2-mavzu: qadimgi dunyo xalqlarining jismoniy tarbiyasi. Reja
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
2.QADIMGI DUNYO XALQLARINING JISMONIY TARBIYASI (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Patriarxat davrida jismoniy madaniyat xususiyatlari.
- Monogamiyaga
chovgonlardan foydalanib o‘ynaladigan xokkey to‘pidagi yozgi va qishki o‘yinlar rasm bo‘lgan.
Ba’zi bir manbalar ibtidoiy jamoa odamlarida disk uloqtirish mashqi ham bo‘lganligi ko‘rsatadi. To‘g‘ri, hali bu musobaqa turi har tomonlama mustaqil bo‘lmagan balki kompleks xarakterdagi o‘yinlar tarkibiga kirgan. “Disk” kaktus o‘simligidan tayyorlangan va yumaloq shakilda bo‘lgan. Oldin kaktusdan tikanlar tozalangan. Disk ham o‘ng, ham chap qo‘l bilan uloqtirilgan. O‘ynovchilar ikki to‘daga bo‘lingan. Birinchi to‘dadagi o‘yinchilar navbat bilan diskni uloqtiradigan paytda ikkinchi to‘dadagi o‘yinchilar (navbat bilan) uchib kelayotgan diskga yoy o‘qi bilan tekizishga harakat qilganlar. O‘qi nishonga tegmagan o‘yinchilar o‘yindan chiqarilgan. Yuqorida aytilgan gaplar hozirgi zamon sporti va jismoniy mashqlarning qator elementlari onalik urug‘chiligi davrida paydo bo‘lganligidan dalolat beradi. Patriarxat davrida jismoniy madaniyat xususiyatlari. Temir plug va boltaning paydo bo‘lishi, plug bilan ishlash dehqonchiligi va chorvachilikning rivojlanishi ovning xo‘jalik ahamiyatini barbod qildi. Chorva mollari tutish va dehqonchilik qilish uyda erkak kishining hukumron bo‘lishini ta’minladi. Oila katta patriarxat oilaga aylana boshlaydi. Monogamiyaga-yagona nikohlikka o‘tila boshlanadi. Patriarxat oilalar yig‘indisi patriarxal, urug‘ini yoki urug‘chilik jamoasini tashkil etadi, urug‘lar yig‘indisi va umum qabila еrlariga ega bo‘lish qabilalarni hosil qiladi. Qabilalararo munosabatlarning rivojlanishi bilan o‘zaro madaniy ta’siri kuchayadi, jismoniy madaniyat tajribasi ham boyib boradi. Ko‘pgina qabila o‘yinlari va jismoniy mashqlardan endi bir qancha qabilalar bahramand bo‘ldi. Onalik urug‘chiligi sharoitida ma’lum bo‘lmagan, jangovar musobaqa o‘yinlari paydo bo‘ladi. Jangovar shon-shavkat va shuhrat tushonchalari tug‘uladi. Patriarxat taraqqiyotining ilk bosqichida qabilalar o‘rtasida tug‘iladigan janjallar ko‘pincha bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan qabila sakillarining kurashi (yakkama-yakka kurashi) bilan hal etilar edi. Ba’zan janjallar birgalikda shodiyona mehmondorchiliklar tashkil etish, bir-biriga sovg‘alar berish, aka-o‘g’a tutinish va hokazolar bilan tugar edi. Jismoniy mashqlar qabilalar o‘rtasidagi do‘stlik munosabatlarining rivojlanishi va mustahkamlanishida katta rol o‘ynar edi. Qabilalar o‘rtasida o’tkaziladigan musobaqalar jarayonida jamoa shon-sharaf, o‘zaro bir-birini quvvatlash ancha zaif raqibga rioyagarchilik qilish tushunchalari va boshqa tushunchalar rivojlanib borar edi. Kelishmovchiliklarni musobaqa yo‘li bilan hal etish patriarxat sharoitida yashagan ko‘pgina qabila va elatlarda ko‘rilgan. Masalan, eskimoslarda (XIX asrning boshlarida) turli guruhlarning to‘qnashuvi vaqtida har bir guruhdan jangchilar tanlab olishgan. Ular tayoqbozlikda musobaqalashib, ulardan biri еngildim, demago‘ncha musobaqa davom etgan. Qoryaklar, to‘nguslar va cho‘qchilar orasida sport kurashi shaklidagi yakkama-yakka olishuv keng tarqalgan edi. Yangi Tvineyadagi ko‘pgina G‘arbiy Yevropa tadqiqotchilari musobaqa o‘yinlarining bolalar va kattalar o‘rtasidagi o‘zaro musobaqalarni doimiy urushlar shaklida, musobaqa o‘yinlarini esa “bu urushlarning nus’hasi” shaklida tasvirlashga harakat qilgan burjua olimlarining uydirmalarini rad etadi. Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling