2-mavzu: qadimgi dunyo xalqlarining jismoniy tarbiyasi. Reja


Patriarxat davrida jismoniy mashqlar


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana16.01.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1095682
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2.QADIMGI DUNYO XALQLARINING JISMONIY TARBIYASI (2)

 
Patriarxat davrida jismoniy mashqlar 
Ishlab chiqarish va ijtimoiy hayot sohasidagi o‘zgarishlar oqibati-natijada jismoniy 
madaniyat sohasida ham bir qancha yangi xodisalarning sodir bo‘lishligi sabab bo‘ldi. Eski 
o‘yinlar ko‘pincha ilgargi ovchilik terminlarini saqlagan holda harakatlar xarakteriga ko‘ra, jamoa 
ovchilik mashqlarining ilgargi usullari va uslubiyatlariga endi bevosita munosabatda bo‘lmas edi. 
Masalan; ilgari, odatda, jamoa ovchilik o‘yinlari majmuasiga kirgan mushtlashish, kurashish, 
og‘irlik ko‘tarish va hakozalar asta-sekin erkaklarning individual mustaqil musobaqa turiga 
aylandi. Ovchilik o‘yinlari ovchilar turmush an’analarini aks etirib kelgan eski mazmunini 
yo‘qotdi. Ayni vaqtda dehqonlar va chorvadorlarning mehnati va turmushini aks etiradigan yangi 
musobaqa o‘yinlari paydo bo‘ldi. “Zog‘ar”, “Tariq”,”Sichqon va mushik”, “Kalxat” va boshqa 
shu singari xalq o‘yinlari aftidan, o‘z ildizlari bilan ibtidoiy jamoa tuzish davridagi musobaqa 
o‘yinlariga borib taqalsa kerak. Bu o‘yinlarda XIX asrdayoq ibtidoiy dehqonlar va 


chorvadorlarning o‘yinlari uchun xarakterli bo‘lgan marosim va musobaqa elementlari ancha aniq 
saqlangan edi. Ko‘pgina xalqlarda ho‘qiz bilan olishuv o‘yini keng tarqalgan edi. Bu o‘yinlarga 
yovvoyi hayvonlarni qo‘lga o‘rgatish hamda usullarini aks ettiruvchi jismoniy mashqlar kirar edi. 
Patriarxat davrida ibtidoiy jamoa odamlarining o‘yin ijodini tarkibiy elementlariga ajratish, 
ixtisoslashtirish jarayoni kuchayadi. Masalan, bo‘g‘uchilik bilan shug‘ulanadigan qabilalarda 
bo‘g‘u bilan olishuv o‘yini asosan bolalar o‘rtasida saqlanib qolgan. Qatnashganlar o‘rtasida esa 
bu o‘yinlardan faqat ayrim mashiqlargina foydalanilgan: bu mashqlar sportning mustaqil 
elementlari sifatida tarkib topdi (bu usullarda tezlikda kim o‘zarcha poyga qilish, katta yuklarni 
tashishda poyga qilish, yugurib kelayotgan bo‘g‘uning shohiga arqon tashlab, bir joyda turgan 
buyumga va havoda aylanib turgan buyumga arqon tashlash, keng chang‘ilarda kim o‘zarcha 
poyga qilish va hakozalar). Kurash singari musobaqa turi ham shaklan o‘zgardi. Agar ilgari 
hayvon terisiga o‘ralib raqs harakatlari va sakrashlari bilan kurashga tushilgan bo‘lsa, endu raqs 
mustaqil mashq sifatida ajralib chiqdi, kurash esa sport xarakteriga ega bo‘ldi. Hayvon terisiga 
o‘ralib sakrash musobaqaning mustaqil turi sifatida bajarila boshlandi. O‘yinlar va jismoniy 
mashqlarning bunday evollyuatsiyasi Kamchatkadagi bir qancha qabilalar va boshqa xalqlarda 
kuzatilardi.
Jismoniy madaniyat mehnat ehtiyoji tufayli vujudga kelgan. Jismoniy madaniyat dastlab 
mehnat jarayonida taqlid qiladigan va unga tayyorlaydigan mashq hamda o‘yinlardan iborat 
bo‘lgan. Jamiyat urug‘chilik tashkilotlarining tushimini va rivojlanishi bilan o‘ynovchilarning 
o‘yinlari va harakatlari asta-sekin takomilashtirib borgan. O‘yin uchun so‘n’iy buyumlar 
sparyadlar, koptoklar, sharlar, chovg‘onlar, raketkalar, qoziqchalar va hakozalar paydo bo‘lgan. 
Bu hol kishilar ijtimoiy foydali faoliyatining nisbatan mustaqil sohasi bo‘lgan jismoniy madaniyat 
elementlari tartib topish bosqichining boshlanganligidan dalolat beradi. Jismoniy mashqlar
raqslar, jamoa musobaqa o‘yinlari va yakkama-yakka kurashlar diniy marosim bayramlaridagi urf-
odatlarning ajralmas qismi bo‘lib qolgan.
Ibtidoiy jismoniy madaniyat barcha urug‘ a’zolarining erkin jamoa mehnati negizida paydo 
bo‘ldi va ibtidoiy jamoa to‘zumining ishlab chiqarish usuliga batomom muvofiq keladi. Ibtidoiy 
jismoniy madaniyat barcha urug‘ a’zolari boyligi bo‘lib, urug‘- qabila mehnat turmushi bilan 
chambarchas bog‘langan edi. Ibtidoiy jamoa to‘zumining еmirilishi davrida jismoniy madaniyat 
urug‘-qabila aslzodalari tomonidan o‘zini va o‘z drujinalarini harbiy jihatdan tayyorlash uchun 
foydalanildi, bu drujinalar boshqa qabilalarni har biri yo‘l bilan tanlash uchun mo‘ljallangan edi. 
Bu bilan jismoniy madaniyat urug‘-qabila aslzodalarining bundan keyingi boyishiga va sinfiy 
ajralishiga, sinfiy quldorchilik jamiyatining paydo bo‘lishiga imkon yaratdi. 

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling