2-Mavzu: psixologik treninglarning tarixi reja: Individual shakldagi treninglar va autotreninglar haqida tushuncha
Download 0.77 Mb. Pdf ko'rish
|
2-Mavzu. PSIXOLOGIK TRENINGLARNING TARIXI
Gumanistik yo‘nalish faoliyati ham aynan individuallikni boshqarishga
qaratilgan usullardan hisoblanib, mazkur yo‘nalish ekzistensializmning falsafiy g‘oyalariga asoslangan bo‘lib, vaqt, hayot, ozodlik, ma’suliyat, tanlov huquqi, muloqot, sevgi, hayot mazmunini anglash muammolarini o‘rganishga qaratilgan (M.Xaydegger, P.Sartr, Kamyu). Inson mehribon, ozod bo‘lishi belgilangan deb qabul qilinib, individuallik integrativ yahlitlik hisoblanadi. Gumanistik yo‘nalishning asosiy tamoyillari: 1.Psixolog va mijoz uchrashuvi ikki har xil kishilarning uchrashuvi. 2.Agarda psixolog mijozga o‘zining asl his-tuyg‘ularini anglashga, qabul qilishga va namoyon qilishga imkon yaratib bera olsa, mijoz muammolari o‘z-o‘zidan hal bo‘ladi. 3.O‘z hayot tarzi, fikr-mulohazalari, xulq-atvorini tanlashga mijoz o‘zi mas’ul. Inson tomonidan ruhiy uyg‘unlikka erishish, ya’ni hayot mazmunini anglash, ma’naviy qadriyat, estetik his-tuyg‘ulami sifatiy o‘zgarishiga asos bo‘ladi. “Men” - konsepsiyasini adekvat shakllantirish o‘z- o‘zini anglash va shu asosida o‘zini faollashtirish uchun muhim omil hisoblanadi. Psixokorreksion yordam ko‘rsatishda mijozni o‘z-o‘zini anglashi, shaxsiy uyg‘unlik, “Men”ni adekvat integratsiyasi, borliq chegaralarini kengaytirib berish psixologning asosiy vazifasi hisoblanadi. Ushbu yo‘nalishning asosiy metodi ekzistensial tahlil hisoblanib, unda “inson - biladi - his etadi - istaydi” formulasi inson ozod mavjudot tushunchasi asosida tahlil qilinadi. Agarda individ kelajakni tasavvur qila olmasa, o‘zini salbiy his etib, ichki olami torayadi, rivojlanish imkoniyatlari sustlashib, oqibatda nevrozlar yuzaga kela boshlaydi. Demak, yordam ko‘rsatish vaqtida shaxsning ruhiy olamini tahlil qilish asosida o‘zini erkin his qilishga imkon yaratib berib, mijozni uni bog’lab turgan, bezovta qilayotgan oqibatlardan xalos qilinadi. Demak, aytish mumkinki, inson o’zini –o’zi o’zgartirish imkoniyatiga ega bo’lib, ichki va tashqi “Men” o’rtasidagi mutonosiblikni saqlashi, buning uchun inson o’z xatti-harakatini doimo chetdan kuzatishi, harakatlarini to’g’ri yoki noto’g’riligini nazoratga olishi orqali shakllanib 21 borishligi, turli psixoemotsional zo’riqishlardan chiqish imkoniyatlarining mavjudligi bilan individual shakldagi treninglar va autotreninglar psixologiyada keng qo’llanilib o’z samarasini ko’rsatmoqda. Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling