DAVLAT MADHIYASI
“O‘zbekiston Respublikasi Davlat gimni to‘g‘risida”gi Qonun 1992 yil 10
dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining
XI Sessiyasida qabul
qilingan.
Davlat madhiyasining so‘zi O‘zbekiston
xalq shoiri Abdulla Oripov
qalamiga mansub, musiqasini esa bastakor Mutal (Mutavakkil) Burhonov yozgan.
Abdulla Oripov so‘zi, Mutal Burhonov musiqasi
Serquyosh hur o‘lkam, elga baxt, najot,
Sen o‘zing do‘stlarga yo‘ldosh, mehribon!
Yashnagay to abad ilmu fan, ijod,
Shuhrating porlasin toki bor jahon!
Naqorat:
Oltin bu vodiylar jon O‘zbekiston
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug‘ xalq qudrati jo‘sh urgan zamon
Olamni mahliyo aylagan diyor!
Bag‘ri keng O‘zbekning o‘chmas iymoni,
Erkin, yosh avlodlar senga zo‘r qanot!
Istiqlol mash’ali, tinchlik posboni,