2-mavzu. Oʻzbekistonning mustaqillikka erishish arafasidagi ijtimoiy-siyosiy, Iqtisodiy ahvoli. Reja


Download 82.92 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana18.06.2023
Hajmi82.92 Kb.
#1566304
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2 мавзу

etish to‘g‘risida»gi qarorni qabul qildi va O‘zbekiston Kompartiyasi MK birinchi kotibi Islom 


Abdug‘aniyevich Karimov O‘zbekiston SSR Prezidenti etib saylandi. Shu tariqa, O‘zbekiston 
— SSSR respublikalari ichida birinchi bo‘lib o‘zining milliy huquqiy va demokratik davlatiga 
mustahkam zamin yaratdi. 
O‘zbekistonning mustaqillikka erishishida qo‘yilgan navbatdagi muhim qadamlardan biri 
bu – 1990 yil 20 iyunda respublika Oliy Soveti tomonidan «Mustaqillik Deklaratsiyasi»ni 
qabul qilinishi edi. Mazkur hujjat O‘zbekiston qonunlarining Ittifoq qonunlaridan ustuvorligini 
ta’minladi. Shu bilan birga, «Mustaqillik Deklaratsiyasi» O‘zbekistonning 1991 yil 31 
avgustga qadar mavjud bo‘lgan boshqaruv, huquqiy faoliyatini ta’minladi, barcha sohada 
mustaqil siyosat olib borish imkonini berdi. Deklaratsiyada har bir millatning o‘z taqdirini o‘zi 
belgilash huquqidan kelib chiqqan holda, xalqaro huquq qoidalariga, umumbashariy 
qadriyatlariga va demokratiya tamoyillariga asoslanib O‘zbekiston SSRning davlat suvereniteti 
e’lon qilindi.
Deklaratsiyaning qabul qilinishi bilan O‘zbekistonda respublikaning iqtisodiy va siyosiy 
hayotiga doir masalalar mustaqil tarzda hal qilina boshlandi.
Shunday bir tarixiy sharoitda sobiq SSSRdagi siyosiy vaziyat keskinlashib bordi. XX 
asrning 90 – yillari boshlarida Ittifoq tarkibidagi ko‘pchilik respublikalar mavjud vaziyatni 
o‘zgartirishni talab qilisha boshladi. 1990 yil bahorida Sovet Sotsialistik Respublikalari 
hisoblangan Boltiqbo‘yidagi Litva (11 mart), Latviya (4 mayda), Estoniya (8 may), keyinroq 
Gruziya (oktabr) va Ozarbayjon (1991 yil fevral) Ittifoq tarkibidan chiqqanligini e’lon qildi. 
Bu holat SSSRning davlat butunligiga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi.
1991 yil aprelda Kiyevda Ukraina, Rossiya, Belorus, O‘zbekiston, Qozog‘iston 
respublikalari rahbarlarining uchrashuvi bo‘ldi. Uchrashuvda mustaqil respublikalar 
manfaatlariga mos keladigan Ittifoq shartnomasini tuzishga yondashish yo‘llari ishlab chiqildi 
va tegishli bayonot imzolandi. Bu hujjatni Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston 
Respublikalari ham imzolashga rozilik bildirdi. Markaz yon berishga majbur bo‘ldi.
1991 yilga kelib O‘zbekistonda respublikaning davlat mustaqilligiga doir mutlaqo yangi 
davlat ramzlari tayyorlash va qabul qilish borasida dadil ishlar qilina boshlandi. 1991 yil 15 
fevralda O‘zbekiston Oliy Kengashi «O‘zbekistonning davlat ramzlari to‘g‘risida» maxsus 
qaror qabul qildi. 
O‘zbekistonning o‘z suvereniteti uchun kurashi, avvalo, respublikada qabul qilingan har 
bir qonunning mazmuni va mohiyati jihatidan sobiq Ittifoq qonunlaridan tubdan farq qilishida, 
bundan tashqari, har bir qonun avvalgidek Ittifoq qonuniga moslashtirib emas, balki respublika 
manfaati ifoda etilganligi bilan ajralib tura boshladi. Xususan, 1991 yilning 22 iyo’lida 
O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi Prezidiumining «O‘zbekiston SSR hududida joylashgan 

Download 82.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling