2-mavzu: Restavratsiya usullari. Reja


Download 124.54 Kb.
Pdf ko'rish
Sana12.03.2023
Hajmi124.54 Kb.
#1261973
Bog'liq
2-mavzu



2-mavzu: Restavratsiya usullari. 
Reja: 
1.Konstruksiyalarda qurilish materiallarini ishlatishning asosiy omillari.
2. O‘rta-Osiyo tabiiy iqlim sharoitining qurilish materiallariga ta’siri.
3. O‘rta-Osiyo xalqlari qurilish san’atining rivojlanish davri.
Inshootlar me’moriy manzarasining tuzilish shakllari va turlariga o‘z ta’sirini 
ko‘rsatuvchi qurilish ishlab chiqarishining eng muhim tomonlaridan biri mazkur inshoot 
nimadan qurilayotgani, aynan qanday maxsulotlar ishlatilayotgani hisoblanadi. Bezakli 
devorlar, pollar, shiplar, arkalar, qubbalar me’moriy sirtlarining joziba, go‘zal va naqsh 
bezaklarini yig‘indisidir.
Qurilish materiallari sifatida va ulardan konstruksiyalarda foydalanishda ikki omil muhim 
rol o‘ynaydi: xom ashyoning mavjud turlari hamda ularning inshootlardagi keyingi 
ishning tabiiy- iqlimiy sharoitlari. 
Faqat mahalliy xom ashyodan foydalanish foydalanish zaruratini transport 
imkoniyatlari taqozo etgan, shuning oqibatida qadimgi quruvchilar faqat o‘z qo‘llarida 
mavjud bo‘lgan materiallarga umid bog‘laganlar, o‘z izlanishlarini inshootlarning tuzilish 
shakllarini mahalliy qurilish ashyolariga moslashtirishga majbur bo‘lganlar.
Ikkinchi omil ham, shuningdek, inshootlarning barcha turlari: uy-joylar, jamoat, 
madaniy binolar, mudofaa va dehqonchilik faqat sun’iy sug‘oriladigan sharoitda mumkin 
bo‘lgan mamlakatlarda juda muhim sanalgan gidrotexnika inshootlarining 
me’morchiligini shakllantirishga kuchli darajada ta’sir ko‘rsatgan.
Keng xududni egallagan O‘rta Osiyoning tabiiy-iqlim sharoitlari rang-barang bo‘lib, 
alohida mintaqalarda o‘ziga xosdir, shuningdek, qurilish materiallariga ham o‘ziga xos 
ravishda ta’sir ko‘rsatadi. qadimgi quruvchilar nihoyatda murakkab vazifalarni hal 
etishga majbur bo‘lganlar, ulardan ba’zilari, masalan, issiq, quruq va shamolli iqlimli 
joylardagi sho‘rxok yerlarda tiklanadigan inshootlarning saqlanishini ta’minlashda 
hozirgi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan.
O‘rta Osiyo xududida qadimdan yashab kelgan halqlarning tarixiy rivojlanish 
jarayonida qurilish materiallarining taraqqiy etishi hamda ulardan qurilishda 
foydalanishni o‘rganishga bag‘ishlangan tadqiqotlarda xom ashyoning mavjud turlari va 
materiallar tayyorlashda uni qayta ishlash usullari, g‘ishtdan tortib me’moriy 
detallargacha alohida bloklar, ba’zi konstruksiyalar; bezakli qoplamalarni yig‘ish 
tamoyillari va ularni inshootlarga mustahkamlash; binolarning ichki ko‘rinishlaridagi 
panellarining tuzilishi, ixtisoslashtirilgan, masalan, gidrotexnik materiallar va boshqalar 
ko‘rib chiqilgandir.
O‘rta Osiyo halqlarida qurilish san’ati gullab-yashnagan, biz uchun qoplama 
sopollarning ajoyib namunalarini asoslab bergan, ko‘pkomponentli bog‘lovchi 
materiallar hamda insonning tabiat bilan kurashiga misol bo‘lgan aql bovar qilmaydigan 
usullar yaratilgan o‘rta asrlar davri ayniqsa qiziqish uyg‘otadi.


To‘plangan materiallarni o‘rganish asosida, qadimiy inshootlarning qurilish 
materiallarini natura holida va laborotoriya sharoitida o‘rganish natijasida turli xil qurilish 
materiallarining paydo bo‘lishi va rivojlanishi kuzatilgan, ularning tarkibi, fizik-mexanik 
ko‘rsatkichlari, qayta ishlash usullari va O‘rta Osiyoda maxalliy xom ashyodan 
foydalanish aniqlab chiqilgandir.
Dunyodagi tarixiy yodgorliklarni yarmidan ko‘prog‘i giltuproq va keramik 
materiallar asosida tayyorlangan qurilish buyumlaridan barpo etilgan. Xususan 
O‘zbekiston Respublikasi xududida joylashgan tarixiy obidalarning aksariyati xom loy 
(paxsa) va pishirilgan keramik buyumlardan qurilgan va bezatilgan. Paxsadan barpo 
etilgan bino va inshootlarga eski Termiz shahri, Xiva Ichan-Qal’a ansambli devorlari
Ust-Yurtdagi qal’alar va harbiy istexkomlar va boshqalar misoldir. 
Paxsaning bir necha ming yillardan beri muhit sharoitiga bardoshligi sabablari 
giltuproq tarkibini tozaligi, obdon pishitilganligi va tarkibiga tabiiy modifikatsiyalovchi 
qo‘shimchalarning qo‘shilganligidir. Paxsa tarkibiga o‘simlik kullari, sut zardobi, tabiiy 
yog‘lar, hayvon junlari, kanop, paxta, guruch, bir yillik o‘simliklar va boshqa 
modifikatsiyalovchi qo‘shimcha sifatida qo‘shilgan.
Shuningdek, arxitektura yodgorliklari qurilishida ohak, ganch, gips va magnezial 
bog‘lovchilar 5-6 ming yillardan beri ishlatib kelingan. Mineral bog‘lovchilar asosida 
g‘isht va tosh terishda suvoqchilikda ishlatiladigan qorishmalar tayyorlangan, 
keyinchalik ganchga turli naqshlar o‘yib ishlash rusum bo‘lgan.
Dunyodagi arxitektura yodgorliklarining ko‘p qismi tabiiy toshlar asosida 
qurilgan. Buning sababi tabiiy toshlar yer sharining deyarli barcha qismida mavjud bo‘lib, 
o‘zining mustaxkamligi va atmosfera muhitiga chidamliligi bilan ajralib turadi.
Shahrisabz, Buxoro, Samarqand, Xiva, Termiz va boshqa tarixiy shaharlarimiz 
qurilishida tabiiy tosh materiallari bino va inshootlarining poydevor qismida, suv 
inshootlari va injenerlik kommunikatsiyalarini barpo etishga ishlatilgan.
Tarixiy shaharlar qurilishida asosan mahalliy mahsulot hisoblangantabiiy tosh 
materiallari qo‘llanilgan. Ularga granit va granitsimonlar oilasiga kiruvchi sienit, 
labrodoriy gabbro va shu kabilar, marmar, ohaktosh, yengil vulkanik jinslar, porfirlar va 
boshqa tosh materiallarini kiritish mumkin. Zich va o‘rta mustahkam bo‘lgan 
granitsimonlar, harsangtoshlar va ular tarashlab olingan buyumlar obidalarning doimo 
suv va nam tegib turadigan joylarida ishlatilgan, Marmar va shu kabi, ishlov berilganda 
serjilo teksturaga ega bo‘lgan toshlar binolarning ichki bezagi uchun ishlatilgan.
Tekshirish uchun savolar: 
1. «Dekor»- nima?
2. Qanday ikki faktor qurilish materiallarining konstruksiyadagi ishi faoliyatida 
muhim o‘rin o‘ynaydi?
3. Qadimda mahalliy xom ashyodan foydalanishning muhimligi nima bilan 
izohlanadi?
4. Inshootlarning saqlanishida qanday tabiiy iqlim sharoitlari yomon ta’sir etadi?
Adabiyotlar: 


1. Opolovnikov A.V. «Restavratsiya pamyatnikov narodno gozodchestva», M., 
2.Metodika Stroyizdat. 1974 restavratsii pamyatnikov arxitekturo‘» Ye.F. Mixaylovskiy 
muallifligi asosida, M., Stroyizdat, 1977.
3. Sh. Kantakzino., S. Brandt. «Binolar restavratsiyasi». M., Stroyizdat.
 

Download 124.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling