2-Mavzu: Psixika va ongning taraqqiyoti. Theme 2: Psychological and development of consciousness. Reja


Download 97 Kb.
bet6/7
Sana19.04.2023
Hajmi97 Kb.
#1362237
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Psixika va ongning taraqqiyoti 44

Ongning xususiyatlari. S.L.Rubinshteyn quyidagi ong xususiyatlarini ajratib ko‘rsatadi: munosabat o‘rnatish bilish, boshdan kechirish (kechinma). Ongning har bir xususiyati kam hollarda yoki faqat bilish, yoki faqat kechinma, yoki faqat munosabat bo‘lishi mumkin; ko‘pincha shu uch xususiyat birlashgan holda ko‘rinadi. Ammo bu uch tarkibiy qism-ning (komponentlarning) har birini ifodalanish darajasi turlicha. Shuning uchun har bir ong xususiyatini, psixologik tushunchasini koordinata sistemasining uch muhim nuqtasi sifatida ko‘rish mumkin. Ong mexanizmini tahlil qilishda aqliy metaforani bartaraf qilish muhimdir. Ong bu faoliyat sistemasi mahsuli va natijasidir, unga nafaqat miya balki shaxs, jamiyat ham kiradi. Bu sistemalarning muhim xususiyatlari unga yetishmayotgan funksiyaga oid organlar, o‘ziga xos yangidan yuzaga keladi.
Ong va o‘z-o‘zini anglash. O‘z-o‘zini anglash insonga nafaqat tashqi dunyoni aks ettirishga imkon beradi balki, uni o‘zini shu olamda ajratib, ya’ni topib, o‘zini tushunib etishiga, nazorat qilishiga va ma’lum bir shaklda o‘ziga nisbatan munosabatda bo‘lishiga yordam beradi. O‘zini biror-bir barqaror ob’yekt sifatida anglash ichki butunlikni talab qiladi, shaxsning doimiyligini, uni o‘zgaruvchan vaziyatlarga qaramasdan o‘zligicha qola olishini anglatadi. O‘zlikni anglash boshqa insonlar bilan o‘zaro ta’sir davomida shakllanadi va inson faoliyatining muvaffaqiyatiga bog‘liq bo‘lgan o‘z-o‘zini baholash bilan bog‘liqdir.
O‘zlikni anglashning muhim vazifasi - inson uchun uning harakatlari sababi va natijasini bilishi va o‘zini baholashi, aslida qanaqa insonligini tushunishga sharoit yaratishdir. Agar baho qoniqarsiz bo‘lsa, inson o‘z-o‘zini o‘stirish (kamolotga yetkazish) bilan shug‘ullanishi kerak yoki himoyalovchi mexanizmlar yordamida ongdan bu yomon ma’lumotlami y qilishi mumkin.Ruhiyat va miya bog‘liqligi haqida savollami ko‘rayotganda, psixo-fiziologik muammolarni ko‘rib chiqish lozim. Shunday qilib, har ikki mavjud yondashuvlar psixofiziologik muammoni yecha olmaydi. Shuning uchun psixologiyada muammolami o‘rganishda yagona uslubiy yondashuv mavjud emas. Shu bilan birga aqliy va fiziologik jarayonlar o‘rtasida yaqin bog‘liqlik ham bor deb aytish mumkin.Shu sabab uchun ruhiy holatlami hisobga olganda, har doim aqliy va fiziologik jarayonlar qattiq bog‘liq hodisa va jarayonlar faoliyatini amalga oshiruvchi «substrat»ni aks ettiradi. Shuning uchun, aqliy va fiziologik jarayonlar o‘zaro bog‘liq va inson xatti-harakatlariga ta’sir qiladi.



Download 97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling