2 mavzu. Sanoat tarmoqlari korxonalarining ishlab chiqarish fondlari va asosiy fondlarning eskirishi va amortizatsiyasi.
REJA:
Asosiy kapital-asosiy fondlar tarkibi, strukturasi, hisobga olinishi va baholash usullari.
Asosiy fondlar dinamikasi. Asosiy fondlar qiymatining qayta baholash indekslari.
Asosiy fondlarning yemirilishi va amortizatsiyasi. Jismoniy va ma`naviy yemirilish mohiyati.
Asosiy kapital-asosiy fondlar tarkibi, strukturasi, hisobga olinishi va baholash usullari.
Zamonaviy iqtisodiyot fani asosiy fondlarni ma`lum bir iste`mol qiymati ko`rinishida ijtimoiy mehnat asosida yaratiluvchi, ishlab chiqarishning moddiy-buyumlashgan material omillari qatoriga kiritadi. Hozirgi bozor sharoitlarida korxona kuchi va vositalari yordamida yaratilgan asosiy fondlar ishlab chiqarish quvvatlarini shakllantirish va ulardan foydalanishga faol ravishda tahsir ko`rsatuvchi mulk hisoblanadi. Butun xalq xo`jaligi miqyosida asosiy fondlar mamlakatning milliy boyligini tashkil qiladi.
Asosiy fondlar korxona ishlab chiqarish vositalarining bir qismi bo`lib, ishlab chiqarish jarayonida uzoq vaqt ishtirok etadi va o`zining natural-moddiy holatini yo`qotmaydi hamda o`z qiymatini tayyorlanayotgan mahsulotlarga qismlab o`tkazib beradi. Asosiy fondlar qiymatini tayyorlanayotgan mahsulotga o`tkazish jarayoni amortzitsiya deb, ushbu jarayonda to`plangan mablag`lar esa amortizatsiya ajratmalari deb ataladi.
Iqtisodiy maqsadlariga ko`ra, asosiy fondlar ishlab chiqarish va noishlab chiqarish fondlariga taqsimlanadi. Ishlab chiqarish asosiy fondlari o`z mohiyatiga ko`ra, korxonaning ishlab chiqarish potentsialini tashkil qilib, ularning tarkibiga quyidagilar kiradi:
* ishlab chiqarish binolari va inshoatlari;
* uzatish qurilmalari;
* quvvat mashinalari va uskunalari;
* ishchi mashinalar va uskunalar;
* transport vositalari;
* o`lchov va tartibga solish asboblari va qurilmalari;
* foydalanish muddati bir yildan kam bo`lmagan va qonunchilikda belgilab qo`yilgan qiymatlardagi asboblar va ishlab chiqarish inventari.
Asosiy ishlab chiqarish fondlari ishlab chiqarishda band bo`lgan barcha mutaxassis va xodimlar soni bilan birgalikda, korxonaning ishlab chiqarish apparati deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |