2-Mavzu. Quyosh radiatsiyasining tarqalishi va uni o‘lchash usullari. Reja: Quyosh radiatsiyasining tarqalishi


Termoelektrik aktinometr yordamida to’g’ri quyosh radiasiyasini o’lchash


Download 327.66 Kb.
bet3/10
Sana02.01.2022
Hajmi327.66 Kb.
#189221
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2.маъруза

Termoelektrik aktinometr yordamida to’g’ri quyosh radiasiyasini o’lchash. Termoelektrik aktinometr yordamida to’g’ri quyosh radiatsiyasi intensivligini o’lchash quyidagi tartibda olib boriladi.

1. Aktinometr termobatareyasining uchlaridan tashqariga chiqaril-gan ikkita simni GSA-1 tipidagi galvonometrning () va S deb yozib qo’yilgan klemmalariga ulanadi (3.1-rasm) .


3.1-rasm: Oddiy aktinometr


Bunda galvonometr strelkasining nolin-chi bo’limidan o’ngga og’ishiga erishish kerak. Galvonometrning yuz tomoniga joylashtirilgan termometrning ko’rsatishini yozib qo’yiladi.

2. Aktinometr trubkasining qopqog’i olib qo’yiladi. So’ngra trubkani quyoshga aniq qaratib, termobatareyasini 1-2 minut davomida qizdiriladi.

3. So’ngra aktinometr trubkasi qopqoq yordamida berkitiladi va 20-25 sekunddan keyin (galvonometr strelkasining tebranishi to’xtagach) galvonometr strelkasining ko’rsatgan bo’limi, ya’ni galvonometrning nol holati aniqlanadi.

4. Trubka qopqog’ini olib qo’yib, har 20 sek o’tgandan keyin galvonometr ko’rsatishlarini 0,1 bo’limigacha aniqlikda shkaladan yozib boriladi. N1, N2, N3, N4, N5 bo’limlariga teng bo’lsin. Shu tarzda o’tkazilgan o’lchashlarning soni 5 martadan kam bo’lmasiligi kerak.

5. Trubka olib qo’yilgan holdagi o’lchashlar tamom bo’lgach trubkani yana berkitilib, 20-25 sek o’tgach galvonometr strelkasining keyingi nol holati aniqlanadi. Shu bilan bir seriya o’lchash tamom bo’ladi.

6. Galvonometr ko’rsatishining o’rtacha nol holati quyidagicha aniqlanadi:

N0 (3.1)

7. Trubka ochib bo’lganda galvonometr strelkasi ko’rsatishlarining o’rtacha qiymati aniqlanadi.

No’rta (3.2)

8. Galvonometr pasportidan foydalanib, o’lchashlar o’tkazilayotgan temperaturadagi galvonometr shkalasiga tuzatish kiritib N aniqlanadi.

9. No’rta ning qiymatiga N ni qo’shib, galvonometr strelkasi ko’rsatishining tuzatilgan qiymati hisoblanadi :

NtuzatNo’rtaN (3.3)

10. Quyosh nurlariga tik sirtdagi to’g’ri intensivligini birlikda ifodalash uchun Ntuzat ni xuddi shu temperatura uchun olingan aktinometr domiysi k ga ko’paytirish kerak:

Sk·Ntuzat (3.4)

11. Insolyasiyani SS·sinh formula bo’yicha hisoblanadi. Buni o’lchash vaqtidagi quyosh balandligi avvaldan ma’lum bo’lishi kerak.


Download 327.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling