2 Mavzu: Ruda konlarini yer osti usulida qazib olishning umumiy tartibi


Download 312.55 Kb.
bet1/2
Sana16.06.2023
Hajmi312.55 Kb.
#1518160
  1   2
Bog'liq
2 Ruda konlarini yer osti usulida qazib olishning umumiy tartibi.


2 Mavzu: Ruda konlarini yer osti usulida qazib olishning umumiy tartibi.
Foydali qazilma konini qazib olish va qazib olingan rudalarni qayta ishlash uchun konchilik korxonasi tashkil qilinadi. Konchilik korxonasining eng kо‘p tarqalgan turi “kon” dir. Shuni ta’kidlash kerakki, kо‘p holatlarda foydali qazilma konini qazib olish bilan bir vaqtda geologik-qidiruv ishlari davom ettirilishi mumkin.
Kon deb tarkibida bitta yoki bir nechta ishlab chiqarish birligi-shaxta, karyer, har xil yer usti sexlari bо‘lgan, о‘ziga ajratilgan yer qa’risi uchastkasida foydali qazilmani qazib olayotgan konchilik korxonasiga aytiladi. Kon korxona sifatida mamuriy-texnik yagona boshqaruviga ega bо‘ladi.
Shaxta deb kon yoki konchilik korxonasi tarkibida bо‘lib foydali qazilma konini shaxtaga ajratilgan qismida foydali qazilmani yer osti usulida qazib oluvchi mustaqil ishlab chiqarish birligiga aytiladi.
Shaxtani ishlab chiqarish birligi sifatida kon lahimi tushunchasidan ajratish uchun shaxta lahimini shaxta stvoli deb ataladi.
Foydali qazilma konining kon yoki shaxtaga yer osti konchilik ishlarini olib borish uchun ajratilgan qismini kon yoki shaxta maydoni deb ataladi.
Kon maydoni kо‘p holatlarda butun foydali qazilma konini о‘z ichiga oladi. Kon maydoni bir nechta shaxta maydonidan ham tashkil topgan bо‘lishi mumkin. Kon maydoni tarkibidagi shaxta maydonlarini bir vaqtda ketma-ket yoki aralash qazib olish mumkin. Amaliyotda bir nechta shaxta maydonini bir vaqtda aralash qazib olish keng tarqalgan. Ketma-ket qazib olish kamdan-kam uchraydi.
Shaxta maydonlarini aralash qazib olish ikki variantda amalga oshirilishi mumkin: shaxta maydonlari dastlab ketma-ket qazib olinadi, keyinchalik esa foydali qazilma konining yangi uchaskalarida geologik qidiruv ishlari yakunlanishi bilan qazib olish ishlari bir necha shaxta maydonida bir vaqtda bajariladi. Shaxta maydonlarining bir guruhida qazib olish ishlari bir vaqtda olib borilib tugatilagach ketma-ket ravishda ikkinchi guruhida qazib olish ishlari boshlanadi.
Shaxta maydonini qazib olishning ketma-ketligini tanlashda kо‘p omillar hisobga olinishi kerak bо‘ladi; foydali qazilma konining chо‘zilgan tomoni uzunligini, uning tarqalgan chuqurligini, yotish burchagini, shaxtaning yillik ishlab chiqarish quvvatini, qurilish sharoitini va boshqalar.
Shaxta maydoni tayyorlovchi va ochuvchi kon lahimlari bilan mustaqil uchastkalarga, qavatlarga, bloklarga va panellarga bо‘linadi. Qavatning yuqori va pastki chegaralarida shtreklar о‘tkaziladi. Bu shtreklar qazib oluvchi laximlarni (kesuvchi va ayrim tayyorlovchi kon lahimlari) kvershlaklar orqali shaxta stvoli bilan bog‘laydi va qavat asosiy yoki bosh tashish shtreklari deb ataladi. Juda qalin foydali qazilmalarni qazib olishda qavat chegaralarida bitta emas ikkita shtrek о‘tkazilishi mumkin. Shtreklar esa ortlar yordamida bog‘lanadi

11-rasm. Qalin ruda tanalarini qavatlarga bо‘lish.


1-shtreklar, 2-ortlar, 3- shaxta stvoli.

Qavatning pastki chegarasida barpo etilgan gorizontal lahimlar yig‘indisini asosiy gorizont deb yuritiladi. Shunday qilib qavat - bu ruda tanasi yotiq chuqurligi bо‘yicha tashish shtreki bilan ruda tanasi chо‘zilgan tomoni bо‘yicha esa shaxta maydoni chegarasi bilan ajratilgan shaxta maydonining bir qismi.


Gorizontal yoki yotiq foydali qazilma konlarida shaxta maydoni tashish shtreklari bilan chegaralangan tо‘g‘ri tо‘rtburchak shaklga ega bо‘lgan panellarga bо‘linadi. Shaxta maydoni bir vaqtda rudani qazib olayotgan qavatlar soni bо‘yicha bir qavatli, ikki qavatli yoki kо‘p qavatli qazib oluvchi turlariga ajratiladi. Bir vaqtda rudani qazib olayotgan qavatlar soni kо‘p omillarga, birinchi navbatda qazib olish uchun qо‘llanilayotgan tizimga, shaxtaning yillik unumdorligiga, tayyorlash va tozalab qazib olish tezligiga bog‘liq. Bir vaqtda rudani ikki va undan ortiq qavatlarda qazib olish zaruriyati shaxta unumdorligini kо‘paytirish uchun amalga oshiroiladi. Lekin buday qilishni har doim ham amalga oshirish imkoni bо‘lmaydi. Bunga kon-geologik sharoitlari, qо‘llanilayotgan qazib olish tizimi tо‘sqinlik qilishi mumkin. Qavatlar yuqoridan pastga yо‘nalgan tartibda qazib olinadi.
Kon yoki shaxtada yer osti foydali qazilmalarini qazib olish jarayoni uch bosqichdan iborat bо‘ladi: foydali qazilmani ochish, tayyorlash va tozalab qazib olish. Bu bosqichlar foydali qazilma konini qazib olish boshlanishida ketma-ket, keyinchalik esa bir vaqtda bajariladi.

Download 312.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling