2-mavzu: qadimgi dunyo xalqlarining jismoniy tarbiyasi. Reja


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana16.01.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1095682
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2.QADIMGI DUNYO XALQLARINING JISMONIY TARBIYASI (2)

chovgonlardan foydalanib o‘ynaladigan xokkey to‘pidagi yozgi va qishki o‘yinlar rasm bo‘lgan. 
Ba’zi bir manbalar ibtidoiy jamoa odamlarida disk uloqtirish mashqi ham bo‘lganligi 
ko‘rsatadi. To‘g‘ri, hali bu musobaqa turi har tomonlama mustaqil bo‘lmagan balki kompleks 
xarakterdagi o‘yinlar tarkibiga kirgan. 
“Disk” kaktus o‘simligidan tayyorlangan va yumaloq shakilda bo‘lgan. Oldin kaktusdan 
tikanlar tozalangan. Disk ham o‘ng, ham chap qo‘l bilan uloqtirilgan. O‘ynovchilar ikki to‘daga 
bo‘lingan. Birinchi to‘dadagi o‘yinchilar navbat bilan diskni uloqtiradigan paytda ikkinchi 
to‘dadagi o‘yinchilar (navbat bilan) uchib kelayotgan diskga yoy o‘qi bilan tekizishga harakat 
qilganlar. O‘qi nishonga tegmagan o‘yinchilar o‘yindan chiqarilgan. 
Yuqorida aytilgan gaplar hozirgi zamon sporti va jismoniy mashqlarning qator elementlari 
onalik urug‘chiligi davrida paydo bo‘lganligidan dalolat beradi. 
Patriarxat davrida jismoniy madaniyat xususiyatlari. 
Temir plug va boltaning paydo bo‘lishi, plug bilan ishlash dehqonchiligi va chorvachilikning 
rivojlanishi ovning xo‘jalik ahamiyatini barbod qildi. Chorva mollari tutish va dehqonchilik qilish 
uyda erkak kishining hukumron bo‘lishini ta’minladi. Oila katta patriarxat oilaga aylana boshlaydi. 
Monogamiyaga-yagona nikohlikka o‘tila boshlanadi. Patriarxat oilalar yig‘indisi patriarxal, 
urug‘ini yoki urug‘chilik jamoasini tashkil etadi, urug‘lar yig‘indisi va umum qabila еrlariga ega 
bo‘lish qabilalarni hosil qiladi. 
Qabilalararo munosabatlarning rivojlanishi bilan o‘zaro madaniy ta’siri kuchayadi, jismoniy 
madaniyat tajribasi ham boyib boradi. Ko‘pgina qabila o‘yinlari va jismoniy mashqlardan endi bir 
qancha qabilalar bahramand bo‘ldi. Onalik urug‘chiligi sharoitida ma’lum bo‘lmagan, jangovar 
musobaqa o‘yinlari paydo bo‘ladi. Jangovar shon-shavkat va shuhrat tushonchalari tug‘uladi.
Patriarxat taraqqiyotining ilk bosqichida qabilalar o‘rtasida tug‘iladigan janjallar ko‘pincha 
bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan qabila sakillarining kurashi (yakkama-yakka kurashi) bilan hal 
etilar edi. Ba’zan janjallar birgalikda shodiyona mehmondorchiliklar tashkil etish, bir-biriga 
sovg‘alar berish, aka-o‘g’a tutinish va hokazolar bilan tugar edi.


Jismoniy mashqlar qabilalar o‘rtasidagi do‘stlik munosabatlarining rivojlanishi va 
mustahkamlanishida katta rol o‘ynar edi. Qabilalar o‘rtasida o’tkaziladigan musobaqalar 
jarayonida jamoa shon-sharaf, o‘zaro bir-birini quvvatlash ancha zaif raqibga rioyagarchilik qilish 
tushunchalari va boshqa tushunchalar rivojlanib borar edi. Kelishmovchiliklarni musobaqa yo‘li 
bilan hal etish patriarxat sharoitida yashagan ko‘pgina qabila va elatlarda ko‘rilgan. Masalan, 
eskimoslarda (XIX asrning boshlarida) turli guruhlarning to‘qnashuvi vaqtida har bir guruhdan 
jangchilar tanlab olishgan. Ular tayoqbozlikda musobaqalashib, ulardan biri еngildim
demago‘ncha musobaqa davom etgan. Qoryaklar, to‘nguslar va cho‘qchilar orasida sport kurashi 
shaklidagi yakkama-yakka olishuv keng tarqalgan edi. Yangi Tvineyadagi ko‘pgina G‘arbiy 
Yevropa tadqiqotchilari musobaqa o‘yinlarining bolalar va kattalar o‘rtasidagi o‘zaro 
musobaqalarni doimiy urushlar shaklida, musobaqa o‘yinlarini esa “bu urushlarning nus’hasi” 
shaklida tasvirlashga harakat qilgan burjua olimlarining uydirmalarini rad etadi. 

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling