Mavzu: O‘zbekistonning o‘ziga xos istiqlol va taraqqiyot yo‘li. Reja
Download 246.28 Kb. Pdf ko'rish
|
4 mavzu maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar
Mavzu: O‘zbekistonning o‘ziga xos istiqlol va taraqqiyot yo‘li. Reja 1. O‘zbekistonning o‘z taraqqiyot yo’li. ,,O‘zbek modeli” va uning o‘ziga xos xususiyatlari. 2. Siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va ma'naviy sohadagi ustuvor yo'nalishlar. 3. O‘zbekiston — bozor munosabatlariga o'tishning o‘ziga xos yo'li. 4. Yangi Konstitutsiyaning qabul qilinishi va uning tarixiy ahamiyati. Davlat ramzlari. Tayanch iboralar Taraqqiyotning “O‘zbek modeli”, milliy taraqqiyot, O‘zbekiston bozor munosabatlariga o’tishning o‘ziga xos yo’li, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, davlat bayrog’i, davlat gerbi,davlat madhiyasi. 1. Mustaqillikning qo'lga kiritilishi bilan Vatanimiz hayotida tarixiy burilish sodir bo'ldi. Endi O‘zbekiston oldida boshqa davlatning qosh-qovog'iga qaramasdan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma'naviy-ma'rifiy taraqqiyot masalalarini milliy manfaatlarga mos ravishda mustaqil hal qilish, jamiyatni yangilash, demokratik davlat qurish yo'llarini ishlab chiqish kabi dolzarb va mas'uliyatli vazifalar turardi. Mustaqillikning dastlabki kunlaridayoq O‘zbekiston qanday taraqqiyot yo'lidan boradi, qanday jamiyat, qanday davlat quradi, uning qiyofasi qanday bo'ladi, degan savollar ko'ndalang turardi. Birinchi prezidentimiz Islom Karimov mustaqillikning dastlabki yillaridayoq eski tuzum o‘z o'rnini osonlikcha bermasligini, uning zaharli mafkurasi odamlar ongini tez va yengil o‘z iskanjasidan chiqarmas-ligini ta'kidlagan edi. Eng muhimi, yangi ijtimoiy munosabatlarning zarur asosini, zaminini, poydevorini qurib olish uchun ma'lum vaqt, jamiyatni isloh qilish va yangilash jarayonini boshqaradigan va ta'minlaydigan, yangicha fikrlaydigan odamlarni tayyorlash-tarbiyalash kerak edi. “Farovon turmushga erishishning ham albatta o‘z tosh-tarozisi bor. Boshqacha aytganda, odamzod bir narsaga erishmoq uchun ma'lum vaqt huzur- halovatdan voz kechishiga ham to'g'ri keladi”. Download 246.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling