2-mavzu: qadimgi dunyo xalqlarining jismoniy tarbiyasi. Reja


Mamont ovi natijasida jismoniy sifatlarni rivojlantirish


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana16.01.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1095682
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2.QADIMGI DUNYO XALQLARINING JISMONIY TARBIYASI (2)

Mamont ovi natijasida jismoniy sifatlarni rivojlantirish 
Onalik urug’chilik davrida jismoni y madaniyatni rivojlanish xususiyatlari. 
Xo‘jalikning idrok qilishining yangi shakllari paydo bo‘lishi bilan kishiliq jamiyatini 
uyushtirish ishlari ancha mustahkamlana bordi. Onalik urug‘chilik jamoasi paydo bo‘ldi, uning 
a’zolari birgalikda qilinadigan doimiy kallektiv mehnat va qon-qarindoshlik bilan boshlangan edi. 
Jamoalarining paydo bo‘lishi va taraqqiyot etishi bilan asta-sekin madaniyat sohasida ham 
o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Endi odam o‘ziga doimiy turar joy quradi, kiyim-kechak paydo bo‘ladi, 
tasviriy san’at bo‘nyod etiladi. Qo‘shiq, o‘yin va raqslar ijro etiladigan turli bayramlar keng 
tarqaldi. Jismoniy madaniyat elementlarining paydo bo‘lishi ham xuddi shu davrga to‘g‘ri keladi. 
Bevosita mehnat bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘pgina musobaqa o‘yinlari mustaqil madaniyatviy 
ahamiyat kasb etadi va ulardan urug‘ kollektivning turli yoshdagi guruhlari foydalana boshlaydi. 
Mehnatning jins va yoshga qarab tibbiy ravishda bo‘linishi endigina tug‘ilib kelayotgan ibtidoiy 
jismoniy madaniyatda ham o‘z ifodasini topdi. Jismoniy madaniyatning yanada rivojlanishida 
ibtidoiy san’at ham katta rol o‘ynaydi. San’at kishilarning fikr va to‘yg‘ularini boyitdi, ularning 
ma’naviy dunyosini taqomilashtirdi. O‘yin va raqslarda taqdirlanadigan mehnat va mudofa 
xarakteridagi ko‘pgina harakatlar endi bevosita mehnat predmetiga yo‘naltirilgan edi. Bu 
harakatlar jismoniy mashqlar sifatida nisbatan mustaqillik kasb etdi. 


Jismoniy mashqlarning musobaqa o‘yinlari shaklida vujidga kelishi ibtidoiy jamiyat 
kishisini madaniyatlashda tubdan o‘zgarish yasadi. Odamlar kishini hayotiga, ayniqsa mehnat 
foliyatiga tayyorlashining yangi vositasiga ega bo‘ladilar. 
Jahonga mashhur rus etnografi va sayohatchisi N.Mikluxa-Maqlay, masalan, papuaslarning 
ota-onalari o‘z bolalarini mehnatga juda barvaqt o‘rgatganliklarini shu maqasdda o‘yinlaridan ham 
foydalanganlarini hikoya qiladi. “O‘g‘il bolalarning o‘yini” deb yozgan edi. Mikluxa-Maqlay – 
tayoqlarni nayzaga o‘xshatib irg‘itishdan, qamalak otishdan iborat edi; ular bu o‘yinlarda salgina 
yutuqa erishishlari bilan ularni amaliy xonaga tasbiq etadilar. Men soatlab dengiz bo‘yida, o‘tirib, 
yoy o‘qini biror baliqqa tegizishga harakat qilgan juda kichkina o‘g‘il bolalarni ko‘rganman. Qiz 
bolalar bilan ham huddi shunday hol yuz beradi, chunki ular ho‘jalik ishlari bilan juda erta 
shug‘ullana boshlaydilar va o‘z onalarning noibalariga aylanadilar. 
Quyidagi misol, fakt ham ibtidoiy musobaqa o‘yinlarining mehnatni ifodalab, kishilarni 
mehnatga tayyorlaydigan eng muhim vositalaridan biri bo‘lganini ko‘rsatadi. Etnogarflarning 
ta’kidlashicha, XIX asrning va 60-yillardayoq Avstraliyaning bir qancha qabilalarida ovga chiqish 
oldidan yirtqich hayvonning shaklini qumga chizib, unga nayza otish rasm bo‘lgan; bunda har bir 
ovchi o‘z nayzasini mumkin qadar aniqroq va kuchliroq otishiga harakat qilgan. Bu еrda mashq 
va musobaqaning ayrim elementlari qo‘shilgan. Shunday qilib, odamlar nayza otishni mashq qilish 
bilan o‘zlarining mehnat malakalari va mahoratlarini takomilashtirib borganlar. O‘sha vaqtda 
mehnat va o‘yin bir-biriga chambarchas bog‘liq bo‘lgan va diniy aqidalar bilan bog‘langan. 
Kishiliq o‘yinlari odamlarning dahshatli tabiat kuchlariga qarshi kurashda birgalikda harakat 
qilishga bo‘lgan hayotiy ehtiyojlaridan kelib chiqqan.


Urug‘lik tuzumi onalik urug‘chilik tuzumi (matriarxat) va otalik urug‘chilik to‘zumi 
(patriaraxat)ga bo‘lingan. Bu urug‘chilik to‘zumining har bir o‘ziga xos tarqqiyot va jismoniy 
madaniyat hususiyatlariga ega bo‘lgan. 
Onalik urug‘chilik to‘zumining gullab-yashnagan davrida o‘yin uchun maxsus tayyorlangan 
narsalar (jundan qilingan koptok shar, nayzabozlik tayoqlari, uchi to‘ntoq nayzalar, o‘yinchoq, 
paloxmon, o‘yinchoq yoy, bosh egri, hassa va boshqa narsalar) paydo bo‘lgan. 
Yoshlarni, masalan, nayza, tayoq, suyil irg‘itishga yoydan otishga o‘rgatish ibtidoiy 
jismoniy madaniyat tarkibiga kirib, uning eng muhum tarkibiy qismini tashkil etgan. Yoy otishga 
va bumerang irg‘itishga o‘rgatish ayniqsa murakkab bo‘lgan.
Onalik urug‘chilik davrida bir qancha o‘yin asboblari ham ixtiro etilgan edi. Masalan
indeeslarda otalik urug‘chiligi davriga (ularni еvropaliklar kashf etgan davrda) o‘tish 
bosqichidayoq ichi kovak va yaxlit kauchkli koptoklar, maxsus chana (“tabog‘gan”) lar bor edi; 
ular bu koptok va chanalardan faqat xo’jaliklardagina emas, balki musobaqalarda ham 
foydalanganlar. Kolumb davridayoq еvropaliklar indeeslarning koptoklari – Kostilyaliklari 
(Ispaniya) ning koptoklaridan yaxshi ekanligini tan olishga majbur bo‘lgan edilar. Indeeslar 
tomonidan rezina koptokni kashf etilishi ko‘pgina boshqa Yevropa xalqlarida ham koptok 
o‘yinning yanada ravnoq topishida muhum rol o‘ynadi. Ibtidoiy odamlarga suyakdan qilingan 
chang‘ilar, konkilar koptok bilan o‘ynashga mo‘ljalangan raketkalar ma’lum bo‘lgan. 
Onalik urug‘chiligi sharaoitida asl mehnatni va mudofaa faoliyatida erkak bilan bab-baravar 
qatnashar edi. Mavjud etnografik materallardan ma’lum bo‘lishicha o‘sha vaqtlarda mushtlashish, 
kurashish, yugurish, tayoqbozlik, nayza irg‘itish, yoy otish yuzasida va boshqa shu kabi sohalarda 
ayollarning maxsus musobaqasi, ayollar bilan erkaklar musobaqasi o’tkazilar edi. Ba’zi bir 
ma’lumolarga qaraganda, ayollarning bunday mashqlari masalan; skiflarda, o‘zbek xalqining 
qadimiy ajdodlarida, shuningdek patriarxat to‘zumi sharoitidagi ayrim boshqa urug‘lar orasida 
saqlanib qolgan. 
Ibtidoiy jamoa jismoniy tabiya sohasida o‘z a’zolari zimmasiga ma’lum majburiyatlar 
yukladi. Yosh qiz va yigitlar hayotda kerak bo‘ladigan epchilik, chidamlilik, chaqqonlik, jasurlik 
va qatiyatlik kabi qobilyatlarga ega bo‘lishi lozim edi. Ba’zi qabilalarda masalan, baroro va konella 
(sharqiy Brazilya) larda yigitlar ma’lum sinovlardan o‘tmago‘nlarcha hatto uylanishlari ham 
mumkin emas edilar. Kurash va yugurish eng asosiy sinovlardan edi. Brazilya tadqiqotchilaridan 
bari Bo‘shan, bu badan mashqlarining qiyinligi shundaki, yugurayotgan kishi еlkasida og‘ir bir 
yog‘och bo‘lagini ko‘tarib borishi va yugurib borib, nishonga tegizish lozim, deb yozgan edi. 
Meksikalik indeeslarda yugurish musobaqasi 20 km. lik masofani aylanib o‘tishdan iborat edi. 
Etnograf Sobel indeeslarning qaragumar qabilasidagi ayollardan ba’zilarining ancha katta 
masofani erkaklar bilan aniq bir vaqtda yugurib o‘tganligini kuzatgan. Sharqiy Afrikadagi 


ko‘pgina ibtidoiy qabilalarda langar cho‘p bilan sakrash va yugurib kelib balandlikka sakrash 
musobaqalari ham bo‘lganligi ma’lum. Chunonchi vatusi qabilasida yugurib kelib balandlikka 
sakrash va langarcho‘p bilan sakrash turli bayramlar vaqtidagi oddiy xodisa bo‘lgan. 
Ibtidoiy jamoa sharoitlaridayoq suzishning turli usullari, elementlari (masalan; krol usuli 
bilan suzish) ma’lum bo‘lgan, kanoe va baydarka - xilidagi еngil uzunchoq qayiqda eshkak 
eshish qo‘llanilgan. Etnografik materiallar Janubiy Amerikadagi ba’zi bir qabilalarda (Evropaning 
mustamlaka qilib olishgacha bo‘lgan davrda) turida mashq qilish elementlari mavjud bo‘lganligi 
to‘g‘risida dalolat beradi. Shimoliy Amerika indeeslarining ayrim qabilalarida (bu qabilalar kashf 
etilgan vaqtida onalik huquqi asosida urug‘a birlashtirilgan edi) katta rezina koptok

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling