2-Mavzu: Psixologiyaning tadqiqot metodlari va tarmoqlari. (2 soat) Reja
Download 22.64 Kb.
|
2-Mavzu Psixologiyaning tadqiqot metodlari va tarmoqlari. (2 so-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Modellashtirish metodi
- Ijtimoiy fanlardan xisoblangan sotsiologiya fani bilan
- Texnika fanlari
- Iqtisodiyot
3. So'rov metodi - ham psixologiyaning barcha tarmoqlarida birlamchi ma'lumotlar to'plashning an'anaviy usullaridan hisoblanadi. Unda tekshiriluvchi tomonidan qo'yilgan qator savollarga muxtasar javob qaytarish kerak bo'ladi. Og'zaki so'roq yoki oddiygina qilib suhbat metodini o'tkazadigan shaxs unga ma'lum darajada tayyorgarlik ko'rishi kerak. Agar mabodo professional mahorati yoki tajribasi yetarli bo'lmasa so'rov natija bermasligi mumkin. So'roq metodining og'zaki, yozma (anketa), erkin (suhbat), standartlashtirilgan so'roq usullari mavjud.
Testlar - hozirgi vaqtda keng qo’llanilayotgan tekshiruv metodlaridan biridir. Ular yordamida biror o'rganilayotgan xususiyat bo'yicha ham sifat, ham miqdor xarakteristikalarni olish, ularni ko'pchilikda sinash va ma'lumotlarni analiz qilish orqali ishonchlilikka tekshiriladi. Ba'zi mashhur testlar borki, ularga qo'yilgan talab hech qachon o'zgarmaydi. Ravenning intellektni o'lchash testi, Kettel va Ayzenk testlari, Rorshaxning "Siyoh dog'lari" testi shular jumlasidandir. Test metodining quyidagi turlari mavjud; test-so 'rov, test-topshiriq, proyektiv testlar, sotsiometrik testlar. Modellashtirish metodi kuzatish, so'roq, eksperiment yoki boshqa usullar yordamida o'rganilayotgan hodisaning tub mohiyati ochilmagan sharoitlarda qo'llaniladi. Psixologiyada odam faoliyatining mahsullarini o'rganish metodidan ham foydalaniladi. Masalan, yozgan asarlari, yozib qoldirgan kundalik, xatlari, chizgan rasmlari o'rganiladi. Quyida psixologiya fanini boshqa fanlar bilan aloqasi xaqida to’xtalamiz. Ijtimoiy fanlardan xisoblangan sotsiologiya fani bilan Yani bu fan xam yangicha ijtimoiy munosabatlar sharoitida o’z taraqqiyotining muxim boskichiga o’tgan bir davrda, psixologiya ushbu fan erishgan yutuklardan xam foydalanadi, xam ularning ko’lami kengayishiga xizmat qiladi. Ayniqsa, psixologiyadan mustaqil ravishda ajralib chiqqkan, bugungi taraqqiyot davrimizda aloxida axamiyat kasb etgan ijtimoiy psixologiyaning sotsiologiya bilan aloqasi uzviy bo’lib, ular jamiyatda ijtimoiy taraqqiyot va progressni ta’minlash ishiga xizmat qiladilar. Qolaversa, xuquqiy, demokratik davlat qurish ishini sobitkadamlik bilan amalga oshirayotgan O’zbekiston axolisining xuquqiy madaniyatini va demokratik o’zgarishlarga psixologik jixatdan tayyorligini amalda ta’minlash, bu soxada muntazam tarzda ijtimoiy fikr va insonlar fikr va qarashlaridagi o’zgarishlarni o’z vaktida o’rganish, bashorat qilish va taraqqiyot mezonlarini ishlab chiqishda ikkala fanlar metodologiyasi va metodlarini birlashtirish tadbiqiy axamiyat kasb etadi. -Pedagogika fani bilan esa psixologiyaning o’zaro xamkorligi va aloqasi an’anaviy va azaliy bo’lib, ularning yosh avlod tarbiyasini zamon talablari ruxida amalga oshirishdagi roli va nufuzi o’ziga xosdir. Respublikamizda amalga oshirilayotgan yangi «Ta’lim to’grisidagi Qonun» xamda «Kadrlar tayyorlashning milliy Dasturi»ni amalga oshirish xam ikki fan xamkorligi va o’zaro aloqasini xar qachongidan xam dolzarb qilib qo’ydi. Milliy dasturda e’tirof etilgan yangicha modeldagi shaxsni kamol toptirish, uning chukur bilimlar soxibi bo’lib etishishi, barkamolligini kafolatlovchi shart - sharoitlar orasida yangi pedagogik texnologiyalarini ta’lim va tarbiya jarayonlariga tadbik etishda pedagogikaning o’z uslub va koidalari etarli bo’lmaydi. Shuning uchun xam psixologiya u bilan xamkorlikda yosh avlod ongining ta’lim olish davrlaridagi rivojlanish tendensiyalaridan tortib, toki yangicha o’qitish texnologiyalarini bola tomonidan o’zlashtirilishi va undagi aqliy xamda intellektual kobiliyatlarga nechoglik ta’sir ko’rsatayotganligini o’rganish va shu asosda ishni tashkil etish psixologiyadagi metodlarni didaktik metodlar bilan uygunlashtirishni taqozo etadi. Ayniqsa, ma’naviy barkamollik tamoyillarini maktabda va yangi tipdagi ta’lim muassasalarida joriy etish xam shaxs psixologiyasini teran bilgan xolda o’kitishning eng ilgor va zamonaviy shakllarini amaliyotga tadbik etishni nazarda tutadi.- biologiya, fiziologiya, ximiya, fizika fanlari xodisalar va jarayonlarning tabiiy fiziologik mexanizmlarini tushunish va shu orqali ularning kechishi konuniyatlarini ob’ektiv o’rganish uchun material beradi. Ayniksa, bosh miyaning xamda markaziy asab sistemasining psixik faoliyatlarini boshqarishda va ularni muvofiklashtirishdagi ro’lini e’tirof etgan xolda psixologiya fani tabiiy fanlar erishgan yutuklar va ulardagi tadkikot uslublaridan omilkorona foydalanadi. Masalan, shaxs kobiliyatlarini diagnostika qilish uning tugma layokatlari xamda orttirilgan sifatlarini bir vaktda bilishni takozo etgani sababli, usha tabiiy layokatning xususiyatlarini aniklashda psixofiziologiyaning kator usullaridan (miya assimetriyasi konunlari, miya bo’rtmalarini yozib olish, neyrodinamik xodisalarni aniklash, kon aylanish va tana xaroratini o’lchash metodlari) o’z o’rnida foydalanadi va biologiya, anatomiya, fiziologiya, neyrofiziologiya kabi fanlarning shu kungacha erishgan yutuklaridan foydalanadi. Shuning uchun tabiiy fanlar soxasida erishilgan barcha yutuklar psixologiyaning predmetini mukammalrok yoritishga o’z xissasini qo’shgan.Kibernetika fani soxasidagi erishilgan yutuklar psixologiya uchun xam axamiyatli va zarur bo’lib, u inson shaxsining o’z – o’zini boshqarish va psixik jarayonlarni takomillashtirish borasida axborotlar texnologiyasi va kibernetika tomonidan qo’lga kiritilgan yutuklar va tadkikot metodlari, maxsus dasturdan o’z o’rnida foydalanadi. Ayniksa, ma’lumotlar asri bo’lgan XX va xar bir aloxida ma’lumotning kadr - kimmati oshishi kutilayotgan XXI asrda informassion texnologiyalar va modellashtirish borasida psixologiya xamda kibernetika xamkorligining saloxiyati yanada ortadi. Masalan, oddiy mulokot jarayonini yanada takomillashtirish, xar bir so’zning shaxslararo munosabatlardagi ta’sirchanligini oshirish maksadida xamda ana shunday ijtimoiy faoliyat jarayonida shaxs tizimini takomillashtirishda turli kibernetik modellaridan urinli foydalanish zamonaviy psixologiyaning jamiyatdagi o’rni va rolini oshiradi, maxsus komp’yuter dasturlarining keng qo’llanilishi inson miyasi va ruxiy olami sirlarini tez va anik o’rganishni kafolatlaydi.Texnika fanlari bilan psixologiyaning o’zaro aloqasi va xamkorligi ayniksa, asr oxiriga kelib yakkol sezilmokda. Bir tomondan murakkab texnikani boshqaruvchi inson ongi muammosini echishda, ikkinchi tomondan, psixik xayotning murakkab kirralarini ochishda maxsus texnik vositalardan foydalanish zarurati Bu ikki yo’nalishning erishgan yutuklarini birlashtirishni nazarda tutadi. Masalaning yana bir aloxida tomoni xam borki, u xam Bo’lsa, texnika progressiga intilayotgan bir vaktda murakkab texnika va mashinalar bilan «mulokot» qilayotgan shaxs faoliyatini yanada mukammallashtirish va uning imkoniyatlariga moslash masalasi xam ana shu xamkorlikda xal kilinishi lozim bo’lgan masaladir. Ayniqsa, mustakil O’zbekiston uchun murakkab zamonaviy texnika sir - asrorlarini biladigan, uning jamiyat va fan ravnaqiga xizmatini ta’minlash qanchalik dolzarb bo’lsa, ana shu texnikaga xar bir oddiy fuqaro ongi, tafakkuri va qobiliyatlarini moslashtirish va «odam - mashina» dialogining eng samarali yo’llarini izlab topishi juda muxim. Texnika bilan bemalol «tillashadigan» malakali mutaxassislar tayyorlash borasida xam texnika fanlari pedagogika va psixologiya fanlari metodlaridan foydalana olsagina, muvaffaqiyatga erishadi.Iqtisodiyot fanlari bilan psixologiyaning o’zaro aloqasi va xamkorligi xam yangilik bo’lib, ayniqsa, bozor munosabatlariga bosqichma - bosqich o’tish sharoitida iqtisodiy ong xamda iqtisodiy xulqning o’ziga xos namoyon bo’lish qonuniyatlarini o’rganishda ikkala fan teng xizmat qiladi. O’zbekiston Prezidenti I. Karimov mustaqillikning dastlabki yillaridayoq fuqarolarda, birinchi navbatda, yoshlarda yangicha iqtisodiy tafakkur shakllanishining jamiyat iqtisodiy taraqqiyotidagi axamiyatiga e’tiborni qaratgan edilar. Demak, yangi davr shaxsini tarbiyalash va uning jamiyatgi moslashuvi masalasida psixologiya iktisodiyot fanida qo’lga kiritgan yutuqlar, yangiliklar va iktisodiy samaraga erishish omillarini xisobga olsa, iqtisodiyot o’z navbatida iqtisodiy isloxotlarning ob’ekti xamda sub’ekti Bo’lmish inson omilidagi barcha psixologik o’zgarishlarni aniqlash, taxlil qilish va shu asnoda bashorat qilish vazifasini echishi kerak. Download 22.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling