2-mavzu. Sanoat korxonalari rivojlanishining strategiyasini shakllantirish


SHaxsiy obro`talablik (ambisiya), biznes falsafasi va rahbarlarning etik prinsiplari


Download 120.54 Kb.
bet10/11
Sana28.02.2023
Hajmi120.54 Kb.
#1236123
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2- Mavzu

SHaxsiy obro`talablik (ambisiya), biznes falsafasi va rahbarlarning etik prinsiplari.
Rahbarlar qanaqa strategiyaga amal qilishni ob`ektiv baholay olmaydilar, chunki ularga kompaniya raqobatbardoshligi, qanaqa mavqega, imijga va obro`ga ega bo`lishi to`g`risidagi tasavvur ta`sir qiladi.
Rahbarlarning tavakkalchilikka munosabati ham strategiyaga o`z ta`sirini o`tkazadi. Tavakkalchilikni yoqtirmaydigan rahbarlar «Konservativ» strategiyalarni tanlaydilar. Tavakkalchi rahbarlar (opportunistik) o`zgaruvchan strategiyaga amal qiladilar. Ular yangi texnik echimlarni va hujumkor strategiyalarni qo`llaydilar.
Rahbarlarning shaxsiy qadriyatlari kompaniya strategiyasining etik sifatlariga ta`sir qiladi. Mustahkam etik tarbiyaga ega rahbarlar: axloqiy me`yorlarga amal qilinishini ma`qullaydilar, pora berish va olishni, raqobatchilarni asossiz ayblashni, raqobatchilarga siyosiy ta`sir o`tkazishni, shubhali ingridientlarni oziq-ovqatlarni ishlab chiqarishda ishlatishni va shu kabilarni qoralaydilar.
Kompaniyaning insoniy va madaniy qadriyatlarining strategiyaga ta`siri.
Kompaniya siyosati, tajribasi, an`analari, falsafiy qarashlari va biznes to`g`risidagi tasavvurlari majmuasi kompaniyaning o`ziga xos madaniyatini tashkil qiladi. Kompaniyaning strategiyasida madaniy xususiyatlar va boshqaruv qadriyatlari aks etadi. Ayrim holatlarda qadriyatlar va madaniyat kompaniyaning strategiyasini yaratilishida asosiy ta`sirga aylanishi mumkin. «Hewlett-Packard» kompaniyasining asosiy qadriyati, kompaniya ichki qadriyati hisoblanadigan «NR-yo`li» xodimlarni muvaffaqiyatga, ishonchga, hurmatga jalb etishdir. Iste`molchilarga sifatli tovar va xizmatlarni taklif etish, aksionerlar foydasini ustunkor yo`nalish deb qarash, ishlab chiqarishni moliyalash uchun uzoq muddatli qarz olishlardan voz kechish, ijodkorlikni va tashabusskorlikni qo`llab-quvvatlash va ishchi-xodimlar o`zlarini kompaniyaning to`la qonli a`zosi deb hisoblashi uchun sharoit yaratishlar asosiy qadriyatlardandir.

Download 120.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling