2-mavzu. Sanoat korxonalari rivojlanishining strategiyasini shakllantirish
Strategiyani amalga oshirish quyidagilardan iborat
Download 120.54 Kb.
|
2- Mavzu
Strategiyani amalga oshirish quyidagilardan iborat:
# Strategiyadan unumli foydalanuvchi tashkilotni yaratish. # Resurslarni muhim yo`nalishlarga sarflanishini ta`minlovchi moliyaviy rejani yaratish. # Strategiyani qo`llab-quvvatlovchi siyosatni yuritish. # Strategiyani amalga oshirish motivini yaratish. # Natijalar bilan mukofotlash sistemasini bir-biriga bog`lash. #Kompaniyaning shunday madaniyatini yaratish lozimki, u strategiyani muvaffaqiyatli amalga oshirishga xizmat qilsin. # Muntazam takomillashtirish sistemasini yaratish. # Strategiyani amalga oshirish uchun ichki faollar sistemasini yaratish. Strategiyani amalga oshirish bu - amaliy ma`muriy ish bo`lib, tashkil etish, moliyaviy rejalashtirish, kerakli siyosatni yuritish, motivlarini va kompaniya madaniyatini hamda boshqarish usullarini yaratish, qisqasi kompaniya maqsadlarini amalga oshirishga xizmat qiluvchi hamma harakatlar majmuasidan iborat. Strategik rejani amalga oshirishda hamma rahbarlar qatnashadi. Difersifikasiyalashgan kompaniyalarda strategiyani boshqarishning 4 pog`onasi mavjud: # Ijrochi – direktor va kompaniya darajasidagi boshqa oliy rahbarlar. # Muayyan biznes yo`nalishida foyda va zararlar uchun javobgar va strategiyani shakllantirish xuquqiga ega rahbarlar. # Biznes ichida funksional zonalar uchun javobgar (ishlab chiqarish, marketing, moliya, ilmiy izlanishlar va kadrlar) rahbarlar. # Asosiy ishlab chiqarish bo`limlarining rahbarlari javobgarligi. Strategiyani shakllantirish va tadbiq etish oliy rahbariyat zimmasida bo`lganligi uchun direktorlar kengashining strategik roli strategik muammolarni to`g`ri hal etishni nazorat qilishdan iboratdir. Direktorlar kengashi muhim strategik harakatlarni nazorat qiladi va strategik rejalarni rasmiy qullab-quvvatlaydi. Kamdan-kam vaziyatlarda direktorlar kengashi strategiyani yaratishda etakchi rol o`ynaydi. Strategik boshqaruv jarayonida direktorlar kengashining roli strategik harakatlarni kritik baholash va kelajak strategiyasini amalga oshishini ta`minlashdan iborat. Direktorlar kengashining asosiy vazifalaridan yana biri oliy rahbariyatning strategiyani yaratish va amalga oshirish sohasidagi malakasini nazorat qilish ya`ni, direktorlar kengashi ijrochi-direktori va boshqa rahbarlar o`z vazifasini qanday bajarayotganini baholashdan iboratdir. Zamonaviy rahbar o`z kompaniyasining mavqeini va ushbu mavqega ta`sir etuvchi muhit qanday o`zgarishini tasavvur etishi lozim. U o`z biznesini shunchalik yaxshi bilishi lozimki, zarurat tug`ilganda muayyan o`zgarishlarni amalga oshirishni aniq bilishi kerak. «Raqobatchilar bizning usullarimizni, prinsiplarimizni, imkoniyatlarimizni asosan bilishadi, ular o`z ustunligidan foydalanish imkoniyatiga ega. Muvaffaqiyatlarimiz farqi strategiyalarni yaratilish va amalga oshirishdadir» deydi muvaffaqiyatli firmaning ijrochi-direktori. YUqori darajali strategik fikrlash va boshqarish bu: 1. «Biz nima qilmoqchimiz va nimaga erishmoqchimiz?» nuqtai nazaridan tashkilotni yaxshiroq boshqarish; 2. Rahbarlarning o`zgarishlarga nisbatan sezgirligi; 3. Investitsiyalarni va raqobatli ehtiyojlarni baholashda rahbarlarni rasional baholash asoslari bilan ta`minlash; 4. Tashkilot bo`yicha strategik qarorlarni muvofiqlashtirish; 5. Boshqaruv aktivligini oshirish, faqat himoyalanish strategiyasidan foydalanishni oldini olish. Biznes tarixi faqat himoyalanish yoki javob choralari bilan muvaffaqiyatga erishib bo`lmasligini ko`rsatadi. Strategik tasavvur «Biz hozirgi paytda kimmiz, nima qilayapmiz va qaysi tomonga ketayapmiz?» - degan savolni yoritishdan iborat. Savolni to`liq yoritilishi kelajakda qaysi tomonga rivojlanishga nisbatan hech qanday noaniqlikka o`rin qoldirmaydi. Kompaniya missiyasi uning hozirgi holatiga (nima qilayapmiz?) tegishlidir. Uning kelajakdagi o`rnini aniqlash, rivojlanish yo`nalishini belgilash (qaysi tomonga rivojlanayapmiz, qanday yangi maqsadlarga erishmoqchimiz, 5-10 yildan keyin bizning biznes qanday ko`rinishda bo`ladi…) murakkabdir. Samarali strategik rejalashtirish kompaniya qanday faoliyatni bajaradi va qanday faoliyatdan voz kechishi lozim hamda qanday yo`nalishda rivojlanish zarurligini tasavvur etishdan boshlanadi. Strategik tasavvurga ega bo`lmagan kompaniya o`z bozor mavqeini ham tasavvur eta olmaydi. Strategik tasavvurga ega bo`lmagan kompaniyalar qanday bozor vaziyatiga ega bo`lishni va qaysi bozor segmentini egallashni bilmaydilar. Ba`zan kompaniyalar o`z missiyasini foyda orqali sonlarda ifodalaydilar, holbuki foyda bu kompaniyaning maqsadlariga tegishlidir. Foyda bu kompaniya maqsadi bo`lsa, missiya esa shu foyda olinishi lozim bo`lgan faoliyat turidir. Agar hamma kompaniyalar o`z missiyasini foyda orqali ifodalasalar ularning bir-biridan farqi bo`lmaydi. Strategik tasavvurni va missiyani shakllantirishda quyidagi uch holatga e`tibor berish lozim: 1) Kompaniya biznesning qaysi sohasida faoliyat ko`rsatadi? 2) Kompaniya ko`rinishini va missiyasini ilxomlantiruvchi va rag`batlantiruvchi aniq shaklda tasvirlash. 3) Kompaniyaning strategik yo`nalishini va missiyasini o`zgartirish vaqtini his etish. Download 120.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling