2-Mavzu: Psixika va ongning taraqqiyoti. Theme 2: Psychological and development of consciousness. Reja


Ongning bir qator xarakteristikasi bo‘lib, ular quyidagilardir


Download 97 Kb.
bet5/7
Sana19.04.2023
Hajmi97 Kb.
#1362237
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Psixika va ongning taraqqiyoti 44

Ongning bir qator xarakteristikasi bo‘lib, ular quyidagilardir:
1. Ongning birinchi xarakteristikasi atrof-muhit voqea hodisalarini anglashdan iborat. Ongning strukturasiga insonning bilish jarayonlari kiradi. Inson ana shu bilish jarayonlari yordamida o‘z bilimlarini doimo boyitib boradi.
2. Ongning ikkinchi xarakteristikasi - sub’yekt bilan ob’yekt o‘rtasidagi farqlilikni anglash, ya’ni odam “men” degan tushuncha bilan “mendan boshqa” degan tushunchani anglab yetishidir.
3. Ongning uchinchi xarakteristikasi - ong yordami bilan odamning maqsadni ko‘zlash faoliyati ta’min etiladi. Faoliyat maqsadlarini yaratish ongning funksiyasiga kiradi.
4. Ongning to‘rtinchi xarakteristikasi - odamning muayyan munosabatlarini ongning tarkibiy qismiga kirishidir.
Ong jamiyat mahsuli bo‘lib, faqat insongagina xosdir. Hayvonlarda ong bo‘lmaydi. Psixikaning quyi darajasi ongsizlik holatini tashkil etadi. Ongsizlik ham psixik hodisa bo‘lib, voqelikni shunday aks ettirish formasidirki, bunda qilinayotgan ishlarga hisobot berilmaydi, ish harakatlar qayerda va qancha bajarilayotganini anglash xususiyati Psixik obrazlar sub’yekti uchun ahamiyatli bo‘lgan deferensiya darajasi sodir bo‘ladi. Ong - yo‘naltiruvchidir. Shunga ко‘ra ong faol, u har doim qandaydir ob’yektga, jism yoki obrazga yo ‘naltiruvchi xususiyatga ega bo‘ladi, xulq-atvori nutq orqali boshqarish buziladi. Ongsizlik holatiga quyidagi psixik hodisalami kiritish mumkin: uyqu holatidagi hodisalar, ya’ni tush ko‘rish; sezilmaydigan lekin haqiqatdan ham ta’sir qiladigan javob reaksiyalari; kasal odam psixikasida yuzaga keladigan patologik o‘zgarishlar va boshqalar. Insonning hayvondan asosiy farqi, avvalombor psixik obrazlarning jism deb qabul qilinganligida emas, balki maxsus mexanizmlar va ularning asta-sekin bajarilishidadir. Aynan psixik obrazlarning shakllanish mexanizmi va ular tomonidan yechilgan xususiyatlardir. Odamda bunday fenomenlami yaratish ong hisoblanadi. Ong boshqa psixik fenomen kabi aniq xususiyatga ega. Ong har doim faol. Ongning faolligi shunda namoyon bo‘ladiki, inson ob’yektiv dunyosining psixik ko‘rinishi passiv xususiyatga ega emas. Balki psixika orqali namoyon bo‘layotgan jismlar bir xil ahamiyatga ega. Balki teskarisi bo‘lishi mumkin. Bu xususiyatlarning borligi insonning o‘z-o‘zini boshqarishdek eng yuqori xususiyatlarini ko‘rib chiqishga ruxsat beruvchi ongning boshqa bir qator xususiyatlarini shakllantiradi. Ongning shakllanish guruhiga quyidagilami kiritish mumkin: o‘z-o‘zini kuzatish xususiyatlari (refleksiya) va yana ongning ilhom va qadr xususiyati. O‘z navbatida ongning quyidagi xususiyatlari mustaqil odam ontogenez jarayonida shakllanishini aniqlab berishga imkon beradi. “Men konsepsiya”si, inson o‘zi haqida va atrof-muhitning borligi haqida butun sistemaning muntazam yadrosidir. Atrof-olam haqida qilingan butun xabarlarni inson o‘zi haqidagi ong va psixik rivojlanishlar orqali ajratib oladi. Mukammal va motivatsion qurilmalardan kelib chiqqan holda o‘zini tutishni shakllantiradi. Shuning uchun uning qarashlari tartibi qat’iy individualdir. Odamlar sodir bo‘layotgan voqealami va o‘zining harakatini, aniq dunyo ob’yektlarini har xil baholaydilar. Vaholanki, ba’zi odamlarning baholashi aniq va borliqqa mos keladi. Boshqalarning baholashi esa teskari-sub’yektivdir. Ongimizning adekvatligi nimaga bog‘liq? Ushbu savolga javob berish uchun inson tomonidan qabul qilinayotgan real hayotning obrazini va o‘ziga baho berishini bir-biroviga moslashtiruvchi bir qator faktorlami ko‘rsatib o‘tish lozim. Ammo ko‘pchilik holatlarda insonning tashqi muhitni to‘g‘n qabul qilish darajasi, uning imkoniyat faktorlari bilan bog‘liq bo‘ladi. Boshqa so‘z bilan aytganda, qabul qilish chegarasi bu yaxshi va yomon tushunchalami anglash xususiyatiga bog‘liq. Aynan shu bo‘lib o‘tayotgan hodisani to‘g‘ri tanqid qilish, qabul qilingan ma’lumotni o‘z qarashlari bilan taqqoslash, taqqoslashdan kelib chiqib o‘zining xulqini tuzish, ya’ni harakat maqsadi va dasturini aniqlash, qo‘yilgan maqsad sari harakatlanish insonni hayvonlardan farqlantiradi. Shunday qilib, tanqid qilish, o‘z xulqini nazorat egallaydi.

Download 97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling