2-Mavzu: Qishloq xo‘jalik hayvonlarining konstitutsiyasi. Hayvonlar konstitutsiyasi tog`risida tushuncha, uning qisqacha tarixi. Qishloq xo‘jalik hayvonlarining eksteryeri va interyeri to`g`risida tushuncha


Download 97.14 Kb.
bet2/3
Sana15.06.2023
Hajmi97.14 Kb.
#1480517
1   2   3
Eksterer – tashqi tuzilish ma’nosini anglatib , hayvonlarda ma’lum sharoitda irsiyat ta’sirida shakllanadi , yoshi o‘tishi bilan o‘zgaradi.
Eksterer – to‘g‘risidagi fan; qishloq xo‘jalik hayvonlarining tashqi tuzilishiga asoslanib, hayvonlarning xo‘jalik va nasl qiymatini o‘rgatadi.
Qishloq xo‘jalik hayvonlarining jinsiga bo‘yicha ham tashqi tana tuzilishida farqlar bo‘ladi. Shuningdek. tashqi tana tuzilishi hayvonning yoshi, sog‘lomligi, zoti, muayyan xo‘jalikdagi oziqlantirish va saqlash sharoiti, tirik vazniga bog‘liq. Hayvonlarning tashqi tuzilishi faqat uning mahsuldorlik yo‘nalishini aniqlab berishi mumkin ammo undan olinidigan mahsulot miqdori va sifatini belgilab beraolmaydi .
Eksterer ko‘z bilan chamalash, o‘lcham olish, tana indekslari, grafikka solish va rasmga tushirish kabi usullar bilan o‘rganiladi.
Ko‘z bilan chamalab baholashda tananing proporsional rivojlanishi va tananing alohida qismlarini rivojlanishi, umumiy ko‘rinishi o‘rganiladi. Bu usul bilan hayvonning o‘z mahsulot yo‘nalishiga mosligi va foydalanish imkoniyatlari belgilanadi. Ushbu usulning kamchiligi uning subektivligida, Chatishtirish hayvonning ijobiy va salbiy belgilarini aniq baholash imkoniyati yo‘q.
Ko‘z bilan baholashda punktir yoki ball tizimi ancha aniq hisoblanadi.
Buqalar ekstereri bo‘yicha 30 ball, sigirlar va yosh qoramollar 10 ballik shkala bo‘yicha baholanadi.
Hayvonlarning asosiy tana qismlarida; umumiy rivojlanishi, eksterer tana – qismlari : boshi va bo‘yni, ko‘kragi, yag‘rini va beli, tananing o‘rta qismi , orqasi, elin va so‘rg‘ichlarida no‘qsonlari bo‘lishi mumkin .
Qoramollar ekstererini o‘rganishda ularni tana qismlarini ulchash yo‘li bilan aniqrok ma’lumotlar olish mumkin.
Tana indekslarini hisoblash asosida uning xususiyatlarini yaxshiroq o‘rganish imkoniyati paydo bo‘ladi . Qoramollarda asosan tananing 10 ta indekslari hisoblab chiqariladi.
Grafik usulida hayvonlardan olingan ulcham ko‘rsatkichlari bir – biri bilan solishtirib o‘rganiladi.
Rasmga tushirish asosida hayvonning tana tuzilishini hohlagan vaqtda ko‘rib, xulosa qilish mumkin .
Turli mahsuldorlik yo‘nalishdagi qoramollarning ekstereri bir-biridan farqlanadi.

Download 97.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling