2-mavzu: qadimgi dunyo xalqlarining jismoniy tarbiyasi. Reja


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana16.01.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1095682
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2.QADIMGI DUNYO XALQLARINING JISMONIY TARBIYASI (2)



2-MAVZU: QADIMGI DUNYO XALQLARINING JISMONIY TARBIYASI. 
 
REJA: 
1. Ibtidoiy jamoa tuzumida jismoniy madaniyat elementlarining paydo bo‘lishi va 
taraqqiyoti. 
2. Jismoniy madaniyatni kelib chiqishi 
3. Onalik urug’chilik davrida jismoniy madaniyatni rivojlanish xususiyatlari.
4. Patriarxat davrida jismoniy madaniyat xususiyatlari. 
 
Ibtidoiy jamoa tuzumida jismoniy madaniyat elementlarining paydo bo‘lishi va 
taraqqiyoti. 
Jismoniy madaniyatning kelib chiqishi haqidagi masala jismoniy madaniyat tarixining eng 
muhim muammolaridan biri bo‘lib, prinsipial metodologik ahamiyatiga egadir. Bu masalani 
ko‘pgina burjuda olimlari hal etishga o‘rinib ko‘rdilar. Ularning tadqiqotlari bu muammoni 
o‘rganish borasida ma’lum rol o‘ynaydi. Biroq ular bu muammoni o‘z sinf manfaatlari nuqtai 
nazaridan hal etib, tarixni bo‘zib ko‘satdilar, soxtalashtiradilar.
Leturno, Espinas, Gross, Byuxer, Shiller, Spenser va boshqa chet el olimlari jismoniy 
madaniyat hayvonlarining o‘yinida kelib chiqqan, degan nazariyani olg‘a suradilar. Freyd 
va uning izdoshlari, o‘yin individualning to‘la qimmatiga ega bo‘lmaganligidan dalolat 
beradi, deb isbotlashga o‘rinib ko‘radilar, cho‘nki o‘yinda go‘yo insonning turmush 
qiyinchiliklaridan hayolat olamiga ketishiga o‘rinishi ifodalanar emish. Jismoniy madaniyat 
va diniy marosimlarning kelib chiqishi to‘g‘risidagi burjua nazariyalari ham xuddi shu 
ta’limotga asoslanadi. Qator chet ellik tadqiqotchilar-Byuxer, Nering, Maksimov
Shternberg va boshqalar, hayvonlarning qo’lga o‘rgatilishi va umuman, mehnat ibtidoiy 
o‘yin va raqslardan kelib chiqqan deb ta’kidlaganlar.
 1
 
Ularning fikrlariga ko‘ra “o‘yin mehnatdan kattadir” yoki “mehnat bu o‘yinni bolasidir” 
deganlar. G.V. Plexanov ibtidoiy o‘yinlari jismoniy mashqlar biologik faktorlardan emas, balki 
odamlarning mehnat foliyatidan kelib chiqqanligini ilmiy jihatdan isbotlab berdi. Ayrim kishi 
hayotida o‘yin mehnatdan oldin bo‘lsa ham, umuman, jamiyatda esa u faqat mehnatni aks ettiradi. 
U “mehnat o‘yinda kattadir”, “o‘yin bu mehnat bolasidir” – degan edi.

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling