti o’z ishi to’g’risida har yili Oliy Kengashga hisob beribgina qolmay, bu haqda Prezidentni muntazam xabardor qilib turishi belgilab qo’yildi. Ayni paytda hukumat, vazirliklar va davlat qo’mitalari qonunlar bilan bir qatorda o’z faoliyatida Prezident farmonlariga amal qilishlari shart ekanligi mustahkamlandi. Prezident huzurida tashkil egilgan organ Prezident Kengashi davlat vakolatlari bilan ta‘minlandi. Davlat boshqaruvining mazkur zamonaviy va samarali shaklini yuzaga keltirishda xalqimizning davlatchilik sohasidagi ko’p ming yillik tarixiy tajribalari, diyorimizning muayyan shart-sharoitlari, xalqning an‘analari va mentaliteti, o’ziga xos xususiyatlari, shuningdek, hozirgi zamon ilg’or davlatlarining tajriba va yutuqlari nazarda tutildi. Qayd etish joizki, bugungi kunda BMTga a‘zo bo’lgan 193 ta davlatdan 143 tasida, ya‘ni qariyb 75 foizida Prezident lavozimi ta‘sis etilgan.Respublikamizda prezidentlik lavozimi murakkab vaziyatda ta‘sis etildi. Qayta qurish, oshkoralik vaziyatida xalq xo’jaligini rivojlantirish, aholiga zarur turmush sharoitlarini yaratib berishda ko’plab murakkab, hal qilinmagan muammolar borligi aniqlandi. Ayrim viloyatlarda ijtimoiy-siyosiy vaziyat izdan chiqqan, qonunni buzish hollari ko’paygan edi. Xalq bunday noqonuniy xatti-harakatlarning zudlik bilan payini qirqishni talab qilayotgan edi. Bularning barchasi prezident lavozimini kechiktirmasdan joriy etishni talab qildi. O’zbekiston SSRning bi-rinchi Prezidenti istisno tariqasida respublika Oliy Kengashining 1990 yil 24 martdagi sessiyasida saylandi. Islom Abdug’aniyevich Karimov yashirin ovoz berish yo’li bilan O’zbekiston SSRning Prezidenti etib saylandi. L.Levitin va D.S.Karlaylning Islom Karimov – yangi O’zbekiston Prezidenti nomli kitobida shunday deyiladi: “1990 yilning mart oyida Islom Karimov o’sha paytdagi ittifoqdosh Download 300.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling