2-mavzu: pulning funksiyalari va roli. Pulning (funksiyalari) vazifalari


Pul-toʻlov vositasi. Pulning toʻlov vositasi ekanligi nasiyaga sotilgan tovarlar va koʻrsatilgan xizmatlarga ularning haqi toʻlanganda, kredit qarzga olingan mablag’lar qaytarilganda namoyon boʻladi


Download 75.44 Kb.
bet3/6
Sana03.02.2023
Hajmi75.44 Kb.
#1151526
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2-mavzu.

Pul-toʻlov vositasi. Pulning toʻlov vositasi ekanligi nasiyaga sotilgan tovarlar va koʻrsatilgan xizmatlarga ularning haqi toʻlanganda, kredit qarzga olingan mablag’lar qaytarilganda namoyon boʻladi.


Narsani qarzga berishlik, uni sadaqa qilishdan ham yaxshiroqdir.4
Tovarlar har doim ham naqd pulga sotilavermaydi. Tovar sotuvchi tovarni sotish uchun olib chiqqan vaqtda, iste’molchining shu tovarni sotib olish uchun yetarli miqdorda naqd puli boʻlmasligi mumkin. Natijada tovarni nasiyaga sotishga zarurat tug’iladi, ya’ni,, tovarning pulini toʻlash muddati kechiktiriladi. Iste’molchi sotib olgan tovari uchun uning pulini toʻlov muddati kelgandan keyingina toʻlaydi. Bu holda tovarlar harakati bilan pul harakati bir vaqtning oʻzida sodir boʻlmaydi. Tovar harakati sodir boʻlgandan soʻng ma’lum muddat oʻtgach pul harakati amalga oshadi.
Masalan, 10 avgustda tovarlar yetkazib berildi, puli esa 20 avgustda toʻlandi.
Tovar-10.08

Pul-20.08


7-chizma Pul va tovarlarning harakati
Aksariyat hollarda tovar uchun avvaldan avans (boʻnak) toʻlanadi, soʻng tovarlar yetkazib beriladi. Ma’lum muddat oʻtgach esa, oxirgi hisob - kitoblar amalga oshiriladi.
Masalan, 1 avgustda tovarlar uchun boʻnak toʻlandi, 10 avgustda tovarlar yetkazib berildi, 20 avgustda esa oxirgi hisob - kitoblar qilindi.

Sotuvchi



Xaridor




Boʻnak-1.08

Tovar-10.08
Hisob-kitob 20.08
8-chizma Pul va tovarlarning harakati
Pulning toʻlov vositasi ekanligi iqtisodiyotda naqd pulsiz hisob-kitoblarni keltirib chiqaradi. Pulning toʻlov vositasi ekanligi quyidagi hollarda koʻrinadi:

  • korxonalar va tashkilotlar oʻrtasida yetkazib berilgan tovarlar va koʻrsatilgan xizmatlar uchun haq toʻlanganda;

  • davlat byudjetiga soliqlar toʻlanganda;

  • banklardan olingan qarzlar qaytarilganda, foizlari toʻlanganda;

  • ish haqi, nafaqa, stipendiya va boshqalar toʻlanganda;

  • boshqa har xil qarzlar va majburiyatlar toʻlanganda.

Pul toʻlov vositasi vazifasini bajarganda toʻlovlar naqd pul yoki naqd pulsiz amalga oshirilishi mumkin.

Download 75.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling