2 mavzu. Sanoat tarmoqlari korxonalarining ishlab chiqarish fondlari va asosiy fondlarning eskirishi va amortizatsiyasi. Reja
Download 72.95 Kb.
|
2 amaliy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Joriy ta`mirlashda
O`rtacha ta`mirlash texnik mazmuni, murakkabligi, bajariladigan ish hajmi va davriyligiga ko`ra, kapital tahmirlashdan farq qiladi hamda sarflanuvchi mablag`, vaqt va kuchni nisbatan kamroq talab etadi. Joriy ta`mirlash kabi u ham mashina yoki uskunadan foydalanuvchi korxonaning o`zida amalga oshirilishi mumkin.
Joriy ta`mirlashda asosan asbob-uskunalar tozalanadi, moylanadi, tekshiriladi, mayda kamchiliklari bartaraf qilinadi, ya`ni uskunalarning foydalanishga doimiy tayyorligi ta`minlanadi. Asosiy fondlarni tahmirlash va ularga xizmat ko`rsatish majmuasi rejali-oldini oluvchi ta`mirlash tizimiga (ROOT) birlashtiriladi va korxona bosh mexanigi tomonidan boshqariladi. Deyarli har bir korxonada ROOT o`tkazilishini qayd qilish jurnallari mavjud bo`lib, ularda profilaktika va tahmirlash tadbirlarini o`tkazish tartibi va grafigi belgilab qo`yiladi. Asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanishning turli xil ko`rsatkichlari mavjud bo`lib, ularni shartli ravishda ikki guruhga bo`lish mumkin: birinchi guruh - umumlashtiruvchi va qiymat ko`rsatkichlari bo`lib, ular asosiy fondlarning turli guruhlarini dinamika va statikada baholash, tahlil qilish, zahiralarni aniqlash va bashorat qilish imkonini yaratadi. Bunday ko`rsatkichlarga fond qaytimi, fond sig`imi, fond rentabelligi va boshqalarni kiritish mumkin. ikkinchi guruh - xususiy va natural ko`rsatkichlar bo`lib, ko`proq asosiy ishlab chiqarish fondlarining faol qismi - ishchilar, mashina va asbob-uskunalardan foydalanish bilan bog`liq. Ko`rsatkichlarning bu guruhi tarkibiga quyidagilar kiradi: * asosiy ishlab chiqarish fondlari(mashina va asbob-uskunalar)dan ekstensiv foydalanish koeffitsienti, ulardan vaqt bo`yicha foydalanganlik darajasini aks ettiradi; * asosiy ishlab chiqarish fondlari(mashina va asbob-uskunalar)dan intensiv foydalanish koeffitsienti, ulardan quvvat bo`yicha foydalanganlik (unumdorlik) darajasini aks ettiradi; * asosiy ishlab chiqarish fondlaridan integral foydalanish koeffitsienti, barcha ekstensiv va intensiv omillardan birgalikda foydalanishni hisobga oladi. Download 72.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling