2-mavzu: pulning funksiyalari va roli. Pulning (funksiyalari) vazifalari


Download 75.44 Kb.
bet4/6
Sana03.02.2023
Hajmi75.44 Kb.
#1151526
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2-mavzu.

Pul - jamg’arma toʻplash vositasi. Kishilarning olgan daromadlari qilgan sarf-xarajatlaridan koʻp boʻlsa, daromadning qolgan qismini jamg’arib borishlariga imkoniyat tug’iladi. Ular oʻz jamg’armalari hisobidan turli moddiy boyliklar (kvartira, dala hovli, avtomashina yoki uy jihozlari) sotib olishlari, toʻy-ma’raka qilishlari, sayohatga borishlari, davolanishlari mumkin.


Inson oʻz aqlini oʻndan birini pul topishga, qolgan oʻndan toʻqqizini esa pulni sarflashga ishlatishi lozim5.
Agar tovar ishlab chiqaruvchi tovarni sotgandan soʻng, ma’lum muddat davomida boshqa tovar sotib olmasa, pul jamg’armaga aylanadi, ya’ni,, harakatdan ma’lum muddatga chetga chiqadi va boʻsh turib qoladi.
Pulning jamg’arma va boylik toʻplash vositasi boʻlishiga asosiy sabab, unga xohlagan vaqtda, juda tez fursatda xohlagan tovarni sotib olish, uni har qanday toʻlovni toʻlashga ishlatish mumkin. Pul boylik jamg’arishning eng qulay vositasi hisoblanadi, chunki u yuqori likvidlik darajasiga ega.
Kishilar oʻz boyliklarini pulda emas, balki boshqa shakllarda, masalan, oltin, qimmatbaho metallar va toshlar, san’at asarlari, noyob buyumlar, uy-joy, yer, mashina, asbob-uskuna, davlat yoki korxonalarning qimmatli qog’ozlari va boshqalarda mujassamlashtirishlari mumkin. Ammo ularni pulga aylantirmasdan turib, boshqa maqsadlarda sarflab boʻlmaydi.
Kimdir oʻz pulini uyida, kimdir esa bankda saqlaydi. Bu borada Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolarning banklardagi omonatlarni himoyalash kafolatlari toʻg’risida”gi Qonuni qabul qilinganligini alohida qayd etish zarur. Yaratilgan kafolatlar aholi va xoʻjalik yurituvchi sub`yektlarning bank tizimiga boʻlgan ishonchini yanada oshirmoqda va ularning banklardagi depozitlar hajmini yuqori sur’atlarda oʻsishi kuzatilmoqda.
Xususan, faqat aholining omonatlari hajmi 2000 yilda 18,2 mlrd. soʻmni tashkil etgan boʻlsa, bu koʻrsatkich 2005 yilga nisbattan qariyb 25 barobar oshib, 449,5 mlrd. soʻmni, 2010 yilda esa mazkur koʻrsatkich 2000 yilga nisbatan 244 barobarga oshib, 4 446,9 mlrd. soʻmni tashkil etgani yuqorida qayd etilgan fikrlarni tasdiqlab turibdi. Pul mablag’larini banklarda omonatlar shaklida saqlashning qulayliklari quyidagilardan iborat:

  • ishonchli va bexavotir saqlanadi;

  • ishlab chiqarishga sarflash va iqtisodiyotni rivojlantirishga imkoniyat yaratiladi;

  • foiz koʻrinishida daromad keltiradi, ya’ni,, oʻz-oʻzidan koʻpayib boradi.

Download 75.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling