2 Mavzu: Ruda konlarini yer osti usulida qazib olishning umumiy tartibi


Download 312.55 Kb.
bet2/2
Sana16.06.2023
Hajmi312.55 Kb.
#1518160
1   2
Bog'liq
2 Ruda konlarini yer osti usulida qazib olishning umumiy tartibi.

Konni ochish deb foydali qazilma konini qazib olish uchun yer yuzasidan ruda tanasigacha lahimlarni о‘tish ishlariga aytiladi.
Ochuvchi kon lahimlari – shaxta stvoli, shtolnya, kvershlaglar bо‘lib qazib olingan ruda va puch tog‘ jinslarini yer yuzasiga chiqarish, xizmat hodimlarini tashish, jihoz va materiallarni yetkazib berish, yer osti laximlarini shamollatish, qazib olish jarayonida konni suvsizlantirish kabi ishlar uchun xizmat qiladi.
Tayyorlash yoki tayyorlash ishlari deb belgilangan tartibda kon laximlari (shtrek, yuqorilovchi laxm, ort va boshqalar) ning yig‘indisini barpo etishga aytiladi. Bu lahimlar foydali qazilma konining ochilgan qismini alohida uchastkalarga – qavat, blok, panel, ustunlarga bо‘ladi. Qazib olishga tayyorlangan uchastkalarda bevosita qazib olish uchun о‘tkaziladigan kon laximlarni kesuvchi lahimlar, ularni о‘tqazayotganda bajaradigan ishlar esa kesish ishlari deb ataladi. Kesish ishlari barpo etish texnologiyasi bо‘yicha tayyorlash ishiga yaqin bо‘lsa ham, boshqa alomatlari bilan qazib olish ishlariga yaqinroqdir.
Tozalab qazib olish deb foydali qazilma konining tayyorlangan va kesilgan uchastkalaridan bevosita rudalarni ajratib olish uchun bajariladigan texnologik amallar (operatsiya) majmuasiga aytiladi. Tozalab qazib olish natijasida ruda massivida qazib olingan bо‘shliq hosil bо‘ladi.
Shaxta maydonini ochishda kon laximlarni barpo etish va jihozlash harajatlari kapital qurilish uchun ajratilgan mablag‘lar hisobidan qoplanadi. Bu lahimlar kapital kon lahimlari deyiladi. Sarflangan mablag‘lar “amortizatsiya” kо‘rsatkichi bо‘yicha belgilangan meyorda ruda tannarxiga qо‘shish bilan yopiladi.
Tayyorlovchi lahimlarni о‘tish va jihozlash ishlari rudani qazib olish harajatlaridan moliyalashtiriladi va “kelasi yillar” harajatlari bо‘yicha yopiladi. Kesuvchi lahimlarni о‘tish va jihozlash rudani qazib olish deb hisoblanadi va ruda tannarxiga tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri qо‘shiladi.
Qazib olish tizimi deb foydali qazilma konini yoki uning qismini tayyorlash va tozalab qazib olish uchun qabul qilingan aniq tartibga aytiladi. Foydali qazilma konini bir maromda samarali qazib olish uchun ochish, tayyorlash va tozalab qazib olish ishlari bir-biri bilan bog‘liq holda shu bilan birga harqaysisi о‘z vaqtida bajarilishi lozim. Bu esa ochilgan, tayyorlangan va qazib olishga tayyor foydali qazilma zaxiralari bilan yetarli darajada ta’minlab beradi.
Shunday qilib foydali qazilma konining ochilgan zaxirasi deb ochuvchi laximlar о‘tkazilgan gorizont ustki qismida joylashgan ruda zaxiralariga aytiladi. Tayyorlangan ruda zaxiralari deb qabul qilingan tizimda belgilangan barcha tayyorlovchi laximlar о‘tilgan foydali qazilma konining uchastkasiga aytiladi.
Qazib olishga tayyor ruda zaxirasi deb rudani tozalab qazib olish uchun qabul qilingan qazib olish tizimida belgilangan barcha kesuvchi laximlar barpo etilgan foydali qazilma uchastkaga (blok, panel) aytiladi.
Ochilgan, tayyorlangan va tozalab qazib olishga tayyor ruda zaxiralarini tashkil qilish va ma’lum miqdorda doimiy ravshda bir maroida saqlash “Sanoatgeokontexnazorat” Davlat inspeksiyasi tomonidan nazorat qilib boriladi.
Ochilgan, tayyorlangan va tozalab qazib olishga tayyor ruda zaxiralari miqdorini xisoblash usullari mavjud. Undan tashqari xar bir foydali qazilma koni uchun kon-geologik sharoitidan kelib chiqqan xolda namunaviy meyori bor.
Download 312.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling