2-mavzu. Sanoat korxonalari rivojlanishining strategiyasini shakllantirish
Ijtimoiy, siyosiy, xuquqiy va insoniy omillar
Download 120.54 Kb.
|
2- Mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bozor imkoniyatlari va xavf-xatari.
- Tashkilotning kuchli va kuchsiz tomonlari va raqobatbardoshligi.
Ijtimoiy, siyosiy, xuquqiy va insoniy omillar.
Korxona o`z strategiyasi tarkibiga kiritiladigan maqsadlar qonuniy, ijtimoiy jihatdan jamiyatga va davlatning siyosatiga, me`yoriy hujjatlariga va fuqarolik jamiyatiga mos bo`lishi shart. Ijtimoiy javobgar strategiya o`z tarkibida quyidagilarni mujassam etadi: 1 Jamiyatni etik me`yorlariga mos faoliyatni yuritish; 2 Jamiyatning talablariga va qadriyatlariga ijobiy munosabatda bo`lish; 3 Ijtimoiy me`yoriy talablarni bajarish; 4 Jamiyatning, mulkdorlarning va aksiyadorlarning moddiy va ma`naviy manfaatlarini muvozanatlash; 5 Jamiyatning qonunparvar va yaxshilik qilishga tayyor insoniy kiyofasini saqlash. Tarmoq jozibadorligi va raqobat shartlari kompaniya strategiyasining muhim omillaridandir. Agar tarmoqda raqobat keskin oshib borayotgan bo`lsa, zudlik bilan kompaniya mavqeini mustahkamlovchi tadbir-choralarni amalga oshirishga to`g`ri keladi. Kompaniya raqobatga bardosh bera olmasligini oldindan ko`ra bilsa yoki tashqi muhit yomon tomonga o`zgarayotgan bo`lsa, u o`z mablag`larini turdosh yoki noturdosh biznes sohalariga investitsiya qilishi mumkin. Bozor imkoniyatlari va xavf-xatari. Kompaniyaning tadbirkorlik imkoniyatlari va xavf-xatari uning strategiyasini aniqlovchi omillardan hisoblanadi. Avvalo, kompaniya strategiyasi foyda keltiradigan va uzoq vaqt davomida raqobatbardoshlikni ta`minlaydigan sohalarga qaratilgan bo`lishi hamda joriy va kelajak xavf-xataridan ogoh etishi maqsadga muvofiqdir. Strategiyada hujum va himoya vositalari aniqlanadi. Kompaniya strategiyasi muvaffaqiyatli bo`lishi uchun u bozor imkoniyatlarini va tashqi xavf-xatarni hisobga oladi. Jozibador bozor imkoniyatlaridan samarali foydalanish uchun hujumkorlik harakatlarini va kompaniyaning raqobat mavqeini hamda uzoq muddatli foydaliligini himoya harakatlarini strategiyada aks ettirish talab etiladi. Tashkilotning kuchli va kuchsiz tomonlari va raqobatbardoshligi. Tajribalar shuni ko`rsatadiki, rahbariyat strategiyani kompaniyaning kuchli tomonlariga asoslanib yaratishi va kompaniya yomon bajaradigan sohalarni strategiyadan chiqarishlari lozim. Strategiyani yaratishda kompaniyaning kuchli tomoniga asoslanish: 1. Imkoniyatlardan foydalanishda malaka va qobiliyatni aniqlaydi; 2. Kompaniyaning bozor mavqeini ta`minlaydigan raqobat ustunligini aniqlaydi; 3. Strategiyaning potensialini aniqlaydi. Kompaniya yuqori malaka va qobiliyatga ega bo`lmasligi mumkin, lekin rahbariyat kompaniya strategiyasini yaratishda real tajriba va mavjud resurslarga asoslanishi lozim. Download 120.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling