Oligofrenopedagogika va oligofrenopsixologiya – aqli zaif bolalarni rivojlantirish, o’qitish va tarbiyalash masalalarini o’rganadi.
Tiflopedagogika va tiflopsixologiya – ko’rish qobiliyati buzilgan bolalarni rivojlantirish, o’qitish va tarbiyalash masalalarini o’rganadi.
Logopediya va nutqiy buzilishlar psixologiyasi – nutqi, motorli-harakatlanish doirasida murakkab nuqsonlar bo’lgan bolalar (ko’r, soqov va kar bolalar)ni rivojlantirish, o’qitish va tarbiyalash masalalarini o’rganadi.
- 6. Metodika-xususiy fanlarni o’qitish xususiyatlarni o’rganadi.
- 7.Pedagogik mahorat –bo’lajak o’qituvchilarning kasbiy mahoratlarini oshirish, takomillashtirish muammolarini o’rganadi.
- 8. Pedagogik texnologiya – ta’lim va tarbiya jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarini qo’llash, texnologik yondashuv asosida ta’lim tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish muammolarini o’rganadi.
- 9. Ijtimoiy pedagogika –shaxsni ijtimoylashtirish jarayoniga salbiy ta’sir etuvchi omillarni, ularni bartaraf etish yo’llarini, ijtimoiy yordamga muhtoj shxslar toifalariga ko’rsatiladigan ijtimoiy-pedagogik mohiyatini, turlari , shakl , metod va vositalarini o’rganadi.
- 10. Kasbiy pedagogika –ta’lim oluvchilarga muayyan kasb yoki hunar yo’nalishida maxsus bilimlarni berish asosida ularda amaliy ko’nikma hamda malakalarni shakllantirish, kasbiy faoliyatni malakali tashkil etish, kasbiy mahoratni takomillashtirish masalalarini o’rganadi.
- 11.Ta’lim menejmenti –ta’lim muassasalarining faoliyatini yo’lga quyish, boshqarish , nazorat qilish, istiqbolni belgilash masalalarini o’rganadi.
- 12.Qiyosiy pedagogika –turli xalqlarning shaxsni tarbiyalashga oid pedagogik qarashlari, ta’lim-tarbiya tizimi, pedagogik ta’limotlarning mohiyati, shuningdek, jahon ta’limiga xos bo’lgan samarali shakl, metod vosita va innovatsion yondashuvlarni qiyosiy-genetik jihatdan o’rganadi.
- 13. Konfliktologiya –ta’lim jarayonida yuzaga keladigan pedagogik muammolar, ta’lim oluvchi va ta’lim beruvchi o’rtasida yuzaga kelgan ziddiyatlar mohiyati, ularni samaralibartaraf etish yo’llarini o’rganadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |